KARIMOV A. T.
9-1GEOS-21
1-mavzu.Quyosh sistemasi jadvali va uning tahlili, sayyoralarning tasnifi
SAVOLLARGA JAVOB YOZIB UZATING
1. Quyosh sistemasi chizmasini chizib o‘rganib, taahlil qilish.
2. Yer sayyorasining umumiy ta’rifiga oid jadvalni o‘rganish.
3. Koinot haqidagi ma’lumotlarni tahlil qilib o‘rganish.
Quyosh_sistemasining tuzilishi
Quyosh va Quyosh atrofida aylanuvchi jismlar sistemasi, Quyosh sistemasini tashkil
qiladi. Quyosh sistemasida sistemaning dinamik markazi - Quyosh, 9-ta sayyora,
ularning 32 ta yo’ldoshi, bir necha ming kichik sayyoralar yoki asteroidlar ko’p
kometalar (500 tasi ko’ringan) va juda ko’p meteroit jismlar kiradi.
Mukammal o’rganishlar natijasida bu jismlarning koinotdagi harakati uchun
informasiyalar berilgan bo’lib, hozirgi paytda Quyosh sistemasining aniq plani va
tuzilishi ma’lumdir.
Ekliptika qutbidan qaraganda deyarli barcha sayyoralar Quyosh atrofida soat
strelkasi yunalishi bo’yicha aylanadi. Ularning g’alayonlanmagan harakat orbitalari
ekssentrisiteti kichik ellipslardan iboratdir. Deyarli barcha sayyoralar o’z o’qi atrofida
Quyosh atrofida aylanish yo’nalishi bo’yicha aylanadi. Sayyoralarning orbitalari yotgan
tekisliklar ekliptika tekisligiga ozgina og’madir. Uran va Veneragina o’z o’qi atrofida
teskari yo’nalish bo’yicha aylanadi.
Sayyoralarning Quyoshdan masofasi ma’lum qonuniyatga bo’ysinadi.
Sayyoralar Quyoshdan uzoqlashgan sari orbitalari orasidagi masofa oshib boradi.
Quyoshdan eng uzoqdagi sayyora 39,4 a.b. masofada turadi. Agar Quyosh
sistemasini o’lchamini 39,4 a.b. ga teng desak, u holda bu
masofa eng yaqin yulduz
Proksima Sentavrgacha bo’lgan masofadan 7000 marotiba kichik masofadir.
Sayyoralarning yo’ldoshlari xuddi sayyoralarni Quyosh atrofida aylanishidek
aylanadi. Ko’pchilik yo’ldoshlar to’g’ri yo’nalish bo’ylab aylanadi. Faqatgina 11
yo’ldosh teskari yo’nalish bo’yicha harakat kiladi, shulardan 5 tasi Uranniki. Demak
Uran yo’ldoshlari Uran atrofida Uranning Quyosh atrofida harakatidek aylanar ekan.
Kometalar Quyosh atrofida turlicha aylanadi. Ko’p kometalarni orbitasi
cho’zilgan ellipsdir. Kometalar Quyoshdan 50000-100000 a.b. masofada turadi,
aylanish davri bir necha million yilni tashkil qiladi. Asteroidlarning orbitalarining
ekssentrisiteti o’rtacha hisobda katta bo’lib, orbitalarining qiyaligi ham kattadir.
Ko’pchilik asteroidlarning orbitalari, Mars va Yupiter orbitalarining orasida
joylashgandir. Ba’zilari masalan Ikarniki Merkuriy orbitasi orasigacha kiradi va Saturn
orbitasigacha uzoqlashadi. Ba’zi asteroidlarning o’z o’qi atrofida aylanishi ham
aniqlangan, ba’zi hollarda bu
harakat teskari harakatdir.
Kometalarni harakati esa turlicha bo’lib, ko’p hollarda ularning orbitasi birga
yaqin ekssentrisitetli cho’zilgan ellips shaklidadir. Ba’zida sayyoradan chekinishi
natijasida kometa giperbola (e>1) bilan harakat qiladi, ba’zida o’sha chekintiruvchi
ta’sir kometani ellips bo’yicha harakat qilishga majbur qiladi.
Kuzatiladigan osmon hodisalarini to’g’ri tushunish asrlar oma vijudaga keldi. Biz
astranomiya fani qadimgi Misr, Xitoy, Vavilon kabi davlatlarda rivojlanganligi
to’g’risidagi ma’lumotlarga egamiz. Milloddan aval IV asrda mashur yunon olimi
Arestotel tomondan yerning shar shaklida ekanligiga isbotlagan, kishilar ongiga
koinotning markazida qattiq yer shari joylashib, uning atrofida yulduzlar va osmon
joylashadi va aylanadi degan fikrlar hukumron bo’lgan.Eramizning II asrida qadimgi
grek olimi Klavdiy Ptolomey ishlab chiqqan olamning geisentrik sistemasi: U olamning
markazi atrofida hamma yoritkichlar aylanadigan sharsimon, qo’zg’almas Yerni
“joylashtirdi”. XVI asrda buyuk polyak olimi Nikolay Kopernik yerni oddiy planetalar
qatoriga qo’yib, uning Quyoshdan uzoqligi jihatdan uchinchi o’ringa turishini fazoda
boshqa planetalardek Quyosh atrofida aylanishini ko’rsatib berdi. Kapernik geliosentrik
nazariyaning asoschisi. Bu nazariyani italyan olimi Galeley.G Teleskopni birinchi marta
osmonga qaratgan astranom isbotladi. Masalan u Venerani kashf etdi, u Oyda dog’lar
borligini va Yupiterning to’rtta yo’ldoshi borligini kashf etdi. Galeley quyosh atrofidagi
dog’larni topgan, bu dog’larning siljitishiga qarab Quyosh o’z atrofida aylanishini
isbotladi.
Olam tuzilishining geliosentrik nazariyasi mashur italiyan olimi faylasuf
Sherdano Bruno (1548-1600) tomondan rivojlantrildi.
O’rta Osiyolik buyuk olimlar ham o’z zamonasining buyuk munajimlari dab tan
olingan va hozirgi kunda bu nazariyani astranomik kuzatishlar asosida isbot qilindi.
Muhamad Muso al-Xorazmiy (787-850) uning eng yirik asari astranomik “Zij”
kitobidir, Abu Rayhon bu asarni sharhlashda uchta asrni bag’ishladi.
Ahmad al-Farg’oniy (797-865) ning hozirgi kunda 8 ta asari ma’lum bo’lib
ularning hammasi astranomiya sohasida bag’ishlangan “Samoviy harakatlar va umumiy
ilmu hujum kitobi” “Oyning Yer ostida va Yer ustida bo’lish vaqtlarini aniqlash
haqidagi risola” “Quyosh soatini yasash haqidagi kitob” kabi asarlarida osmon
jismlarining harakat qonunini asosladi. Abu Rayhon Beruniy (973-1048) u geliosentrik
nazariyani quvatladi, teleskopsiz elastikaning og’masini va Yer aylanishining 40000 km
ga tengligini aniqladi.
Ulug’bek Umar Xayom kabi olimlari osmon jismlari harakatini o’rganib Quyosh
yili kalendarini tuzdilar. (Vaqt va kalendar mavzusida to’liq ma’lumot berilgan).
Quyosh atrofida 9 ta planeta yo’ldoshlari bilan, shuningdek Mars va Yupiter orbitalari
orasida ko’plab mayda osmon jismlari (kometalar, metior, ostreoidlar) harakat qiladi.
Quyoshning diametri Yerning diametridan 109 marta, massasidan 333000 marta ortadi.
Hamma planetalarning massasi Quyosh massasining 0,1% ni tashkil qiladi. Shuning
uchun Quyosh atrofidan uning a’zolari harakat qiladi.
2. Planetalar: Yer va Quyosh bir-birlariga nisbatan o’ziga xos joylashuvi
planetalarning konfigurasiyasi deb ataladi. Planetalar ichki va tashqi planetalarga
bo’linishi mumkin. Ichki planeta yer bilan quyosh oralig’ida yoki Quyoshning orqasida
bo’lishi mumkin. Agar Merkuri va Venera Yer bilan Quyosh oralig’idan o’tayotganda
ularning proeksiyalari quyosh gardishiga tushgsa, u holda ular Quyosh gardishida
kichkina qora doira bo’lib ko’rinadi.Bu hodisa 7-8 yida sodir bo’ldi Agar planeta bilan
quyosh orasida yerning turishi ro’para turish deyiladi. Planetalarning quyosh atrofida
yulduzlarga nisbatan aylanish davri yulduz yoki sederik davr deyiladi.
Planetalarning ikkita ketma-ket sodir bo’ladigan bir xil konfiguratsiyalari,
masalan ketma-ket ikkita qo’shilmasi orasida o’tadigan vaqt aniqlanadi. Bundan davrni
aylanishning sinadio davri deyiladi.
Yerning burchak tezligi
Marsning burchak tezligi :T- 1 yilda sutkalar soni T-yulduzlar davri
yoki
ichki
planetalar
uchun
qo’yidagicha
yozamiz.
Formuladan foydalanib Veneraning sinodik davri 584 sutka.
Marsning sinodik davri 780 sutka ekanligini topish mumkin.
Planetalarning harakat qonunini kashf etgan atoqli nemis olimi Kaplerning
(1571-1630) xizmati katta. U planetalar harakatini 3-ta qonunini yaratdi.
1- qonun: Har bir planeta elips shaklida aylanadi va elipsning fokuslaridan birida
Quyosh turadi planetalarning quyoshga eng yaqin nuqtasi A peregiley, eng uzoq nuqtasi
D esa afeley deyiladi. b=o bo’lsa planeta aylana bo’ylab harakat qiladi.
2 -qonun: Planetalarning radius vektori teng vaqtlar ichida teng yuzalar chizadi.
3- qonun: Planetalarning Quyosh atrofida yulduzlarga nisbatan aylanish davri
kvadratlarning nisbati orbitalari katta yarim o’qlarning kublari nisbatiga teng.
Yer orbitasining katta yarim o’qi masofalarning astranomik birligi sifatida qabul
qilingan.
.
Mustahkamlash.
a) Ptolemey nazariyasi bo’yicha Quysh sistemasining tuzilishi to’g’risida
ma’lumot bering?
- Ptolemey tasavvuricha olam tuzilishining geotsentrik sistemasi markazda
qo’zg’almas Yerni joylashtirdi atrofida planetalar, Quyosh va yulduzlar joylashgan deb
tushintirdi.
2. Kopernikning geliotsentrik nazariyasi to’g’risida ma’lumot bering.
- Polyak olimi N. Kopernik geyliotsetrik nazariya asoschisi hisoblanadi. Bu
nazariyaga asosan markazda Quyosh uning atrofida planetalar va shuningdek
Quyoshning o’z o’qi atrofida aylanishini aytdi. Kopernikning nazariyasini Galiley
isbotladi.
3. Quyosh sistemasida harakat qiladigan planetalarni bir boshdan sanang.
- Merkuriy, Venera, Yer, Mars, Yupiter, Saturin, Uran, Neptun, Pluton.
4. Quyosh sistemasi otrofidan yana qanday osmon jismlari harakat qiladi.
- Quyosh sistemasi atrofidan, ya’ni Mars va Yupiter orbitasi oralig’ida mayda
osmon jismlari kometalar, meteor, astroitlar harakat qiladi.
6. Planetalarning konfiguratsiyasi deb nimaga aytiladi?
- Planetalar, Yer va Quyoshning bir-birlariga nisbatan o’ziga xos joylashishlari
planetalarning konfiguratsiyalari deb ataladi.
7. Planetalar aylanishining sinodik va sideyrik davrlari deb nimaga aytiladi?
- Planetalarning Quyosh atrofida yulduzlarga nisbatan aylanish davri yulduz yoki
siderik
davr
deyiladi.
- Ketma-ket ikkita ro’para turish orasida o’tadigan vaqt sinodik davr deyiladi.
2.
Do'stlaringiz bilan baham: |