Kirish. 3 Asosiy qism



Download 18,9 Kb.
Sana10.02.2022
Hajmi18,9 Kb.
#440530
Bog'liq
Kurs ishi ao`m


Kurs ishi
Ao`m
Mundarija

  1. Kirish. ____________________________________3

  2. Asosiy qism.

2.1 “Quyosh va uning fizik tabiati” mavzusining nazariy asoslari._______
2.2 “Quyosh va uning fizik tabiati” mavzusini o`qitish metodikasi.___
2.3 “Quyosh eng yaqin yulduz” mavzusini texnologiyalashtirish va loyihalashtirish.____________________________________________

  1. Xulosa.__________________________________________

  2. Ilova __________________________________________

  3. Foydalanilgan adabiyotlar__________________________

  4. Izoxli lug`at_____________________________________


Kirish
Mamlakatimiz istiqlolni qo‘lga kiritgach, barcha sohalarda tub islohotlar amalga oshirila boshlandi. Zero, jamiyat yangi shaxsni tarbiyalashni talab etayotgan edi. Chunki odamlarning ongi, tushunchasi, bilim saviyasini o‘zgartirmay, uni zamonaviylashtirmay turib yangi jamiyatni barpo etib bo‘lmaydi.
Birinchi Prezidentimiz tashabbusi bilan 1997-yilning 29-avgustida O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilindi. Shu kuni ko‘lami, miqyosi, qamrovi va maqsadlari bo‘yicha noyob Kadrlar tayyorlash milliy dasturi ham qabul qilindi.
Bu ikki hujjat ushbu muhim sohada chuqur islohotlarning yangi bosqichini boshlab berdi. Mamlakatimizda ta’lim taraqqiyotning shaxs, jamiyat va davlatning iqtisodiy, ijtimoiy, ilmiy-texnikaviy hamda madaniy ehtiyojlarini ta’minlaydigan ustuvor sohasi sifatida qonunan belgilab qo‘yildi.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi asosida mamlakatimizda uzluksiz ta’limning yangi mexanizmi ishlab chiqildi. Jumladan, 12 yillik majburiy ta’lim joriy etilib, buning birinchi bosqichini 9 yillik umumiy o‘rta ta’lim maktabi tashkil etar edi.
Asosiy maqsadimiz – hammaga ayon: Birinchi Prezidentimiz ta’kidlaganidek, “Farzandlarimiz bizdan ko‘ra aqlli, bilimli bo‘lishi va bizdan ko‘ra, albatta, baxtli yashashi kerak. Chunki yoshlar – bizning tayanchimiz, ertangi kundan umidimiz, savob ishlarimizning davomchilaridir”.
Shuning uchun ham davlatimiz ta’lim va tarbiya masalasiga katta e’tibor berib kelyapti. Bu sohaga ajratilayotgan mablag‘lar miqdori ham misli ko‘rilmagan darajada. Chunki O‘zbekiston aholisining uchdan birini 18 yoshgacha bo‘lganlar tashkil etadi. Bolalarimiz 7 yoshdan maktabga chiqadi. 35 yoshgacha bo‘lganlar esa mamlakat aholisining uchdan ikki qismini tashkil qiladi.
Eng muhim jihati shundan iboratki, bizda ta’lim bilan tarbiya o‘zaro uzviylikda, ya’ni bir-biriga chambarchas bog‘liq holda olib borilyapti. Bu borada Birinchi Prezidentimizning quyidagi so‘zlarida aniq yo‘nalish belgilab berilgan:
TA’LIMNI TARBIYADAN, TARBIYANI ESA TA’LIMDAN AJRATIB BO‘LMAYDI — BU SHARQONA QARASH, SHARQONA HAYOT FALSAFASI.
Zamon shiddat bilan rivojlanib bormoqda, yoshlarning ongi ham innovatsion ma`lumotlar asosida ilgarilab ketmoqda. Bu rivojlanish asosida O`zbekiston ta`lim sohasidagi siyosatiga ham o`zgartirishlar kiritilib kelinmoqda. Bundan maqsad bitta ya`ni o`zbekiston kelajagi yoshlar qo`lida ekanligini e`tiborga olib, yurtimiz ravnaq topishi va jaxon miqyosida yanada yuqori martabaga ko`tarilishida yoshlarning zamon bilan hamnafas bo`lib, jaxon tajribalarini o`zlashtirishlarini ta`minlash kerak. Shu maqsadlarni ko`zlagan holda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev qisqa fursat ichida ta`lim sohasida qator o`zgartirishlar kiritdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak” deb nomlangan kitobi “O‘zbekiston” nashriyot-matbaa ijodiy uyi tomonidan nashr etildi.
Avvalgi uchrashuvlarda ta’lim va ilm-fan, davlatning yoshlarga doir siyosatini amalga oshirish, ta’limning yangi, zamonaviy usullarini, jumladan, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish sohasidagi ishlar ahvoli tanqidiy tahlil qilib berilgan edi.
Bu boradagi dolzarb vazifalarni amalga oshirish yoshlarimiz, jamiyatimiz va mamlakatimizning kelajagi uchun strategik ahamiyatga ega ekani sababli ushbu sohadagi ishlar shaxsan Bosh vazirga yuklatilgan. Sizning e’tiboringizni quyidagi vazifalarni amalga oshirishga qarataman.
Birinchi vazifa – maktabgacha ta’lim sohasida. Ochiq tan olishimiz kerak, biz bu muhim sohadagi ishlarni e’tibordan chetda qoldirdik. Ushbu sohada bolalarni qamrab olish 27 foizni tashkil etadi.
Yaqinda tasdiqlangan dasturga ko‘ra, bu yo‘nalishda 2 ming 200 ta muassasaning moddiy-texnik bazasi mustahkamlanadi.
Shuningdek, tajribali pedagog va mutaxassislarni jalb etgan holda, o‘quv reja va dasturlarini tubdan qayta ko‘rib chiqish zarur. Oldimizda yoshlarga tarbiya berish, psixologiya va boshqa turli sohalarda kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash bo‘yicha murakkab vazifalar turibdi.
Ikkinchi vazifa – umumta’lim maktablari, litsey va kasb-hunar kollejlari, shuningdek, oliy o‘quv yurtlaridagi o‘qitish sifati bilan bog‘liq. Zamonaviy o‘quv reja va uslublarini joriy etish talab darajasida emas.
Bolalar va yoshlarga maxsus fanlar, mamlakatimiz va jahon sivilizatsiyasi tarixini, xorijiy tillarni va zamonaviy komputer dasturlarini chuqur o‘rgatish vazifalari hali sifatli va to‘liq holda yechilgani yo‘q.
Yana bir muammoni hal etish ham o‘ta muhim hisoblanadi: bu – pedagoglar va professor-o‘qituvchilar tarkibining professional darajasi, ularning maxsus bilimlaridir. Bu borada ta’lim olish, ma’naviy-ma’rifiy kamolot masalalari va haqiqiy qadriyatlarni shakllantirish jarayonlariga faol ko‘mak beradigan muhitni yaratish zarur.
Uchinchi vazifa – ta’lim muassasalarini, eng avvalo, kasb-hunar kollejlarini oqilona joylashtirishni, shuningdek, iqtisodiyot, ijtimoiy soha va har bir hududning zarur mutaxassislarga bo‘lgan talabini to‘g‘ri aniqlashni tanqidiy tahlil qilishdir.
Hozircha ushbu mexanizm ishlamayapti. Tarmoqlar rahbarlari kadrlarga ehtiyoj to‘g‘risidagi ma’lumotni Oliy ta’lim vazirligi va Iqtisodiyot vazirligiga taqdim etishadi. Keyin mutaxassislarni tayyorlash kvotalari bo‘yicha chuqur o‘ylanmagan takliflar ishlab chiqiladi. Buning natijasida kadrlar sifati va ularni ishga joylashtirish muammosi yildan-yilga kuchayib bormoqda.
Afsuski, hech kim buning uchun javobgar emas. Nima sababdan? Axir, bu o‘rinda gap barchamizning farzandlarimiz to‘g‘risida, hech bir mubolag‘asiz aytish kerakki, mamlakatimizning kelajagi haqida ketyapti.
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri R.Qosimovni ogohlantirib aytmoqchiman. Siz bu sohada katta tajribaga ega bo‘lgan holda, nafaqat ushbu kamchiliklarni bartaraf etish, balki tub va sifatli o‘zgarishlarni ta’minlash uchun ham shaxsan javob berasiz. Oldingi yillardagi xatolarni takrorlash kerak emas.
To‘rtinchi vazifa – nafaqat akademik ilm-fanni, balki oliy o‘quv yurtlaridagi ilm-fanni yanada rivojlantirish. Bunga Fanlar akademiyasi a’zolari bilan yaqinda o‘tkazilgan uchrashuv va uzoq muddatli muloqot davomida qat’iy ishonch hosil qildim.
Bu o‘rinda, mening nazarimda, ikkita asosiy vazifani hal etish zarur:
birinchi – ilmiy muassasalarning moddiy-texnik bazasini ilg‘or xorijiy markazlar darajasida va olimlar talablariga muvofiq sezilarli ravishda mustahkamlash kerak. Bunda, albatta, davlatning ehtiyojlari va uning maqsadli vazifalari inobatga olinishi shart;
ikkinchi – akademiklarni har taraflama qo‘llab-quvvatlash, jumladan, moddiy rag‘batlantirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish.
Sizga, Abdulla Nigmatovich, Fanlar akademiyasining yangi Prezidenti B.Yo‘ldoshev, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va boshqa idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda olimlar bilan uchrashuvda berilgan topshiriqlarni ijro etish bo‘yicha puxta ishlangan chora-tadbirlar kompleksini taqdim etish topshiriladi.
Beshinchi vazifa – kitoblarni chop etish va tarqatishdagi muammolarni hal qilishdir. Bu o‘rinda gap, eng avvalo, yoshlar va aholi o‘rtasida mamlakatimizning boy tarixini, uning betakror madaniyati va milliy qadriyatlarini keng targ‘ib qilish, jahon ilm-fani va adabiyoti yutuqlarini yetkazish uchun zarur muhit va shart-sharoit yaratish haqida bormoqda.
Bu borada zamonaviy komputer texnologiyalari va, ayniqsa, internet tizimi bizdan ancha ildamlab ketganini ham inobatga olish zarur.
Ana shu vazifani hal etishda turli darsliklarni yaratish, ularni chop etish va moliyalashtirish masalalarida idoralar o‘rtasidagi o‘zaro kelishmovchilik, afsuski, jiddiy to‘siq bo‘lmoqda.
Shu munosabat bilan, Bosh vazirga alohida komissiya tuzib, bir oy muddatda darsliklar, maxsus va badiiy adabiyotga bo‘lgan real ehtiyojni, ularni boshqa tillarga tarjima qilish, ular bilan o‘quv yurtlari, kutubxona va axborot-resurs markazlarini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar kompleksini taqdim etish topshiriladi.
Bunda yoshlar va aholining keng qatlamlari o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish masalalariga ham alohida e’tibor berish lozim bo‘ladi. Kitoblarning haqiqiy narxi shakllanishini juda ham puxta o‘rganish zarur.
Shu o‘rinda hammamiz uchun ayni paytda juda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan masala, ya’ni kitobxonlikni keng yoyish va yoshlarimizning kitobga bo‘lgan muhabbatini, ularning ma’naviy immunitetini yanada oshirishga qaratilgan ishlarimizni yangi bosqichga olib chiqish vazifasi turibdi. Ushbu masalalarni amalga oshirish uchun biz kuni kecha alohida farmoyish ham qabul qildik.
Download 18,9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish