Интeгрaциялaшгaн пaкeтлaр
Integratsiyalashgan paketlar deb umumiy vazifadagi ADP turli dasturiy tashkil etuvchilarni o’zida birlashtiruvchi ADP ga aytiladi.
Zamonaviy integratsiyalashgan ADP larga quyidagilarni kiritish mumkin:
- matnli muxarrir;
- elektron jadval;
- grafik muxarrir;
- MBBT;
- kommunikatsion modul.
Qo’shimcha modullar sifatida integratsiyalashgan paketga fayllarni eksport-import tizimi, kallkulyator, taqdim, dasturlashtirish tizimlari singari komponetlar kiritilishi mumkin.
Komponentlararo axborot aloqasi turli ma’lumotlarni taqdim etish shakllarini bir xillashtirish yo’li bilan taminlanadi. Turli komponetlarni yagona tizimga jo qilish foydalanuvchiga interfeysda shak-shubhasiz afzalliklar beradi, biroq tezkor xotiraga kuchli talablar qismida u muqarrar yutqizadi.
Mavjud paketlar orasida Framework, Startnave, Microsoft Office, Openoffice kabilarni ko’rsatish mumkin.
CASE-texnologiyalar
CASE-texnologiyalar turli mutaxassislar: tizimli tahlilchilar, loyihalar va dasturlar ishtirok etadigan, odatda jamoaviy safarbarlikni talab etuvchi murakkab axborot tizimlarini yaratishda qo’llaniladi.
CASE-texnologiya deganda AT predmet sohasining tahlili uslubiyati, loyihalashtirilishi, dasturlashtirilishi va foydalanishini o’z ichiga olgan axborot tizimlarini ishlab chiqishni avtomatlashtirish vositalari yig’indisi tushuniladi.
CASE-texnalogiyalarning asbobsozlik vositalari tizim siklining barcha hayotiy bosqichlarida (tahlil va loyihalashdan to tatbiq etilgungacha) qo’llaniladi, ular yuzaga kelgan vazifalarni hal etishni ancha soddalashtiradi.
CASE-texnalogiyalardan foydalanishda tizim ishlanmasini tayyorlovchi kishi detallarga chalg’imay yuqori darajada loyihalashtirish bilan shug’ullanadi, bu boshidanoq xato qilmaslik ancha mukammal dasturiy mahsulotlar olish imkonini beradi. Bu texnologiyalar kompaniyalar uchun rejalashtirish, moliyalashtirish, ta’lim kabi vositalarni juda yaxshi hal etishga yordam beradi. Shunday qilib CASE-texnalogiyalar kompaniyalarga u yoki bu loyihani oqilona amalga oshirish yoki biznes umumiy samaradorligini oshirishda tub o’zgartirishlarni amalga oshirish imkonini beradi.
Hozirgi paytda CASE-texnologiyalar - o’zida yuzlab kompaniyalarni birlashtirgan, informatikaning eng tezkor rivojlanayotgan sohalardan biridir. Bozorda mavjud CASE-texnalogiyalaridan Knowledge Ware firmasining Application Development Workbench (ADW), BPwin (Logic Works-firmasi), CDEZ Tod (Oracle-fimasi) mahsulotlarini misol keltirish mumkin.
Zamonaviy CASE-texnologiyalar turli sinfdagi ATlar: banklar, moliyaviy korporatsiyalar, yirik firmalarni barpo etishda muvaffaqiyatli qo’llanadi. Ular odatda anchagina qimmat turadi va ATni yaratish barcha jarayonlarini tubdan qayta tashkil qilish va uzoq o’qitishni talab etadi. Shunga qaramay, uni qo’llash iqtisodiy samarasi juda ahamiyatli va ko’pgina zamonaviy, jiddiy dasturiy loyihalar aynan uning yordamida amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |