Savollar: Siyosat tushunchasi va uning kelib chiqish tarixi haqida nimalarni bilasiz?



Download 21,69 Kb.
Sana30.12.2021
Hajmi21,69 Kb.
#190774
Bog'liq
Ma'ruza


Ma’ruza №1. SIYOSATSHUNOSLIKKA KIRISH. SIYOSAT VA SIYOSATSHUNOSLIK .

Savollar:



  1. Siyosat tushunchasi va uning kelib chiqish tarixi haqida nimalarni bilasiz?

  2. Siyosatning boshqa fanlar bilan o’zaro aloqadorligini misollar orqali tushuntiring.

  3. Siyosatshunoslikning boshqa ijtimoiy fanlar tarkibidan ajralib chiqish jarayonini izohlang.

Javoblar:

  1. «Siyosat» tushunchasi — qadimiy tushunchalardan biri. Hozirgi tillarga va madaniyatga «siyosat» atamasi qadimgi yunon tilidan oʻzlashtirilgan soʻz (politika) sifatida kirgan. U davlat bilan hukmronlik munosabatlarini, odamlar va jamiyat ustidan rahbarlik qilish ilmi bilan bogʻliq qadimgi yunon tushunchalariga asoslanadi: «polis» (shahar-davlat), «politikos» (davlat arbobi), «politeyya» (konstitutsiya). «Siyosatshunoslik» — «politologiya»ning oʻzbekcha tarjimasidir. «Politologiya» soʻzi lotincha ikki soʻz birikmasidan tashkil toptan: «politike» (politike) — jamoat va davlat ishlari hamda «logos» (logos) — taʼlimot, yaʼni davlat va jamoat ishlari haqidagi taʼlimot. «Shu nuqtai nazardan, — deb yozadi rus olimi V.V.Jeltov, — Siyosatshunoslik — siyosat, hukumat munosabatlari bilan bogʻliq insonlar hayotiy faoliyati, jamiyatning ijtimoiy-siyosiy tashkil etilishi, siyosiy institutlar, tamoyillar, tartibotlar, shaxslararo, jamiyat va davlat oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlar haqidagi fan» .

«Siyosat» anʼanaviy ravishda davlat va jamoat ishlarini, odamlar, ijtimoiy guruhlar, xalqlar, millatlar, davlatlar oʻrtasidagi munosabatlar bilan bogʻliq faoliyat sohasini anglatadi. U siyosiy institutlar va tashkilotlarning faoliyat koʻrsatishini, siyosiy meʼyorlar va anʼanalarni, odamlarning hokimiyat-boshqaruv va tashkilotchilik faoliyatini, ijtimo¬iy-siyosiy manfaatlari va ehtiyojlarini, siyosiy gʻoyalari va qarashlarini oʻz ichiga oladi.

Siyosatni insonning ruhiy holatlari va xususiyatlaridan ajratib boʻlmaydi. U muayyan institutsional ijtimoiy-madaniy va tamaddunviy muhitda shakllanadi va amalga oshiriladi, unga turli omillar taʼsir koʻrsatadi. Oʻziga yoqish-yoqmasligidan qatʼiy nazar, inson siyosiy tizimning muayyan tipi taʼsiri doirasidan tashqarida boʻla olmaydi. Shu maʼnoda siyosat dunyosi muqarrar hodisadir.

Siyosat — sinflar, ijtimoiy guruhlar oʻrtasidagi hokimiyat va jamiyatni boshqarishga oid munosabatlar, faoliyat, xatti-harakat va kommunikatsion aloqalarning koʻp qirrali olami. Siyosatning asosiy omillarini, eng avvalo, katta ijtimoiy guruh-lar (sinflar, millatlar, xalqlar, sivilizatsiyalar), ularning manfaatlarini ifoda etuvchi siyosiy tashkilotlar, institutlar, harakatlar va siyosiy liderlar tashkil etadi.

2. Siyosat haqida sanʼat sifatida gapirish uchun barcha asoslar bor. Davlatni boshqarish, jamiyat barqarorligini taʼminlash ham sanʼatdir. Siyosat — oldindan koʻra bilish sanʼati, oʻylab qoʻyiladigan qadamlar, amalga oshiriladigan tadbirlar, harakatlar, yon berishlar va hisob-kitoblar sohasi.

Haqiqiy insonparvar va demokratik jamiyat uchun xos boʻlgan halol siyosatga oʻtish — uzoq davom etuvchi va murakkab jarayon. Siyosat sanʼat sifatida, u bilan shugʻullanayotgan har bir kishining toʻgʻri siyosiy xatti-harakatlari nimadan iboratligini, qanday yoʻllar bilan eng kam kuch sarflagan holda maqsadga erishish mumkinligini, muayyan bosqichda nimalar mumkin va mumkin emasligini anglab yetishni bildiradi.

Siyosat sanʼat sifatida odamlarni faollashtirish vositalarini voqelikka mos tarzda tanlay olishda namo¬yon boʻladi. Mohir siyosatchi odamlarni murakkab vazifalarni hal etishga qoʻzgʻatishi mumkin boʻlgan paytni toʻgʻri belgilay oladi. Uning muvaffaqiyati, faollikka faqat birgina maʼmuriyatchilik bilan emas, balki odamlar uchun qulay sharoitlar yaratish, doimiy va oqilona talabchanlik bilan erishishga ham bogʻliq. Rahbarning mahorati inson xulq-atvorining barcha murakkab jihatlarini farqlay olishdan iboratdir.

Mohirona siyosat chuqur oʻylangan va ehtiyotkor boʻlishi lozim. U insondan oʻzining butun aql va irodasini ishga solishni, qatʼiyatli boʻlishni, his-tuygʻularini jilovlay olishni talab qiladi. Axloqqa mujassam boʻlgan umuminsoniy qadriyatlar uzilib qolgan boʻlsa, yaratuvchilikka emas, buzgʻunchilikka xizmat qiluvchi, gʻarazli maqsadlarni koʻzda tutuvchi siyosat ham mohirona boʻlishi mum¬kin.

Qadimgi Sharq, Gretsiya va Rimdagi qarashlarga koʻra, siyosat va axloq bir-biridan ajratilmagan. Plutarx “vijdonsiz kishiga hokimiyatni ishonib topshirish aqlsiz kishining qoʻliga qilich berish bilan barobar” ekanligini taʼkidlagan edi. Aynan shu fikrni XIX asrda T.Jefferson ham ilgari surdi: «Butun boshqaruv mahorati halol boʻlish mahoratidan iboratdir».

Axloq ijtimoiy ongning va uning amalda roʻyobga chiqarilishining shakllaridan biri boʻlib, u odamlar xulq-atvorining ijtimoiy zarur tipini barqaror etadi. Rioya qilinishi davlat organlari tomonidan qoʻllab-quvvatlanadigan va nazorat qilinadigan huquqiy meʼyorlardan farqli oʻlarok, axloq meʼyorlari jamoatchilik fikri va taʼsiriga, ishonch, anʼana va odatlarga suyanadi. Axloq insonning jamiyatga, hokimiyat tuzilmalariga, jamoaga, oilaga nisbatan xatti-harakatlarida oʻz ifodasini topadi. Axloq qadriyatlari vaqt oʻtishi bilan oʻzgaradi. U turli xalqlarda turlicha boʻladi. Axloqning asosiy muammolari yaxshi odat, xulq-atvor, faoliyat nimadan iborat, odobga xos, munosib ishlar nimalar ekanligi haqidagi masalalardir. Axloq shaxsiy dunyoqarashning tarkibiy qismi boʻlib, koʻp jihatdan shaxs uchun ijtimoiy-siyosiy dunyo manzarasini belgilaydi.

Siyosat inson faoliyatining eng muhim sohalaridan biri boʻlganliga uchun uni axloqdan ajratish mumkin emas. Siyosat olamiga, uning institutlari, munosabatlariga, siyosiy dunyoqarashga, jamiyat aʼzolarining xulq-atvoriga daxldor boʻlgan axloqiy qadriyatlar va meʼyorlar yaxlit holda siyosiy etikani tashkil etadi. Undan siyosatga baho berish, xususan, ayrim shaxslarning siyosiy faoliyatini baholashda foydalaniladi.

Axloq insonni oʻz xulq-atvoridan chetga chiqib ketishdan saqlaydi, individ bilan butun jamoa oʻrtasidaga ziddiyatlarning hal etilishiga xizmat qiladi. Axloq siyosatni, nazoratsiz siyosiy faoliyat erkinligini cheklab qoʻyadi, shu sababli,, siyosat koʻp hollarda undan qutulishga intiladi.

Siyosat bilan axloq oʻrtasidagi umumiylik shundan iboratki, ular ijtimoiy hayotni tartibga soluvchi eng dastlabki vositalar sirasiga, ijtimoiy tanlov sohasiga kiradi. Shu sababli,, ular odamlar xulq-atvorini boshqarishning harakatchan va oʻzgaruvchan vositalaridir.

3. Siyosat oʻz navbatida tarixiy xarakterga ega. Gap shundaki, siyosat oʻzining kelib chiqishi, zamona zayli bilan oʻzgarishi va oʻta moslashuvchanligi orqali ajralib turadi. Jamiyatning oʻzgarishi, rivojlanishi bilan siyosat ham oʻzgaradi, uning yangidan-yangi qirralari koʻzga tashlanadi. Qandaydir mavhum dunyoviy demokratik siyosat toʻgʻrisida gap boʻlishi mumkin emas. Yoki kommunistlar «bashorat» qilganlaridek, maʼlum bosqichda siyosat tugamaydi yoki oradan ketmaydi, balki siyosat doimo takomillashib boradi. Siyosatning izchilligi va legitimligi uning qanchalik odilligi va xalqchilligi, shuningdek, jamiyat aʼzolarining manfaatlariga qanchalik mos kelishi bilan bogʻliq.

Siyosat — kishilarni boshqarish sanʼatidir, shu bilan birga, siyosat davlat va jamiyatni boshqarish toʻgʻrisidagi fan hisoblanadi. Siyosat va siyosatdonlarning favqulodda yoki maxfiy, hadeb koʻzga tashlanavermaydigan xususiyatlari toʻgʻrisida ham gapirish maqsadga muvofiq. Shu nuqtai nazardan olib qaraydigan boʻlsak, mutlaq demokratik jamiyat boʻlmaganday, butunlay erkin kishilar toʻgʻrisida ham gap boʻlishi mumkin emas. Erkinlik — bu demokratik jamiyatdagi shaxslarning ongli ravishda amalga oshirayotgan faoliyatidan iborat. Ideal siyosat boʻlmaganidek, ideal demokratik hokimiyat ham mavjud emas. Demak, siyosat — tarixiy, u kishilarni boshqarish sanʼati, u davlatni, jamiyatni oʻrganish ilmi boʻlib, maʼlum bir makon, zamon hamda aniq vaziyat bilan bevosita bogʻliq.

Ma’ruza №2. SIYOSIY NAZARIYALAR VA QARASHLAR: Markaziy Osiyoda ijtimoiy-siyosiy ta’limotlar tarixi

Savollar:



  1. O’rta asrlarda Markaziy Osiyoda yetishib chiqqan allomalarning siyosiy qarashlari haqida nimalarni bilasiz?

  2. “Siyosatnoma “(Siyar ul-mulk) asari va undagi ilgari surilgan fikrlar haqida tushuncha bering.

  3. Amir Temurning davlat boshqaruvi va siyosiy qarashlari haqida nimalarni bilasiz?

Javoblar:

1. Markaziy Osiyo mamlakatlari oʻzining geografik joylashuvi jihatidan ham dunyo sivilizatsion taraqqiyoti, uning siyosiy-huquqiy qarashlari shakllanish va rivojlanish jarayonida alohida ahamiyat kasb etadi. Ushbu hududda dastlabki siyosiy qarashlar diniy qarashlar bilan qorishib ketgan edi. Ilk diniy qarashlarning vujudga kelishi, dunyoviy dinlar, buddaviylik, zardushtiylik, xristianlik dinlari va iudaistik hamda manixeylik kabi diniy qarashlarning keng tarqalishi islomgacha boʻlgan davlatchilikning rivojlanishiga, hamda uning siyosiy boshqaruv usuliga bevosita bogʻliq ravishda kechdi.

Xususan, qadimgi davrlardan bugungi kunga qadar saqlanib kelgan turli rivoyatlar, xalqlar oʻrtasida keng tarqalgan afsonalar, Alpomish, Goʻroʻgʻli, Kuntugʻmish, Hasanxon kabi xalq ogʻzaki ijodi namunalarida tub xalq urf-odatlari, davlat siyosiy boshqaruv hokimiyati va u bilan bogʻliq boʻlgan turli amal qilish uslublari ilk manbalar va tasavvurlarda oʻz aksini topgandir. Shu jumladan, qadimgi Baqtriya va Xorazm davlatlarining turli xalqlar va elatlariga xos siyosiy anʼanalari va uning idrok etilishi hamda mazkur xalqlar siyosiy-huquqiy qarashlarida diniy anʼanalarga tayanishi, jamoaviylikka asoslanish xususiyatlari negizidagi umumiy qarashlarning ilk belgilari paydo boʻlgan edi.

Shu tariqa, Markaziy Osiyo xalqlari diniy-dunyoviy va siyosiy qarashlari shakllanish jarayonini quyidagi tarzda davrlarga boʻlib oʻrganish maqsadga muvofiq boʻlar edi:

a) qadimgi davr;

b) oʻrta asr;

v) yangi davr;

g) XIX asr oxiri va XX asr boshlaridagi siyosiy qarashlar;

d) XX asrning ikkinchi yarmidan mustaqillikkacha boʻlgan davr;

ye) mustaqillik davri.

Qadimgi diniy qarashlarning oddiy anemistik koʻrinishidan koʻp xudolilik (politeistik) darajasiga yetishi va ular asta-sekinlik bilan yakka xudolikka (monoteistik) intilishi jamiyat taraqqiyotida ulkan oʻzgarishlarga sabab boʻldi. Xususan, uch ming yillik tarixga ega boʻlgan «Avesto» kitobining tarixiy manba sifatidagi ahamiyati benihoyadir. Jumladan, zardushtiylik diniy taʼlimotida tuproq, suv, havo va olovning asos sifatida olinishi hamda Axuramazda va Axuraman oʻrtasidagi kurash tom maʼnoda zoroastrizm diniy taʼlimotining asosiy mohiyatini ham, xarakterli xususiyatlarini ham ochib beradi.

Markaziy Osiyo mamlakatlari oʻzining geografik joylashuvi jihatidan ham dunyo sivilizatsion taraqqiyoti, uning siyosiy-huquqiy qarashlari shakllanish va rivojlanish jarayonida alohida ahamiyat kasb etadi. Ushbu hududda dastlabki siyosiy qarashlar diniy qarashlar bilan qorishib ketgan edi. Ilk diniy qarashlarning vujudga kelishi, dunyoviy dinlar, buddaviylik, zardushtiylik, xristianlik dinlari va iudaistik hamda manixeylik kabi diniy qarashlarning keng tarqalishi islomgacha boʻlgan davlatchilikning rivojlanishiga, hamda uning siyosiy boshqaruv usuliga bevosita bogʻliq ravishda kechdi.

Xususan, qadimgi davrlardan bugungi kunga qadar saqlanib kelgan turli rivoyatlar, xalqlar oʻrtasida keng tarqalgan afsonalar, Alpomish, Goʻroʻgʻli, Kuntugʻmish, Hasanxon kabi xalq ogʻzaki ijodi namunalarida tub xalq urf-odatlari, davlat siyosiy boshqaruv hokimiyati va u bilan bogʻliq boʻlgan turli amal qilish uslublari ilk manbalar va tasavvurlarda oʻz aksini topgandir. Shu jumladan, qadimgi Baqtriya va Xorazm davlatlarining turli xalqlar va elatlariga xos siyosiy anʼanalari va uning idrok etilishi hamda mazkur xalqlar siyosiy-huquqiy qarashlarida diniy anʼanalarga tayanishi, jamoaviylikka asoslanish xususiyatlari negizidagi umumiy qarashlarning ilk belgilari paydo boʻlgan edi.

Shu tariqa, Markaziy Osiyo xalqlari diniy-dunyoviy va siyosiy qarashlari shakllanish jarayonini quyidagi tarzda davrlarga boʻlib oʻrganish maqsadga muvofiq boʻlar edi:

a) qadimgi davr;

b) oʻrta asr;

v) yangi davr;

g) XIX asr oxiri va XX asr boshlaridagi siyosiy qarashlar;

d) XX asrning ikkinchi yarmidan mustaqillikkacha boʻlgan davr;

ye) mustaqillik davri.

Osonyoz, [06.04.21 23:58]

Qadimgi diniy qarashlarning oddiy anemistik koʻrinishidan koʻp xudolilik (politeistik) darajasiga yetishi va ular asta-sekinlik bilan yakka xudolikka (monoteistik) intilishi jamiyat taraqqiyotida ulkan oʻzgarishlarga sabab boʻldi. Xususan, uch ming yillik tarixga ega boʻlgan «Avesto» kitobining tarixiy manba sifatidagi ahamiyati benihoyadir. Jumladan, zardushtiylik diniy taʼlimotida tuproq, suv, havo va olovning asos sifatida olinishi hamda Axuramazda va Axuraman oʻrtasidagi kurash tom maʼnoda zoroastrizm diniy taʼlimotining asosiy mohiyatini ham, xarakterli xususiyatlarini ham ochib beradi.



2.

Ma’ruza No3. SIYOSIY JARAYONLAR:



Savollar:

  1. Siyosiy jarayonlarning umumiy xususiyatlari qaysilar?

  2. Umumiy va xususiy siyosiy jarayonlar tushunchalariga ta’rif bering va bularga misollar keltiring.

  3. ‘’Siyosiy ishtirok “ tushunchasini izohlang.

Download 21,69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish