Savollar: Sensor tarmoqlari standartlari va ishlash prinsiplari


PDH tizimlarining kamchiliklari



Download 255,69 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/5
Sana20.07.2022
Hajmi255,69 Kb.
#826288
1   2   3   4   5
Bog'liq
Алиқулов Аббос КТЛ-201-21

PDH tizimlarining kamchiliklari 
Endi 
PDH 
tizimlarining 
kamchiliklarini 
koʼrib 
chiqamiz:

plezioxron raqamli ierarxiya tizimlarining uzatish tezliklari 2048, 8448, 34368, 139264 
kbit/sga teng; -
birinchi va boshqa sathdagi raqamli oqimlarni birlashtirishda tezliklarni sozlash uchun 
qoʼshimcha bitlar qoʼllaniladi. Bunday multipleksorlash koʼp kanalli yuqori tezlikli signallarni 
hosil qilishni qiyinlashtiradi; -
PDH tizimlarida yuqori tezlikli raqamli oqimdan past tezlikli raqamli oqimni toʼgʼridan-toʼgʼri 
ajratib olish imkoni yoʼq. Buning uchun liniya signalini bir necha bor oʼzgartirish kerak. Bularni 
amalga oshirish uchun bir qancha multipleksorlar toʼplami kerak boʼladi. Bu esa, oʼz navbatda, 
tizimni yekspluatatsiya qilishni, hizmat koʼrsatishini qiyinlashtiradi va uzatiladigan axborot 
sifatiga taʼsir koʼrsatadi.
Masalan 140 Mbit/s tezlikdagi raqamli oqimdan 2 Mbit/s tezlikdagi raqamli oqimni ajratish 
jarayonini koʼrib chiqaylik (2-rasm). Buning uchun 140 Mbit/s tezlikli raqamli oqim MUX-140 
multipleksori orqali, 34 Mbit/s tezlikli raqamli oqimlarga ajratiladi. Soʼngra bu signal MUX-34 
orqali 8 Mbit/sek tezlikli raqamli oqimlarga ajratiladi. Nihoyat MUX-8, orqali 2 Mbit/s tezlikli 
raqamli oqimga ajratib olish mumkin. Аgar 2 Mbit/s tezlikli raqamli oqimni yuqori tezlikdagi 
raqamli oqimga birlashtirmoqchi boʼlsak, yana bir necha marta xuddi shu jarayonni teskarisini 
amalga oshirish lozim. Bu esa, oʼz navbatida uskunaviy qiyinchiliklarni, sinxronizatsiya 
muammolarini 
yuzaga 
keltiradi 
va xatoliklarni kelib chiqishiga sabab boʼladi;
raqamli kommutatsiya uchun kerakli boʼlgan sinxronizatsiya birinchi satxdagi signallardagina 
bajariladi, yuqori satxdagi raqamli signallar sinxron emas; 
-PDH tizimlari turli tipdagi kabellar, asosan mis oʼtkazgichli kabellarni qoʼllash uchun 
moʼljallangan. Liniya traktidagi uzatish tezligi va kodlar, kabelning ishlash shartini belgilaydi. Bu 
parametrlar standartlashmagan va turli ishlab chiqaruvchilarda turlichadir;
-tizimda koʼpgina oʼzgartirishlar (bloklarni oʼzgartirishlar yoki yoqib ulashlar) qoʼl 
yordamida amalga oshiriladi;
-boshqaruv va nazorat qilish qiyin, buning uchun qoʼshimcha boshqaruv tarmogʼi va 
tizimni tashkil qilish kerak; 
-PDHning yana bir asosiy kamchiligi, tarmoqni avtomatik nazorat qilish va boshqaruvning 
deyarli yoʼqligi. Bularsiz yuqori sifatli xizmat koʼrsatuvchi ishonchli tarmoqni tashkil qilish 
mumkin yemas. PDHda uncha katta boʼlmagan hajmda bunday vositalar mavjud, lekin ular 
standartlashmagan. Shu sababli xar xil ishlab chiqaruvchilar tomonidan yaratilgan nazorat va 
boshqaruv tizimlari bir-biri bilan chiqisha olmaydi. 
140 Mbit/s 
140 Mbit/s 
140 
Mbit/s 
140 
Mbit/s 
34 
34 




2-rasm. PDH asosidagi sxemada 140 Mbit/s tezlikli raqamli oqimdan 2 Mbit/s tezlikli 
raqamli oqimni ajratish usuli. 
PDH da sinxronizatsiya va boshqarish muammolari 
Kanallarni vaqtli ajratish va IKMli multipleksorlashga asoslangan, analogdan raqamliga 
oʼtish bilan bogʼliq boʼlgan telekommunikatsiyaning yangi texnologiyalari oxirgi yillarda zudlik 
bilan rivojlana bormoqda. Raqamli usullarni qoʼllaganda multipleksor kirishdagi ketma-ketliklarni 
"taym-slot" (slot-vaqtli oraliq, sikl) shakllangan bir xil nomlanuvchi "n" bloklar boʼyicha (bit, 
bayt, bir necha baytlar) takrorlanuvchi guruxlardan tashkil topgan bitta chiqishda shakllantiradi, 
yaʼni multipleksorlarning asosiy vazifasi (multipleksorlash aloqachilar tilida zichlashtirish degan 
maʼnoni anglatadi) kirishdagi hajmi boʼyicha kichik boʼlgan bir necha aloqa kanallarini,
chiqishdagi bitta aloqa kanaliga uzatish uchun katta xajmli bitta kanalga birlashtirishdan iborat. 
Аgar kirishdagi signal sifatida uzatish tezligi 64 kbit/sga teng boʼlgan DSO asosiy raqamli kanallar 
(АRK)dan foydalanilsa, unda bitta multipleksor yordamida amalda nx64 kbit/sli tezlikga ega 
boʼlgan oqimlarni shakllantirish mumkin. Shunday bir nechta multipleksorlarni qoʼllash orqali 
talab qilingan sathgacha, talab qilingan kanallar sonini beruvchi raqamli ierarxiyani tashkil qilish 
mumkin. Bunday uchta ierarxiya 80-yilarda ishlab chiqilgan yedi. АQSh va Kanadada qabul 
qilingan bitta ierarxiyada, asosiy raqamli kanal signalining uzatish tezligi sifatida 1544 kbit/s 
(n=24ta, tezligi 64 kbit/s)li telefon kanallari qoʼllaniladi. Yaponiyada qabul qilingan ierarxiyada 
asosiy raqamli kanalning tezligi uchun xuddi shu tezlikdan foydalaniladi. Yevropa va Janubiy 
Аmerikada qabul qilingan uchinchi ierarxiyada, asosiy raqamli kanal signalining uzatish tezligi 
2048 kbit/s deb qabul qilingan (TCh kanallar soni n=32 teng, umuman olganda n=30), yaʼni bunda 
axborotli kanallar sifatida tezligi 64 kbit/s boʼlgan 30 ta TCh kanal va 64 kbit/sli 2 ta signalizatsiya 
kanali, boshqarish uchun qoʼllaniladi.
Uchta ierarxiyani bir vaqtda parallel rivojlanishi dunyoda global telekommunikatsiyani 
rivojlanishini amalga oshira olmadi. Bundan tashqari, raqamli oqimlarning tezligini tenglashtirish 
uchun qoʼshimcha bitlardan foydalanishga toʼgʼri keldi. Yana bir murakkab tomoni shundan 
iboratki, tarmoqda oqimlarni nazorat qilish va boshqarish maqsadida hizmat kanallarini tashkil 
qilish imkoniyatining sustligi va tarmoqda berilganlarni uzatish uchun juda muhim boʼlgan pastki 
multipleksorlangan oqimlarni marshrutizator vositalarini toʼliq yoʼqligi. Chunki standartda 
sarlovxa uchun lozim boʼlgan meʼyordagi marshrutlashtirish qarab chiqilmagan. Bunday maxsus 
marshrutizator vositalarining yoʼqligi natijasida, PDHning freym va multifreymlarini shakllanish 
jarayonida xatoliklarni yuzaga kelishi oshadi va axborotlarni yoʼqolishiga olib keladi. Natijada 
uzatish tizimlari orasidagi sinxronizatsiya buzilishi mumkin va axborotlarni uzatish imkoniyati 
boʼlmaydi. PDH tizimlari oʼzlarining qator kamchiliklari bilan hozirgi zamon talabiga javob bera 
oladigan tarmoqlar yaratishga imkon bermaydi. Shu sababli sinxron raqamli ierarxiyaga oʼtish 
ushbu muammolarni yechishda katta ahamiyat kasb yetadi. Bunday xolatda oqimlarni birlashtirish 
uchun tezliklarni sozlash amalga oshiriladi. Oxirgi yillarda sinxron raqamli ierarxiyaga tegishli 
yuqori koʼrsatkichiga ega boʼlgan tizimlar keng tarqalmoqda. Bu pleziaxron raqamli ierarxiyaning 
kamchiliklari bilan bogʼliq. Chunki tarmoq rivojlana borgan sari tarmoqni nazorat qilish va 
boshqarish muammolari yuzaga keldi va ushbu raqamli uzatish tizimlarini takomillashtirish 
ehtiyoji tugʼildi. 

Download 255,69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish