Xalqaro moliyaviy lizingning iqtisodiyotni modernizatsiyalashdagi o’rni.
Javoblar:
Moliyaviy investitsiyalar – daromad olish (xuddi foizlar, dividendlar va ijara haqi singari) va asosiy kapital qiymatini ko’paytirish maqsadida investor tasarrufida bo’lgan korxona aktivlari. Mohiyat jihatdan «qimmatli qog’ozlarga (aktsiya, obligatsiya va boshqa qimmatli qog’ozlar), ya’ni moliyaviy aktivlarga joylashtirilgan kapital moliyaviy investitsiyalarni anglatadi» Real investitsiyalar deb real aktivlarga (ya`ni material va nomaterial aktivlar)
quyiladigan vositalar tushuniladi. Nomaterial aktivlarga quyiladigan vositalar ilmiy-
texnik progress va innovatsion investitsiyalar bilan xarakterlanadi. Nomaterial
investitsiyalardan foydalanishda biron bir nomoddiy boylikni sotib olish, korxona
ishchi-xizmatchilarining malakasini oshirish, ilmiy-tadqiqot va loyiha-konstruktorlik
ishlarini olib borish ko’zda tutiladi. Material investitsiyalar ishlab chiqarish
vositalarini va iste`mol predmetlarini sotib olishga asos bo’ladi. Real investitsiyalarga
investitsion loyihalar va biznes-loyihalar kiradi. Biznes-loyiha deganda tadbirkorlik
g’oyasini amalga oshirishga tayyorlangan kerakli tadbirlar tizimi tushuniladi, ushbu
tadbirlar amalga oshishi natijasida ma`lum iqtisodiy natijaga erishiladi.
Sindikatli kreditlash – bu bir necha banklar tomonidan yirik investitsiya loyihalarini birgalikda kreditlash degani.Sindikatli kreditlashga jalb qilingan mablag’lar loyihalarni moliyalashtirishga, tovar-material zahiralari uchun to’lovlarga, ishni bajarish va xizmat ko’rsatishga, shuningdek boshqa maqsadlarga yo’naltirilishi mumkin. Hozirgi kunda investitsiya loyihalarini moliyalashtirishning yangi, usuli sinditsirlashtirilgan kreditlash (sindikatga uyushgan bir necha kreditorlarning kreditlari majmui) paydo bo’ldi. Iqtisodiy adabiyotlarda bu so’zning aniq atamasi yo’qligi sababli, ko’pchilik hollarda moliyalashtirishning bu turini sindikatlashtirilgan kredit, deb ham ataladi.Sindikatlashmoq, sindikat tuzib birlashmoq ma’nosini bildirib, investitsiyalarni moliyalashtirish tizimida yirik investitsiya loyihalarini birgalikda moliyalashtirishni tashkil etish usullaridan birini anglatadi. Investitsiya loyihalarini moliyalashtirishda sindikatlashtirilgan kreditning asosiy xususiyati shunday iboratki, bunda bir necha kreditorlarning mavjudligi, moliyalashtirish uchun berilgan kredit summasi va u bilan bog’liq risklarning ishtiroki kreditorlar (banklar) o’rtasida taqsimlanishidadir. Sinditsiyalashtirilgan kreditni berish qarz oluvchi va ishtirokchi banklar o’rtasida tuziladigan kredit shartnomasi asosida amalga oshiriladi. Sinditsiyalashtirilgan kredit berish muddati yirik investitsiya loyihalarini qoplanish muddatiga bog’liq holda kredit shartnomasida belgilanadi. Sinditsiyalashtirilgan kreditdan foydalanganlik uchun foiz stavkasi miqdori sinditsiyalashtirilgan kredit to’g’risidagi kelishuv shartlariga ko’ra qarz oluvchi va ishtirokchi banklar o’rtasida tuziladigan kredit shartnomasi asosida belgilanadi. Zarar ko’rib ishlovchi, nolikvid balansga ega bo’lgan xo’jalik yurituvchi sub’ektlarga hamda samarasiz investitsiya loyihalarini taqdim qilgan xo’jalik sub’ektlariga sinditsiyalashtirilgan kreditlar berilmaydi. Sinditsiyalashtirilgan kredit olgandan keyin moliyaviy ahvoli yomonlashgan qarzdordan berilgan kreditlar o’rnatilgan tartibda muddatidan avval undirib olish chora-tadbirlari ko’rilishi lozim. Bu qoida kredit shartnomasida albatta qayd etilgan bo’lishi kerak.
Lizing so’zi iqtisodiyot uchun yangilik emas, birok qadimda lizing (lease) so’zi amaliyotda foydalanilmagan. Lizingning mazmuni va mohiyatini ochish - Aristotel davrlariga borib taqaladi (taxminan eramizdan avvalgi 384-383-382 yillarni o’z ichiga olgan davrlar). Aristotel shunday degan: «Boylik egalik qilishda emas, balki undan samarali foydalanishdadir». Hozirgi zamon tili bilan aytganda, kishining daromad olishi uchun qandaydir bir mulkka albatta egalik qilishi shart emas, balki undan foydalanishi huquqiga ega bo’lishi va natijada foyda olishning o’zi kifoya qiladi. Xalqaro lizing milliy iqtisodiyotni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bunga sabab, rivojlanayotgan davlatlarda ishlab chiqarishni rivojlantirish va shu orqali mamlakatga valyuta tushimini oshirishda ishlab chiqarish uchun zarur bo’lgan asbob-uskunalar hamda yangi texnologiyalarga ehtiyoj seziladi. Ayniqsa, oltin-valyuta zahiralari cheklangan mamlakatlarga xalqaro lizing juda kul keladi. Chunki, asbob-uskunani sotib olishda, lizing oluvchi mamlakat, ishlab chiqariladigan mahsulotning eksportbopligini isbotlagan holda, va valyuta tushumi xakkoniyligini ta'riflab, xalqaro lizing munosabatlarida ishtirok etadi. Aynan, xalqaro lizingning ahamiyati shu yerda kuzga tashlanadi.