Вазиятга ҳуқуқий баҳо беринг.
Shartnomalar to`g`risida vena konvensiyasi 1969 yil 31-32 moddalar
1969-yilda imzolangan Vena konvensiyasining 31-moddasiga binoan, taraflar o`rtasidagi shartnoma haqqoniy va o`zining oddiy mazmuniga ko`ra talqin qilinishi lozim, bunda shartnomaning kontekstdagi terminlariga, shuningdek uning obyektiga va shartnomaning maqsadiga e`tibor qaratish lozim. Ushbu moddaning ikkinchi qismiga binoan shartnomaning talqin qilinishi tarkibiga shartnomaning matnidan tashqari uning muqaddimasi ham, shuningdek:
Shartnomga tegishli har qanday kelishuv, qaysiki shartnomaning imzolanishi natijasida vujudga keldi;
Shatnomaga tegishli har qanday hujjat qaysiki boshqa taraflar tomonidan shartnomaga oid deb qabul qilinib tan olindi.
31-moddaning uchinchi qismiga binoan, shartnomaning matni bilan:
c) Shunga oid xalqaro huquqning har qanday prinsiplari ham kiradi.
Shuningdek, Vena konvensiyasining 32-moddasiga binoan, shartnomani talqin qilinishida tayyorlanayotgan materiallar, hujjatlarga ham e`tibor qaratiladi.
Xalqaro huquqning ikkita prinsipi xalqlarning mustaqilligini o`zi belgilashi hamda davlatning suverenligi, yaxlitligi to`g`risidagi prinsiplarni tahlil qilinishi:
Yuqoridagi masalaga binoan xalqaro huquqning ikkita prinsipini: ya`ni territorial suverenlik hamda xalqlarning mustaqilligini o`zi belgilashi prinsipini tahlil qilsak maqsadga muvofiq bo`ladi. Bunda territorial suverenlik prinsipi bir necha xalqaro normalari bilan muhofaza qilinmoqda, ular boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashishni taqiqlaydi, bu BMT Nizomining 7-moddasida keltirib o`tilgan, shuningdek, BMT Nizomining 2-moddasiga ko`ra terroterial yaxlitlikka va davlatning siyosiy mustaqilligiga qarshi tajovuz yoki boshqa harakatlarni olib borish taqiqlanadi. Bu prinsip terroterial munozara noaniq demarkatsiya davlatlariga nisbatan qo`llanilmaydi. Bundan tashqari bu prinsip xalqaro huquqning boshqa prinsipiga, xalqlarning mustaqilligining o`zi belgilashiga qarshi deb ko`rilishi mumkin.
Ammo xalqlarning mustaqillgini o`zi belgilashi prinsipi amaliyotda hali uchramadi. Kanada Oliy Sudining qaroriga binoan “xalqaro huquq xalqlarning suverenligini mustaqil belgilashishiga ruxsat bergan, ammo bu xalq tomonidan hal qilinishi va bir tomonlama mustaqillikning e`lon qilinishi faqat eng so`nggi vaziyatlarda va xatto vaziyatni to`liq o`rganilganda qo`llanilishi mumkin”. M.Shou: “xalqlarning mustaqilligini o`zi belgilashi faqat kolloniyalar uchun to`g`ri hisoblanadi”, - degan fikr bildirdi. Masalan, Somali o`zining Efiopiya va Keniyadagi somali qabilalar yashaydigan hududga nisbatan da`vo bilan chiqqan edi.
Mustaqillikni o`zi belgilanishi suveren davlatlar tomonidan tan olingan ulkan chegara hududlariga nisbatan qo`llanila olmaydi, ammo aholining xohish-irodasiga binoan, chegara masalalari bo`yicha munozaralarni hal qilish uchun qulay hisoblanadi. Shu tufayli birinchi navbatda aholining xohish-irodasini inobatga olish lozim. Ushbu masalalar xalqaro huquqda doim uchrab kelmoqda, masalan, Fransiya ko`p paytdan beri o`zining sharqdagi chegarasi G`arbiy Reynga nisbatan da`vo qilmoqda, yevropaning qudratli mamlakatlari esa Afrika davlatlarining ichki katta hududlariga nisbatan da`vo qilishmoqda. Ayniqsa, orollar bo`yicha muammo ko`p uchramoqda, jumladan Eriteriya/ Yemendagi tribunal shuni e`lon qildiki, ya`ni: “xalqaro huquqda shunday prezumptsiya mavjud, bunda orollar qaysi davlatga 12 milyagacha uzoqlikda joylashgan orollar shu davlatga tegishli hisoblanadi”.
Ba`zi e`tirozlar esa o`zining tarixiy hududlari avval ularga tegushliligini asos qilib ko`rsatilgan, bu Iroqning 1990-yil avgustda Quvaytga nisbatan hujumiga asos bo`ldi, ammo BMT bu kabi dalillarni xalqaro jamiyat uchun noma`qbul deb ko`rdi. Marokko ham Mavritaniya, G`arbiy Sahara va Aljir davlatining ba`zi qismlarida, o`zining tarixiy marokko imperiyasining hududlari mavjud deb ularga nisbatan da`vo qildi. Ammo sud bu dalillarni siyosiy ekanligini va ular yuridik ahamiyati pastligini to`g`risida qaror qilgan.
G`arbiy Sahara ishi bo`yicha Xalqaro Sud 1975-yilda Marokko va Mavritaniyaning qabilalari G`arbiy Saharadagi qabilalari bilan tarixan munosabatlar mavjudligini tan oldi, ammo koloniyalar aholisining mustaqilligini o`zi belgilashi huquqini va mustaqilligini bekor qila olmadi.
Biz yuqorida huquq va majburiyatlarni bo'yniga oldi deb alohida urg'u berib o'tshimizning asosiy sababi bu – masalada ko'rib o'tganimizdek, “A” va “B” davlatlar o'rtasida tuzilgan shartnomaning o'zida davlatlar o'rtasida chegara belgilanmagan bo'lsa ham, shartnomaning tayyorlov ishlarida “A” va “B” davlatlar chegarasi ushbu davlatlar orasida o'tgan daryo orqali o'tganligini ta'kidlangan edi.
Bu majburiyatning bajarmaslik oqibatlari haqida so'z yurtiadigan bo'lsak, bu holat pacta sunt servanda ya'ni xalqaro shartnomalarni vijdonan bajarish prinsipining buzilishiga olib keladi. Negaki, BMT Nizomi 2-moddasining 2-bandiga muvofiq, “...BMTning barcha a'zolari Tashkilotga a'zolikka tegishlilikdan kelib chiqadigan, ularning barchasiga birgalikda xos bo'lgan huquqlar va imtiyozlarni ta'minlash uchun ushbu Ustav bo'yicha o'z zimmalariga olgan majburiyatlarini vijdonan bajaradilar...” – deb ta'kidlangan. Bundan tashqari, 1969-yilgi “Xalqaro shartnomalar to'g'risida”gi Vena kovensiyasiga muvofiq, “har bir amaldagi shartnoma uning ishtrokchilari uchun majburiy hisoblanadi va ular tomonidan vijdonan bajarilishi shart”, - deyilgan. Shu bilan birga ushbu konvensiyaning 73-moddasida shartnomalarni bajarishga davlatlarning vorislk holati yoki davlat rahbariyatining javobgarlik holatlari halal bermasligi lozim deb belgilab qo'yilgan . Hamda ishtirokchi shartnomani bajarmaganligini oqlash uchun o'z ichki huquqi qoidalariga asoslanishi mumkin emasligi aytib o'tilgan. Shunday ekan shartnomani bajarishdan bo'yin tovlash tegishli ravishda javobgarlikni keltib chiqaradi.
Shuningdek, davlatlar chegaralari quyidagi tartiblarda (bosqichlarda) belgilaydi:
Delimitatsiya – chegara chiziqlari shartnomada yoki davlatning qonun hujjatida batafsil bayon etiladi va xaritada chiziladi. Bundan so'ng
Demarkatsiyasi – chegara joyning o'zida belgilanadi, chegaraga oid belgilar o'rnatiladi, tegishli hujjatlar tayyorlanadi.
Davlatlar amaliyotida, shuningdek, redemarkatsiya bosqichi ham ma'lumki, u ilgari o'rnatilgan chegaralarning tiklanishi yoki yangilanishini anglatadi.
Shuningdek, mazkur holatning yechimi sifatida huquqning asosiy prinsiplari (jus cogens) asosida aniqlashtirib olishimiz mumkin. 1969 yildagi “Xalqaro shartnomalar to'g'risida”gi Vena konvensiyasining 58-moddasiga muvofiq jus cogens (umumiy xalqaro huquqning imperativ normasi) normasi deganda, davlatlar xalqaro hamjamiyati tomonidan butun holda norma sifatida qabul qilingan va tan olingan, undan chekinish mumkin bo'lmagan umumiy xalqaro huquq normasi anglanadi; u faqat umumiy xalqaro huquqning xuddi shunday xususiyatga ega keyingi normasi bilan o'zgartirilishi mumkin. Jus cogens normalarining boshqa imperativ normalardan farqi shundaki, jus cogens normalaridan har qanday chekinish davlatlar xatti-harakatini ahamiyatsiz qilib jus cogens normalariga doim rioya qilinishi va ular xalqaro munosabatlarning har qanday sohasida qo'llanishi zarur. Umumiy xalqaro huquq normalari uning asosiy prinsiplari jus cogens normalari hisoblanadi. Davlat tomonidan biron-bir asosiy prinsipning buzilishini xalqaro hamjamiyat butun xalqaro huquq tartibotiga tajovuz sifatida baholashi mumkin.
Buyuk Sotsialist Xalq Liviya va Chad Respublikasi o'rtasida chegara Fransiya Respublikasi va Liviyada Birlashgan Qirolligi o'rtasida 10-avgust 1955-kuni tuzilgan do'stlik va yaxshi qo'shnichilik shartnomasi bilan belgilanadi, deb topadi; quyidagicha chegara albatta, deb topadi:
sharqiy parallel 1930 kenglik shimoliy, 16 Meridian Sharq bilan saratoni Tropic kesishish nuqtasiga to'g'ri chiziq bilan 24 meridianining chorrahasida nazaridan; va bu nuqtadan 15 meridian Sharq va kenglik shimoliy parallel 23 kesishish nuqtasiga bir to'g'ri chiziq; Bu satrlarni ushbu qiyomat sahifa 39 Sketch-haritasi sonli 4, namoyish qilish uchun, ko'rsatiladi.
Bunda sud ham Xalqaro shartnomalar to`g`risida Vena konvensiyaning 31-moddasini masalaning yechimi sifatida keltirdi.
Shundan kelib chiqib, “A” davlat biz sanab o`tgan bir qator prinsiplarni buzgan deyishimiz mumkin. “A” davlatning keltirgan asoslariga kelsak, “A” davlati aholisi “B” davlat aholisidan 10 barobar ko'pligini ta’kidlashi hamda bu hudud iqtisodiy jihatdan “A” davlatga zarurligini ta'kidlamoqda. Ma’lumki, Xalqaro huquqda davlat deb tan olishda hudud, aholi, siyosiy hokimyat va boshqa davlatlar bilan munosabatlarga kirishish qobiliyati bo`lishi talab etilgan. Bir davlatning hududiy jihatdan kamchiligi yoki iqtisodiy qoloqligi uning boshqa bir davlat hududini okkupatsiya qilish huquqini bermaydi. Buni Xalqaro Sud statutining 1994-yilda Liviya va Chad o`rtasidagi hududiy masalani hal qilganida ham ko`rishimiz mumkin. ushbu ishda Liviya Aouzou Strip nomli Chadga qarshli hududga da’vo bilan chiqqan. O`z harakatlarini esa bu hudud Usmonli turklar imperiyasi va Italiya agressiyasi davrida Liviyaga qarashli bo`lganligi, bu hududda Chad yetarli darajada siyosiy nazoratni ta’minlamaganligini keltirilgan. O`z navbatida Chad esa 1955-yilgi Liviyaning Fransiya bilan tuzgan Do`stona munosabatlar va yaxshi qo`shnichilik to`g`risdagi Shartnoma faqat 1955-1975-yillarda amalda bo`lganligini bilan asoslagan. Xalqaro sud o`z navbatida 1955-yilgi Liviyaning Fransiya bilan tuzgan Do`stona munosabatlar va yaxshi qo`shnichilik to`g`risdagi Shartnoma faqat 1955-1975-yillarda amalda bo`lganligidan kelib chiqib, Aouzou Strip hududini Chad hududiy suvereniteti deb qaror chiqargan. Shu asoslardan kelib chiqib, “A” davlatning harakatlari asossiz hisoblanadi. Shuningdek, “B” davlat tarkibidagi “X” qabila " xalqlarning teng huquqliligi va o'z taqdirini o'zi belgilashi” prinsipiga muvofiq mustaqil bo`lish huquqiga ega, ammo buni qabila boshliqlari emas, millat, xalq hal qiladi, ya’ni bunda referendum, pelebitsey kabi tadbirlar o`tkazilishi lozim. Shuningdek, bunda oddiy shartnoma bilan bir davlat tarkibidan boshqa davlat tarkibiga qo`shilib bo`lmaydi. Zero bu ikkinchi muhim prinsip bo`lgan “hududiy yaxlitlik” prinsipiga zid hisoblanadi.
Казус 6
“А” ва “Б” давлат қўшни давлатлар 2015йил “А” давлат ҳудудида ва “Б” давлат чегарасига яқин жойда “А” давлат томонидан кимёвий моддалардан фойдаланган ҳолда товар ишлаб чиқарадиган “”ННН” заводи қурилади. Натижада, ушбу заводдан чиқаётган тутун “Б” давлат чегарасидан ўтиб, чегарага яқин жойлашган “Б” давлат фермерлари ерларини заҳарлайди ва уларни унумсиз қилиб қўяди. Бундан норози бўлган фермерлар “Б” давлатидан “А” давлат етказган зарарни қоплаб беришини ва ушбу заводнинг етказган зарарини қоплаб беришини сўрайди. “Б” давлат “А” давлатдан халқаро ҳуқуқ нормаларига асосан унинг атроф-муҳитига ва фермерларига етказган зарарни қоплашини ва заводнинг фаолиятини тўхтатишини сўрайди. “А” давлат эса ушбу завод унинг ҳудудида жойлашганлигини ва бу заводдан қандай фойдаланиш унинг суверен ҳуқуқи эканлигини таъкидлайди. Натижада, “А” ва “Б” давлатлар ушбу низони ҳал этиш учун Халқаро Судга мурожаат қилишади.
Do'stlaringiz bilan baham: |