(LOTUS IWIDAN FOYDALANILMADI)
Казус 4
“А” давлати Африка қитъасида жойлашган. Унинг ёнидаги ҳудудда кўчманчи чорвадор аҳоли яҳшайди. Ушбу аҳоли хилма-хил миллатлардан ва турли тилларда сўзлашувчи қабилалардан иборат. Барча аҳолининг умумий сони 3000 тадан иборат. Ушбу ҳудудда жаноб “Х” давлат ташкил қилиш учун барча аҳолини чақиради ва “Б” давлати ташкили этилганини эълон қилади. Янги ташкил қилинган “Б” давлатнинг қўшниси “C” давлат уни дарҳол тан олади. Лекин, “А” давлати ушбу ҳудуд аҳолиси биринчидан, кўчманчи бўлгани учун, иккинчидан, ягона давлат тили йўқлиги, учунчидан, ягона миллат йўқлиги, тўртинчидан, жуда ҳам камбағал ва аҳоли сони фақатгина уч мингтани ташкил қилгани учун, бу ҳудудда давлат ташкил қилиш халқаро ҳуқуққа зид деб эълон қилади ва ўз қўшинларини киритиб ушбу давлатни тарқатиб юборади. Тарқатиб юборилган “Б” давлати раҳбарлари “C” давлати ёрдамида давлати билан келишган ҳолда “А” давлатига нисбатан ушбу муаммо бўйича Халқаро судга мурожаат қилишади.
Вазиятга ҳуқуқий баҳо беринг.
Bizga berilgan ushbu muhokamali kazusda aholi soni 3000 tadan iborat bo‘lgan, aholisi turli millatlardan va turli tillarda so‘zlashadigan ko‘chmanchi chorvodar aholi Afrika qit’asida joylashgan A davlati yonida janob X rahnamoligida B davlatini tashkil etganligi hamda bu davlatni darhol C davlati tomonidan tan olinganligi, lekin ushbu holatda A davlati ushbu hudud aholisi ko‘chmanchi bo‘lganligi, yagona davlat tili yo‘qligi, yagona millat yo‘qligi, aholisi juda kambag‘al va aholi soni faqatgina 3000 tani tashkil etgani uchun bu hududda davlat tashkil qilish xalqaro huquqqa zid ekanligini e’lon qilib, o‘z qo‘shinlarini kiritib ushbu davlatni tarqatib yuborganligi holati keltirib o‘tilgan. Ushbu holatda B davlati rahbarlari C davlati yordamida A davlati bilan kelishgan holda ushbu muammoni hal qilish uchun xalqaro sudga murojaat qilganligi keltirib o‘tilgan.
Avvalo, biz mazkur kazusning muammoli holatlarini, ya’ni muammolarini aniqlab olishimiz lozim: birinchidan, A davlatining yangidan tashkil etilgan B davlati xususida bildirgan fikrlari asoslimi, ya’ni xalqaro huquqda davlatlarni davlat ekanligini tavsiflovchi qat’iy belgilar mavjudmi, ikkinchidan A davlatining B davlatiga qo‘shin kiritib davlatni tarqatib yuborganligi holati, uchinchidan, ularning xalqaro sudga murojaat qilganligi holatidir.
Hozirgacha xalqaro huquqda davlatning belgilari to‘g‘risida qat’iy qoidaga kelingani yo‘q, lekin 1933-yil 26-dekabrdagi Amerika davlatlari tomonidan imzolangan “Davlatlarning huquqlari va majburiyatlari to‘g‘risida Montivideo konvensiyasi”da (1-moddasida) davlatlarning belgilari sifatida quyidagilar sanab o‘tilgan:
• doimiy aholi;
• aniq belgilangan hudud;
• yagona boshqaradigan hokimiyat;
• boshqa mamlakatlar bilan munosabatlarga kirisha olishdir.
Shundan kelib chiqib aytadigan bo‘lsak, yangidan tashkil topgan B davlatining doimiy aholisi (ko‘chmanchi yoki ularning turli tillarda so‘zlashishi ahamiyatsiz), aniq belgilangan hududi (A davlati yonida), yagona boshqaradigan hokimiyati (janob X rahnamoligida), boshqa davlatlar bilan munosabatga kirisha olish belgilari (C davlati bilan munosabatga kirishishi) mavjud.
Ikkinchidan keyingi muammo bu – A davlatining B davlati hududiga bostirib kirganligi holatidir. Bundan tashqari 1970-yildagi Xalqaro huquq tamoyillari to`g`risidagi deklaratsiyada davlatlar yangi tashkil etilgan davlatlarga tajovuz qilishi hamda xalqarning o`z mustaqilligini o‘zi belgilashi prinsipiga zid harakatlar amalga oshirishmasligi lozim. Shuningdek ushbu deklaratsiyada yangi tashkil etilgan davlatlar boshqa davlatlar bilan teng huquqqa egaligi ko`rsatib o`tilgan. Shuning uchun B va C davlatning e`tirozlari o`rinli.
B davlati hududiga A davlatining bostirib kirganligi esa A davlati tomonidan xalqaro huquq tamoyillarining buzilishidir. Chunki BMT Nizomining 2-moddasining 4-bandida Tashkilotning barcha a’zolari o‘zlarining xalqaro munosabatlarida har qanday davlatning hududiy daxlsizligi yoki siyosiy mustaqilligiga qarshi kuch bilan tahdid qilish yoki ishlatishdan o‘zlarini tiyadilar deb belgilab qo‘yilgan.
Uchinchidan, xalqaro sudga bu davlatlar muammoni hal qilib berish uchun murojaat qilishadi. Ushbu holatda xalqaro sudga murojaat qilish uchun ikkala davlatning ham roziligi bo‘lishi lozim, albatta.
Yuqoridagi holatlarni tahlil qilish asosida shunday xulosaga kelish mumkin: birinchidan, davlatlarning davlat ekanligini qat’iy belgilovchi belgilari mavjud emasligi bois, A davlatining B davlati xususida bildirgan fikrlari asossizdir. Ikkinchidan, A davlati tomonidan B davlati hududiga hujum qilganligi bu xalqaro huquq tamoyillarining buzilishini anglatadi.
Davlatlarning huquq va majburiyatlari to`g`risidagi Montevedio konvensiyasining 1-moddasida davlat uchun quyidagi belgilarning zarurligini ta’kidlaydi:
1) hudud 2) doimiy aholi 3) siyosiy hukumat 4) boshqa davlatlar bilan munosabatlarga kiriwa olish qobiliyati;
Do'stlaringiz bilan baham: |