Savollar.
Iqtisodiy oʻsishni ta’minlashda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning ahamiyatini izohlang.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish, ularning iqtisodiy rivojlanishidagi roʻlini oshirish.
Biznes va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlashda Texnoparklarning oʻrni.
Javoblar.
Kichik tadbirkorlik faoliyati bozor sektori hisoblanib, bozor raqobati sharoitida iqtisodiy oʻsish sur‘atlari, yalpi ichki mahsulotning tarkibi va sifat oʻzgarishini belgilab beruvchi muhim yoʻnalish hisoblanadi. Dunyoning bazi bir mamlakatlarida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik iqtisodiyotning samarali faoliyat olib borayotgan tuzilmalari hisoblanadi. Chunki kichik biznes va xususiy tadbirkorlik iqtisodiyotning barcha «kapillyar tomirlari»da harakatlanadi, uni kichik miqyoslarda «oziqlantiradi» Masalan, Yaponiyaning jahonda iqtisodiy nufuzining oshishida va yapon «moʻjizasi»da kichik biznes hal qiluvchi rol oʻynadi. Birgina qayta ishlash sanoatida 6,5 mln. kichik va oʻrta korxona faoliyat koʻrsatib, ular ushbu sohadagi jami korxonalarning 99 foizini tashkil etadi. Bu korxonalarda 40 mln. dan ortiq kishi band. Bu, ish bilan band aholining 81 foizi kichik biznes korxonalarida faoliyat koʻrsatadi demakdir. AQSHda kichik va oʻrta biznes firmalari jami korxonalarning 99 foizini tashkil etadi. Bu firmalarning asosiy qismi kichik firmalar boʻlib, ular oila mehnatiga asoslanadi. Jami kichik korxonalarning 80 foizida ish bilan band boʻlganlarning soni 10 kishidan oshmaydi.
Kichik va oʻrta firmalar AQSH yalpi ichki mahsulotining 40 foizini ishlab chiqaradi. Qayta ishlash sanoatida bu koʻrsatkich 21 foizni, qurilishda – 80, chakana savdoda – 86, xizmat koʻrsatish sohasida – 81 foizni tashkil etadi.
Kichik biznes korxonalarining iqtisodiyotda tutgan oʻrni va roʻli uning quyidagi afzalliklarida yanada yaqqolroq namoyon boʻladi:
kichik tadbirkorlik bozor talabi oʻzgarishiga sezuvchan boʻladi. U yangi texnologiya yoki yangi mahsulot ishlab chiqarishga osonlik bilan oʻtishi mumkin. Yirik korxonalarda esa bu jarayon katta xarajatlar va koʻp vaqt talab qiladi;
kichik korxonalarni rivojlantirish mahalliy
resurslardan keng foydalanish imkoniyatini beradi. Yirik korxonalarning bunday mayda ishlar bilan shug’ullanishga rag’bati yoʻq. Bu faoliyat yirik korxonalarga sezilarli daromad keltirmaydi;
kichik korxonalarda yirik korxonalarga nisbatan
boshqarish xarajatlarining ulushi ancha past boʻladi;
kichik biznes korxonalari yirik sarmoyani talab qilmaydi va sarf qilingan kapitalning qoplanish muddati qisqa boʻladi;
kichik biznes yangi-yangi ishchi oʻrinlarini barpo etib, ishsizlik muammosini hal qilishda muhim rol oʻyniydi;
kichik korxonalar jamiyatda oʻrta mulkdorlar qatlamining shakllanishiga olib keladi;
tadbirkorlikning mazkur shakli ichki bozorni iste‘mol mollari bilan toʻldirishning asosiy omili hisoblanadi.
Xulosa qilib aytaolamanki, Oʻzbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatining kengayishi iqtisodiyotning boshqa soha va tarmoqlari ishlab chiqarish hajmidagi salmog‗ining oshishi orqali ham namoyon boʻldi. Kichik biznes subyektlarining
tashqi iqtisodiy faoliyatdagi ishtiroki ham tobora kengayib bormoqda. Kichik biznes subyektlarining asosiy eksport mahsulotlarini qishloq xoʻjaligi, toʻqimachilik, ishlov beruvchi, elektrotexnik ishlab chiqarish mahsulotlari, xalq amaliy san‘ati buyumlari tashkil etadi.
2. Mamlakatimiz iqtisodiyotini barqaror rivojlantirishning asosiy omillaridan biri innovatsiyalardir. Innovatsion texnologiyalar yordamida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub`ektlarini chuqur qayta tuzish va ish unumdorligini yanada oshirish mumkin. Ma`lumki, bugungi kunda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasi nafaqat milliy iqtisodiyotning o`sish sur`atlarini jadallashtirishda, balki bugungi kun uchun dolzarb hisoblangan aholini ish bilan ta`minlash va turmush darajasini oshirish masalalarini hal etishda ham etakchi o`rin tutmoqda.
Kichik biznesni rivojlantirish borasida amalga oshirilgan chora-tadbirlarning natijasi quyidagilar orqali namoyon bo'ladi:
- kichik biznesning mamlakatimiz YAIMdagi ulushi 2009 yilda 50,1 foizga yetganligi;
- ish bilan band xodimlar pul daromadlarining 70 foizi aynan kichik biznes sohasida shakllanayotganligi;
- kichik biznes korxonalarining mamlakat eksportidagi ulushi 2009 yilda 14,3 foizga yetganligi va h.k.
Kichik biznesni rivojlantirish borasida yaratilgan qulay shart-sharoitlar sohaning iqtisodiy rivojlanishdagi, aholini ish bilan bandliligi va daromadlarining o'sishidagi roli yanada kuchayishi hamda YAIM, eksport va tarmoqlar hamda sohalarning ishlab chiqarish ko'rsatkichlaridagi ulushi ortib borishiga xizmat qiladi. Mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning jadal rivojlanishida eng avvalo mazkur soha uchun belgilanayotgan soliq imtiyozlari yetarli darajadagi rag’batlantiruvchi rol oʻynayotganligi hisoblanadi. Xususan, 2010-yilda kichik biznes subyektlari uchun belgilangan yagona soliq toʻlovi 8 foizdan 7 foizga pasaytirilgan boʻlsa, 2011-yilda 7 foizdan 6 foizga, 2012-yilda 6 foizdan 5 foizga kamaytirilishi xoʻjalik yurituvchi subyektlar investitsiya faoliyatining kengayishiga xizmat qildi. E‘tiborli jihati shuki, kichik korxonalarning daromadi qanchalik ortsa ham bu soliq stavkasi oʻzgarmaydi. Shuni qayd etish lozimki, 1996-yilda kichik biznes subyektlari uchun yagona soliq stavkasi 38 foizga teng boʻlgan edi. Tadbirkorlik faoliyatining rivojlanishi uchun iqtisodiy faoliyatda erkinlik taqozo etiladi. Erkinlik bor joyda oʻz ishiga ijodiy yondashuv, tashabbuskorlik rivoj topadi. Kishilardagi xotirjamlik, ularning xavotir va tazyiqlardan xoli boʻlishi ishbilarmonlikning yangi qirralarini yuzaga chiqaradi.
3.Innovatsiya – bu mavjud ehtiyojni to`la qondirish maqsadida yangilik(kashfiyot) yaratish, tarqatish va uni amalga tadbiq qilish. Innovatsiyada ikki narsa mavjud, birinchidan, bu yangi g`oya, yoki tovar , xizmat. Ikinchidan, ishlab chiqarish tizimini sifat jihatdan yangi darajaga o`zgartirishga olib kеluvchi yangilik(kashfiyot)ni ishlab chiqarish tizimiga joriy(tadbiq) qilish. Innovatsion tadbirkorlik, ya'ni yangilik yaratish va undan tijorat maqsadida foydalanish bir nеcha etapda olib boriladi: yangi idеyalar izlab topish va uni baxolash biznеs plan tuzish; rеsurslarni topib, tajriba sifatida mahsulot ishlab chiqarish va sinovdan otkazish; tovarni bozarga kiritish va o`tkazish.Bugungi kunda Oʻzbеkistan Rеspublikasida invеstitsiya-innovatsiya milliy dasturi qabul qilingan bo`lib, yagona maqsadga yo`naltirilgan xolda, izchillik bilan amalga oshirilmoqda.
Innovatsion tadbirkorlikning yana bir tеrritorial tashkiliy turi - ilmiy tеnologik park (tеxnopark) lar bо`lib, bu struktura innovatsion biznеs maxsulotini ishlab chiqarish va bozorda sotishni tashkil qilishga yordam bеradi va shu orqali kichik biznеsda innovatsion faoliyatni riojlantirishga yordam bеradi.
Tеxnoparklarning asosiy vazifasi :
- ilmiy yangiliklarni tеxnologiyaga aylantirishdan;
- tеxnologiyani tijorat maxsulotiga aylantirishdan;
- kichik korxonalarda yangi yaratilgan maxsulotni kо`p miqdorda ishlab chiqarishdan;
- ilmiy izlanishni olib boruvchi firmalarni tashkil qilishdan;
- ilm bilan bog`liq barcha biznеs turlarini qо`llab-quvvatlashdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |