5 “Illiada” va “Odessiya” dostoni: qahramonlik va vatanparvarlik.
Ana shu urush haqidagi rivoyatlar yig’indisidan yunon mifologiyasining «Troya urushi afsonalari» deb ataluvchi turkum yuzaga kelgan. «Iliada» hamda «Odisseya» dostonlarining mavzulari shu turkumdagi rivoyatlardan olingan. Ammo har ikkala dostonda mazkur afsonaning hammasi emas, ikkita kichik-kichik voqeasigina hikoya qilinadi. Chunonchi, «Iliada»da Troya urushining o’ninchi yilida bo’lib o’tgan muhim bir hodisa tasvir etilgan. Asarning bayoni hatto Troya shahrining yunonlar tomonidan zabt etilishi voqealariga qadar ham olib borilmasdan, Troyaning ulug’ pahlavoni Gektorning o’limi va uni dafn qilish marosimi bilan tugaydi. Ilgari bo’lib o’tgan va keyinchalik ro’y berishi lozim bo’lgan voqealar to’g’risida shoir yo’l-yo’lakay gapirib o’tadi. Xuddi shunday holni «Odisseya» dostonida ham ko’ramiz. Bu asarda Troya jangi qahramoni Odisseyning urushdan qaytishi, dengizlarda va begona yurtlarda uning boshidan kechgan sarguzashtlar va, nihoyat, o’z vatani Itaka oroliga yetib kelib, dushmanlaridan qasosolishi hikoya qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |