117-guruh Boboqulova Maftuna
Savollar 1 G`azali husni matla , G`azali zebi matla qanday g’azal?
J: Qo’sh matlali g’azallar. (O.Nosirov O`zbek klassik she`riyati janrlari.T. 1979.16-bet) 2 ’’Kashf ul-lug`ot’’ kimning asari?
J: Abdukrim ibn Ahmad Surning (R.Orzibekov Lirikada kichik janrlar. T.1976 8-9-bet) 3 Chiston o`tmish badiiyat ilmida qanday iboralar bilan yuritilib kelingan?
J: lug`z , lug`az, log`az (R.Orzibekov Lirikada kichik janrlar. T.1976. 148-bet) 4 Qabul Muhammad agar ruboiyning 3misrasi qofiyalansa uni qanday nom bilan atagan?
J: ‘’taronayi ruboiy’’( R.Orzibekov Lirikada kichik janrlar. T.1976.52-53 bet) 5 Kim ruboiyni falsafiy lirik miniature deb ataydi?
J: I.S.Braginskiy (R.Orzibekov Lirikada kichik janrlar. T.1976.56-bet) 6 Muammo she`riy san`ati qanday ma`nolarni bildiradi?
J: Berkitilgan ko`r qilingan degan ma`nolarni anglatadi (R.Orzibekov Lirikada kichik janrlar, T.1976. 146-bet) 7 A.Navoiy qaysi janrni ‘’turk shuarosi’’ga xosligi forsiyda yo`qligini ta`kidlagan?
J: Tuyuqni (R.Orzibekov Lirikada kichik janrlar T.1976. 98-bet) 8 ’’Lubob ul-albob’’ kimning kitobi?
J: Muhammad Avfiyning (R.Orzibekov Lirikada kichik janrlar. T, 1976.71-bet) 9 Tuyuq turklarda qanday nom bilan aytilgan?
J: Turklarda ’’mani’’ (R.Orzibekov Lirikada kichik janrlar .T.1976. 95-bet) 10 Kim usta cholg`uchi bo`lganligi uchun o`z ruboiylarini o`zi tarona qilib kuylagan?
J: Rudakiy (R.Orzibekov Lirikada kichik janrlar. T, 1976.71-bet) 11 “Rudjomaning orasida munozara va mubohasa” kimning asari?
J: Axmadiyning (R.Orzibekov Lirikada kichik janrlar. T, 1976.142-bet) 12 “Al-mo’jamfi maoyir –al-Ajam” kimning asari ?
J: Shamsiddin Muhammad Qays ar-roziyning (O.Nosirov O`zbek klassik she`riyati janrlari.T. 1979.10-bet) 13 Alisher Navoiyning qaysi asarini Soqiynomaning eng yaxshi namunasi sifatida ko’rishimiz mumkin?
J:“Favoyidul-kibar”asari (O.Nosirov O`zbek klassik she`riyati janrlari.T. 1979.140-bet) 14 G’azal qaysi jihatidan Parokanda g’azal va Voqeaband(syujetli)g’azal turlariga bo’linadi?
J: Kompazityasi jihatidan (O.Nosirov O`zbek klassik she`riyati janrlari.T. 1979.20-bet) 15 Qaysi janr arabcha so’z bo’lib lug’aviy ma’nosi yakka yolg’iz degan ma’noni anglatadi va u mufradot istilohi bilan xam ataladi?
J: Fard (R.Orzibekov Lirikada kichik janrlar. T, 1976.119-bet) 16 Alisher Navoiyning “Xazoyi nul-maoniy” asariga qancha qit’a kirgan?
J: 503baytdan iborat 210 qit’a kirgan (O.Nosirov O`zbek klassik she`riyati janrlari.T. 1979.153-bet) 17 Ruboiy qaysi baxrda yoziladi?
J: 4misradan iborat bo’lib xazaj baxrida yoziladi. (O.Nosirov O`zbek klassik she`riyati janrlari.T. 1979.155-bet) 18 Xosiy ruboiy qanday shaklda qofiyalanadi?
J: a-a-b-a shaklida qofiyalanadi. (O.Nosirov O`zbek klassik she`riyati janrlari.T. 1979.156-bet) 19 Xazaj baxrining “axram”va “axrab” shajaralaridagi 24shubada yaratilgan janr qaysi?
J: Ruboiy (O.Nosirov O`zbek klassik she`riyati janrlari.T. 1979.155-bet) 20 Ruboiyning qaysi turida xamma misralari qofiyadosh bo’ladi a-a-a-a
J: tarona ruboiy (O.Nosirov O`zbek klassik she`riyati janrlari.T. 1979.156-bet)