Savol va Javoblar
1.Qobiliyat va pedagogik qobiliyat haqida tushuncha
Qobiliyatlar - odamning shunday psixologik xususiyatlaridirki, bilim, malaka, ko’nikma, ortirish shu xususiyatlarga bog’liq bo’ladi, lekin bu xususiyatlarning o’zi bu bilim, malaka va ko’nikmalarga taalluqli bo’lmaydi. Masalan, ikkita bola institutga kirmoqda deylik. Ulardan biri test sinovlaridan muvaffaqiyatli o’tdi, ikkinchisi o’tolmadi. Bunda ulardan birining qobiliyati ortiq degan xulosaga kelib bo’lmaydi. Bilim orttirishdagi muvaffaqiyatning faqat bir o’zi bilan qobiliyatni aniqlab bo’lmaydi. Qobiliyatlar bilim, malaka, va ko’nikmalarini egallashda namoyon bo’lsa ham ular bilim, ko’nikmalarga taalluqli bo’lmaydilar.
2.Pedagogik qobiliyatning turlari va ularning tavsifi.
1. Bilish qobiliyati-fanning tegishli sohalariga oid qobiliyatdir. Bunday qobiliyatga ega bo’lgan o’qituvchi fanni o’quv kursi hajmidagina emas, balki ancha keng chuqurroq biladi, o’z fani sohasidagi kashfiyotlarni hamisha ko’zatib boradi. Unga nihoyatda qiziqishadi, tadqiqot ishlarini ham bajaradi. Ba’zan o’quvchilar orasida: "X ni professor deyaber" ko’pincha biz u o’z sohasida bilmaydigan biror narsa bormikin deb o’ylab qolamiz", "U darsni butun vujudi, jonjahdi bilan o’tadi", yoki "Vajohati katta-yu, bilimining mazasi yo’q", kabi iboralar uchrab turadi.
2. Tushuntira olish qobiliyati-o’qituvchining o’quv materialini o’quvchilarga tushunarli qilib bayon etishi, material yoki muammoni ularga aniq va tushunarli qilib aytib berish, o’quvchilarda mustaqil ravishda faol qiziqish uyg’otish qobiliyatidir.
3.O`qituvchining kommunikativ qobiliyat.
O‘qituvchi sinf jamoasiga va alohida tarbiyalanuvchiga pedagogik ta’sir ko‘rsatishida muvaffaqiyatlarga erishishi uchun, o‘quvchilar orasida o‘zaro pedagogik munosabatlar tizimini oqilona rejalashtirishi va psixologik muhitni ijobiy tomonga o‘zgartirishi lozim. To‘g‘ri tashkil etilgan va har jihatdan munosabatda bo‘ladigan sinf jamoasi xususiyatlarini oldindan bilishi; bevosita samimiy va hamjihatlikka asoslangan munosabat o‘rnatish; munosabatda ustunlikka ega bo‘lib, uni demokratik talablar asosida oqilona boshqarish; munosabatning ijobiy va salbiy jihatlarini uzluksiz tahlil etib borishi lozim. O‘qituvchi kasbiy mahoratida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan insoniy fazilat hamda xushmuomalalikni o‘zida shakllantirishi uchun muntazam faoliyat olib borishi zarur. O‘qituvchi pedagogik faoliyatiga oid shaxsiy o‘z-o‘zini tarbiyalashning o‘zaro fikr almashish va aloqadorlikka doir quyidagi tizimlarni bilishi zarur.
4.Pedagogik boshqaruv mahorari.
Xo’sh pedagogik mahoratning o’zi nima? Unga hozirgi zamon fani nuqtai nazaridan quyidagicha ta’riflar beriladi: Pedagogik mahorat bu fahm-farosat va bilimlarning chinakam ilmiyligi, tarbiyadagi qiyinchiliklarining engishga qodir bo’lgan nufuzli rahbarlik, bolalar 23 qalbining qandayligini his qilish mahorati, ichki dunyosi nozik va zaif bo’lgan bola shaxsiga mohirlik bilan avaylab yondashish, donolik va ijodiy dadillik, ilmiy tahlil, xayol va fantaziyaga bo’lgan qobiliyat mujassamdir. Pedagogik mahorat - bu o’qituvchi nutqining ravon va ta’sirchan o’tilayotgan mavzuga o’quvchi diqqatini torta oladigan, mavzuga mos ko’rgazmalar - ijod qilib va undan unumli foydalana oladigan, har qanday sharoitda ham o’quvchi qalbiga yo’l topa oladigan, har bir dars bolaning qiziqish va faoliyatini oshirisha oladigan kishini tushunamiz. Pedagogik mahorat - izlanish, ijodiy mehnat maxsuli. Pedagogik mahorat hamma o’qituvchilar uchun bir kolipdagi ish uslubi emas, balki u har bir o’qituvchi o’z ustida ishlashi, ijodiy mehnati jarayonida yuzaga keladigan jarayondir.
Do'stlaringiz bilan baham: |