1. U odamlar uchun oddiy buyum, lekin tibbiyotdagi buyuk inqilobiy o’zgarishlardan biri hisoblanadi. Uni dastlab kim o’ylab topgani aniq emas. Bir necha asrlar oldin foydalanila boshlangani haqida maʼlumotlar bor. XIX asr oxirlarida bosma kitoblarning ko'payishi sababli uni ommaga joriy qilish boshlangan.
Savol: U ni nima ekanligini yozib bering.
Javob: Ko’zoynak
2. Katta supermarketlardagi o‘ziga xos ayyorliklar haqida eshitgansiz. Masalan, sut va sutli mahsulotlarga talab yuqori bo‘lgani uchun, ular eng chetda, qidirib topish qiyin bo‘lgan burchaklarda joylanadi. Bundan ko‘zlangan maqsad, xaridor ularni topgunicha ko‘proq mahsulotlarga ko‘zi tushushi edi. Haridorlarni ko‘proq ushlash uchun qilinadigan yana bir ayyorlikda esa, aynan ulardan foylalanishadi. Ular xaridorlar harakati ancha sekinlashtiradi.
Savol: ularni ikki so‘z aniqlikda yozib bering?
Javob: Sokin musiqalar.
3. Avtomobil yo'llari chetida qayerga qancha masofa qolgani haqidagi belgilarga ko'zimiz tushadi. Masalan, "Termizgacha 700 km", "Samarqandgacha 300 km" kabi. Bundagi sonlar shu shaharlarning boshlanishigacha emas, aksincha, aniq bir obyektgacha bo'lgan masofani anglatar ekan.
Javob: shahar bosh pochta idorasi.
4. Ma'lumotlarga qaraganda, 1958-yildan boshlab butun dunyoda keng tarqalgan bu so‘z tikandek o‘tkir shoxli, tez oyoqli antilopa so'zidan olingan ekan. Bu so'zni aksariyatingiz hatto oyog'ingizda ko'tarib yurasiz.
Savol: ushbu so'zni toping.
Javob: Reebok.
Izoh: "Adidas" - ism va familiyaning qisqartmasidan, "Puma" - hayvondan, "Nike" - Nike ma'budasidan, ammo "Reebok" xuddi shu nomdagi antilopadan olingan. Qo'shimcha ma'lumot o‘rnida, "Reebok" firmasi birinchi bo'lib tikilgan poyabzal ishlab chiqargan. 1958-yilgacha kompaniya boshqa nomlarga ega bo'lgan.
5. Ushbu suraning bunday nomlanishi unda ul zotning qissasi kelgani sababidandir. Bu makkiy surada ham, asosan, aqiyda masalasi muolaja qilinadi. Xususan, Payg‘ambarlik va qayta tirilish haqida so‘z ketadi. Ushbu sura oxirgi Payg‘ambar Muhammad sollallohu alayhi vasallamga nozil bo‘lgan abadiy moʻjiza, hikmatli kitob Qur’oni Karimdan bahs yuritish bilan boshlanadi.
Savol: gap qaysi sura haqida ketmoqda?
Javob: Luqmon surasi. 31-surasi. Makkiy suralardan biri, 34 oyatdan iborat
Izoh: Luqmoni Hakim haqida ushbu surada qissa o‘rin olgan.
6. AQSHning Norzern universiteti olimlarining xulosalariga ko'ra inson madaniyati va xulqini doim oshirib borishi uning sahifalarini kamaytirishga olib keladi.
Savol: inson madaniyati va xulqini oshirib borish evaziga nimaning sahifalarini kamaytirish mumkin.
Javob: Qizil kitob
7. Jahonga mashxur chips ishlab chiqaruvchi kompaniyalarning 9/10 qismini nomlari "s" harfi bilan tugar ekan: Lays, Doritos, Ruffles, Pringles, Patos, Cheetos va hokazo. Nima uchun degan savolga esa javob bitta... Balki o‘zbek tilida bu unchalik ham tog‘ri emasdir, ammo butun dunyo tillari bilan chamalab chiqilganda aynan shu ma'noni berar ekan.
Savol: nega "chips" kompaniyalarining so‘nggi harfi "s" bo'ladi?
Javob: "S" harfi ochlik hissini keltirib chiqarar ekan.
8. Professional boksda sportchining jismoniy holati odatda to'rtta asosiy parametrga qarab baholanadi: yoshi, vazni, balandligi va X.
Savol: To'rtinchi parametrni yozib bering?
Javob: qo'llarning uzunligi.
9. Afrika rivoyatlariga ko’ra inson osmonda yartilgan. Diqqat savol: u yerga tushishiga nima yordam bergan?
J. Jirafa
10. Germaniyaning Passau shahri yaqinidagi shosseda haydovchilarni xavfdan ogohlantiruvchi yo’l belgisi mavjud. Bu xavf ayniqsa yomg’ir yog’ishi oldidan bir necha barobarga ortib bketadi. Diqqat savol. Ushbu uchastkada avtomabillarga qanday xavf bo’lishi mumkin.
J. Pastlab uchadigan qaldirg’ochlardan
11. 1913-yilda amerikalik mahbus Artur Vinn uzqo vaqt shaxmat shaklidagi polga qarab o’tiradi va uni o’ylab topadi. Diqqat savol: Artur Vinn nimani o’ylab topadi.
Javob: Karsvord
12.Armrestling turnirlari ikkiga bo’linib o’tkaziladi. Ya’ni erkaklar turnirlari va ayyollar turnirlari. Bu turnirlar ham o’z navbatida yana ikkiga ajratiladi. Diqqat savol: Qanday ikki turga ajratiladi?
J: o’ng va chapaqaylar turnirlari
13. Avstarilya davlati golf klubi nizomida shunday jumlalarni uchratasi: “agar golf koptokchasi una tegsa, hech nima bo’lmagandek o’yin davom ettirilaveradi.”
Diqqat savol: Koptokcha nimaga tegsa, o’yin davom ettirilaveradi.
Javob: kengruga
Do'stlaringiz bilan baham: |