Xulosa o‘rnida shuni aytishim joizki, har bir korxona, tashkilot xodimlari o‘rtasida ahillik, inoqlik bo‘lishi darkor. Xodimlar bir-birlari bilan yaqin bo‘lishsa, oqibatda sirlarini sotish ehtimoli kam bo‘ladi. Korxona rahbari esa xodimlarga yetarlicha sharoitlarni ta’minlab berishi kerak.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
O‘zbekiston Respublikasining “Tijorat siri to‘g‘risida” gi qonuni;
Larry Ribstein and Bruce Kabayashi “Law’s Information Revolution”.
Internet manbaalari:
1. www.distant.tsul.uz
2. www.google.com
3. www.yandex.ru
3-nazariy savol
Google-akkaunt bilan Yandex-akkaunt imkoniyatlarini qiyoslang. Xulosalaringizni SWOT-tahlili usulida bayon eting.
Avvalo, SWOT tahlili tushunchasiga ta’rif beradigan bo’lsak, SWOT – bu tahlil qilinayotgan subyektning kuchli va kuchsiz tomonlarini ochiqlab beribgina qolmay, tahlil qilinayotgan subyektning kuchli jihatlarini kuchaytiribgina qolmay, uning kuchsizntomonlarini bartaraf etishga yordam beradigan tushunchadir. SWOT so’zi to’rt so’zning qisqartmasidan iborat bo’lib, bular:
Strengths – kuchlitomonlar;
Weaknesses – zaiftomonlar;
Opportunities – imkoniyatlar;
Threats – xavflar.
Barchamizga ma’lumki, Google va Yandex eng mashhur qidiruv tizimlaridandir. Yandeks 20 yildan ortiq vaqt davomida Internetning Rossiya segmentida Amerikaning Google kompaniyasi uchun birinchi raqib hisoblanadi. Kompaniyaning bosh ofisi Moskvada joylashgan bo‘lib, matematiklar A. Voloj va I. Segalovich tomonidan 1997 yil kuzida yaratilgan. Google firmasiga Larri Peyj va Sergey Brin tomonidan 1998 yilda asos solingan. Biroq shunga qaramasdan ko‘pchilik Yandex ni keyin paydo bo‘lgan deb o‘ylashadi. Albatta ikkala kompaniya bir-biri bilan doimiy raqobatda bo‘lishadi. Bu jarayonda har biri o‘z imkoniyatlari hamda alohida qulayliklariga ega.Biz esa o’z navbatida ushbu savolni SWOT tahlil yordamida tahlil qilib, aniqlik kiritishga xarakat qilib ko’ramiz. Avvalo, Google dan boshlaymiz.
S
|
Google akkaunt ning kuchli tomonlari:
|
Qaysi qurilma yoki Google xizmati ishlatishingizdan qatʼi nazar akkaunttingiz istalgan joyda izchil, moslashtirilgan xizmatlarni taqdim etadi.
|
W
|
Google akkaunt ning zaif tomonlari:
|
Akkaunt dan ro‘yxatdan o‘tmasdan turib, google ning boshqa xizmatlaridan to‘liq foydalanish imkoniyati yo‘q
|
O
|
Google akkaunt ning ustun jihatlari:
|
Ma’lumotlar bazasining ulkanligi, dunyoning ko‘plab tilllarida faoliyat yurita olishi hamda doimiy yangilanib borishi
|
T
|
Google akkauntga kelajakda kutiladigan xatarlar:
|
Xakkerlar tomonidan
ma’lumotlarga xujum xavfi; Davlatlar tomonidan
o‘rnatilishi
|
shaxsiy cheklovlar
|
Yuqorida google akkauntni tahlil qilib oldik. Endi esa yandex ni ham xuddi shunday tahlil qilamiz:
S
|
Yandex akkaunt ning kuchli tomonlari:
|
Ko‘rsatiladigan xizmatlar turi xilma-xil, boshqalarga nisbatan ko‘p
|
W
|
Yandex akkaunt ning zaif tomonlari:
|
Chet tillari orqali xizmat ko‘rsatish ya’ni boshqa chet davlatlar qamrovi tor doirada. Sababi asosiy foydalanuv tili – rus tili
|
O
|
Yandex akkaunt ning ustun jihatlari:
|
Xizmatlar evaziga haq to‘lash ya’ni pullik qulay xizmatlarning mavjudligi kompaniya uchun ancha daromad keltiradi
|
T
|
Yandex akkauntga kelajakda kutiladigan xatarlar:
|
Xakkerlar tomonidan shaxsiy
ma’lumotlarga xujum xavfi;
Davlatlar tomonidan kompaniyaga
nisbatan cheklovlar o‘rnatilishi;
Boshqa kompaniyalar bilan doimiy raqobat
|
Mana ikkala yirik kompaniyalarini ham tahlil qilib oldik. Ma’lumot o‘rnida shuni aytish kerakki, statistikaga ko‘ra, barcha qurilmalarning taxminan 71 foizi Google tomonidan qidiruv tizimi sifatida, 29 foizi Yandex tomonidan ishlatiladi, chunki amerikaliklar ularni targ‘ib qilishning kulrang usullaridan foydalanadilar. Masalan, Google Android-da rus qidiruv tizimining dasturlariga kirish qiyin, va Google sukut bo‘yicha o‘rnatiladi. Shu sababli, monopoliyaga qarshi qo‘mitaga qilingan shikoyat tufayli, 2016 yilda Google 6 million evro miqdorida jarimaga tortildi va yaqin kelajakda Rossiyaning Android foydalanuvchilari o‘zlarining qidiruv tizimini tanlashadi
Endi o‘zimizdagi holat haqida to‘xtaladigan bo‘lsak. Bizda hozir asosan Google xizmatlaridan foydalanilmoqda. Ammo yaqin yillarda Yandex ham ommalashishi mumkin. Sababi Yandex mamlakatimizda turli xizmatlarini ko‘rsatish orqali shunga harakat qilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |