Savol: 20-30 yillar O’zbekiston iqtisodi va uning markazga qaramligi oqibatlari nimada edi? Javob



Download 49,1 Kb.
bet5/5
Sana22.08.2021
Hajmi49,1 Kb.
#153184
1   2   3   4   5
Bog'liq
case

Fashizmga qarshi urush yillari izdan chiqqan ta’lim-tarbiya ishlari, madaniy-oqartuv muassasalari urushdan keyingi yillarda qayta tiklandi va kengaytirildi.

Fashizm (ital. fassismo - tuda, birlashish) - totalitar tipdagi siyosiy diktaturaga asoslangan hokimiyatning siyosiy konsepsiyasi. Bunda faqat yuqoridan pastga qarab buyruq beriladi. F. demokratiyami"! qaramaqarshisi va uni inkor etish hisoblanadi, u hokimiyatning boʻlinishiga yoʻl qoʻymaydi.

1970 yili respublikada 2977 ta klub muassasalari, 5822 ta kutubxonalar, 26ta muzey, 3988 ta kinoqurilmalar ishlab turdi. Lekin amalda bu muassasalarning bir qismi statistik axborotlarda oshirib ko’rsatilgan, boshqa qismi har xil sabablarga ko’ra qoniqarsiz bo’lib, moliyaviy yordamga muhtoj, ayniqsa, qishloq joylarda tashlandiq ahvolda edi. Qanday bo’lmasin bu muassasalar markizm-leninizm soxta g’oyalarni, sotsialistik qurilish amaliyotini tashviqot-targ’ibot qilishning quroli bo’lib xizmat qildi.

Urushdan keyingi majburiy 7 yillik, 1959 yildan 8 yillik, 1970 yildan 10 yillik ta’lim amalga oshirila boshlanadi. 1980 yillarda o’rta va oliy ta’lim tarmoqlari kengayib bordi. 1990 yil O’zbekistonda maktablar soni 9.000 ga yetdi, lekin ulardan 1.700 tasi vayron ahvolda bo’lib, kapital ta’mirlashni talab qilar edi. 1978-79-o’quv yilida respublikada 43ta oliy o’quv yurti bo’lib, ularning kunduzgi, kechki, sirtqi bo’limlarida 26.000 talaba o’qidi. Respublika Fanlar Akademiyasida ilmiy-tadqiqot institutlarining qatori kengayib, ularda yirik olimlar ilmiy izlanish ishlarini olib bordilar.



O’tmishda dunyoga mashhur bo’lgan, jahon fanining rivojlanishiga katta hissa qo’shgan ajdodlarimiz nomi esga olinmadi, millatimizning boy tarixi va adabiyoti o’qilmadi. Chunki, maktab, oliy ta’lim tizimining asl maqsadi O’zbekiston misolida butun jahonga sovet davlati milliy siyosatning tan-tanasini ko’rsatishdan boshqa hech narsa emas edi. Bu tizim respublikaning Markazga qaramligini yana ham kuchaytirdi.

Markazning baynalmilalchilik siyosati aslida mamlakatda istiqomat qiluvchi 120 ortiq millatlar va elatlardan yagona sovet xalqini shakllantirish siyosatini ro’yobga chiqarish uchun jadal ishlarni olib bordi. Shu maqsadda rus tilini hayotga kiritish faollashdi. 1969 yildan boshlab O’zbekistonning barcha bolalar bog’chalarida rus tilini o’rgatish boshlandiki, butun harakat yagona baynalmilal til yaratishga qaratildi.



Harakat - borliqnint ajralmas xususiyati boʻlgan oʻzgaruvchanlikni (q. Barqarorlik va oʻzgaruvchanlik) ifodalovchi falsafiy kategoriya. H. tushunchasi imkoniyatlarning voqelikka aylanishini, roʻy berayotgan hodisalarni, olamning betoʻxtov yangilanib borishini aks ettiradi.

Bunday siyosatning oqibatida o’zbek tilining jamiyatdagi o’rni, milliy, diniy qadriyatlar yo’qola bordi.

Sovet hukumati dastlabki kunlardan boshlabdinga, diniy tashkilotlarga qarshi keng miqyosda kurash olib borib, ateistik jamiyat qurish tomon yo’l tutgan edi. Machit va madrasalarni yopib, ularning binolaridan boshqa maqsadlarda foydalanildi. Navro’z kabi umumxalq bayrami, diniy marosimlar bekor qilindi. Ruhoniylarning ko’pchiligi har xil bahonalar bilan qamoqqa olindi, surgun qilindilar. Din va diniy tashkilotlarni ta’qib qilib, dindorlarga nisbatan ko’r ko’rona munosabat qanchalik faol olib borilmasin, ularning e’tiqodini deyarli o’zgartira olmadi.

20-30-yillar o’zbek adabiyoti va san’atida izlanishlar, yo’qotish va uyg’onish yillari bo’ldi. 20-yillarda ma’rifatchilik harakatining samarali yillari bo’lib, A.Qodiriy, Fitrat, Cho’lpon, Botu, Elbek, Hamza, S.Ayniy so’ngroq yangi yosh ijodkorlar Oybek, G’.G’ulom, H. Olimjon, A.Qahhor kabi o’zbek adabiyotining yirik namoyondalari faoliyat ko’rsatdi.

30-yillarda sahna san’atida opera va balet sohasida dastlabki yutuqlarga erishildi. Kino san’ati qaror topdi. Ayni shu davrda adabiyot va san’atda sotsialistik realizm deb atalmish yo’nalish hukmron bo’la boshladi va respublikada madaniy hayot kommunistik mafkuraga bo’ysundirildi.

Urushdan keyingi 50-60-yillarda respublika ijodiy ziyolilarining yangi avlodi shakllandi. Shaxsga sig’inishning fosh etilishi bilan yuzaga kelgan iliqlik shamoli bilan badiiy adabiyotga ko’pgina salmoqli asarlar yaratildi, bir qancha yaxshi o’zbek teatr va konsert san’atining dong’ini taratgan jamoalar tashkil etildi. Jamiyatda inqirozli holatlarni kuchaytirish bilan madaniy hayotdagi ziddiyatlar ham keskinlashdi. Chirib borayotgan sotsializm g’oyalarsiz tarixiy, badiiy asarlar yorug’lik ko’rmaydigan bo’ldi. Faqat 80-yillarning ikkinchi yarmida yangicha fikrlash davrida sotsializm g’oyalari va amaliyotning jamiyat hayotining barcha sohalaridagi mudhish oqibatlarni fosh qiladigan asarlar yaratildi.

Kechayu-kunduz kishilar ongiga majburan singdirilgan kommunistik mafkura odamlarni ma’naviy qashshoqlikka olib keldi. «Ijtimoiy tenglik» to’g’risidagi sotsializm g’oyasi kishilarni ishyoqmas, boqimanda qilgan bo’lsa «davlatmulki», «umumxalq mulki» degan aqidasi insonni mulkdorlik, egalik tuyg’ularidan begona qildi. «Davlat mulki» «egasiz mulk» deb qarash natijasida tashimachilik ommaviy tus oldi.



O’zbek xalqi uchun eng dahshatlisi milliy, diniy, tarixiy qadriyatlardan judo bo’lganligida edi. «Yagona sovet xalqi», «internatsional til» to’g ’risidagi uydirma nazariyalar adabiyot va san’atdagi «shaklan milliy, mazmunan sotsialistik» asalarning yaratilishi xalqimizni azaliy qadriyatlaridan mahrum etdi.

Xulosa qilib aytganda, sovetlar davrida halqimiz eng og’ir kunlarni boshidan kechirdi. Har qanday og’ir vaziyatni ham mardavor yengib o’tdi. Shuning uchun bugungi yosh avlod bu davrning tarixini o’rganishi, xalqimizning og’ir sinovlarida ham hamjihat bo’lganliklari va buning oqibatida 1991 yil davlat mustaqilligini qo’lga kiritganligini albatta, bilishi lozim. Har bir inson tarixizni o’rganishi, undan saboq chiqarishi va mustaqillikning qadriga yetishi darkor.
Download 49,1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish