Savol: 20-30 yillar O’zbekiston iqtisodi va uning markazga qaramligi oqibatlari nimada edi? Javob


– 1980 yillarda O’zbekiston iqtisodiyoti



Download 49,1 Kb.
bet3/5
Sana22.08.2021
Hajmi49,1 Kb.
#153184
1   2   3   4   5
Bog'liq
case

3.1945 – 1980 yillarda O’zbekiston iqtisodiyoti.

Ikkinchi jaxon urushi yillari davrida izdan chiqqan O’zbekistonning iqtisodiyoti urushdan keyingi 1946-1950 yillari g’oyat keskinlashgan xalqaro vaziyatda qayta tiklana boshladi. Mamlakatning ichki resurslari, tabiiy boyliklari va arzon ishchi kuchini g’oyat kuchli ekspluatatsiya qilish evaziga, xorijiy sarmoyalardan bosh torgan holda olib borilgan iqtisodiyotni tiklash xalq boshiga og’ir kunlarni keltirdi. O’zbekiston xalq xo’jaligini tiklash ishlari sovet hukumatining zo’r berib qurollanish siyosatiga bo’ysundirildi. Ayni bir vaqtda o’zbek xalqi urushda vayron bo’lgan o’lkalarni tiklashga ham o’z hissasini qo’shdi. Urush davrining shart-sharoitlari saqlangan holda xalqning mardona va fidokorona mehnati bilan besh yil ichida sanoat mahsulotini ishlab chiqarish urushdan avvalgi darajaga yetib, deyarli ikki marta oshib ketdi.



Hukumat - davlatning oliy kollegial ijroiya organi. H. turli mamlakatlarda turlicha nom bilan ataladi: Vazirlar Kengashi (Fransiya, Italiya, Polsha), Vazirlar Mahkamasi (Buyuk Britaniya, Oʻzbekiston), davlat kengashi (XXR) va h.k. H.

Ishlab chiqarish, moddiy ishlab chiqarish - jamiyatning yashashi va taraqqiy etishi uchun zarur boʻlgan moddiy boyliklar (turli iqti-sodiy mahsulotlar)ni yaratish jarayo-ni; ishlab chiqarish omillarini isteʼ-mol va investitsiyalar uchun moʻljallangan tovarlar va xizmatlarga aylantirish. I.ch.

Urushdan keyingi yillarda qishloq xo’jaligini, ayniqsa chorvachilikni tiklash ishlari ancha og’ir o’tdi. 1945 yil 15 iyuldagi Markaziy hukumatning «O’zbekistonda paxtachilikni tiklash va yanada rivojlantirish choralari to’g’risida»gi qarori asosida paxta yakkahokimligi kuchaytirildi va O’zbekistonning markazga bog’liqligi yana ham mustahkamlandi. Ob-havoning injiqligiga, tiklash ishlarining qiyinchiliklarga qaramasdan, 1950 yilgi tayyorlangan paxta 2.200.000 tonnaga yetdi.

50-60 yillarda sanoat va qishloq xo’jaligini boshqarish tizimiga ayrim o’zgartirishlar kiritildi. Jumladan, 1954-1956 yillari ittifoq miqyosidagi bir qator yirik korxonalar respublika ixtiyoriga o’tkazildi. Natijada sanoat mahsuloti ishlab chiqarishning salmog’i 31 foizdan 55 foizga ko’tarildi. Xo’jalikni boshqarishda iqtisodiy omillarga suyanish, mehnat manfaatdorligini oshirish va boshqa tadbirlar o’z samarasini bermadi, chunki jamiyatda tub islohatlar o’tkazilmagan edi. Sanoat va qishloq xo’jaligi ekstensiv yo’l bilan, ya’ni tabiiy boyliklardan o’rinsiz, hisobsiz foydalanish, butun xalqning mehnatini haddan ortiq ekspluatatsiya qilish hisobiga 50-60- yillarda sanoatning yangi sohalari vujudga keldi.

O’zbekistonda oltin, uran, rangli metallar ishlab chikarish keng yo’lga qo’yila boshlandi. Energetika, kimyo sanoati rivojlandi. Sanoatning rivojlanishi natijasida yangi shaharlar: Navoiy, Uchquduq, Zarafshon, Zafarobod, Nurobod kabilar qad ko’tardi. Lekin mustamlaka holidagi respublikaning rivojlanayotgan iqtisodidan boshqalar ko’proq manfaatdor edilar. So’nggi hisob - kitoblarga qaraganda bevosita Ittifoq ministrliklariga bo’ysundirilgan faqat oltin va uranning o’zidan 15 milliard amerika dollariga teng boylik Markazga olib ketilgan. O’zbekistonning aksariyat shahar, qishloqlari gazlashtirilmagan holda respublikada qazib chiqarilgan tabiiy gaz Rossiyaning sanoat markazlariga yetkazib berildi.

50-60-yillari O’zbekistonda paxta maydonini yanada kengaytirish maqsadida qo’riq va bo’z yerlarni o’zlashtirish ishlari olib borilib, 1945-1985-yillari qariyib 2.400.

Maydon - ochiq, meʼmoriy jihatdan tartibga keltirilgan, atrofi bino, inshootlar yoki daraxtlar bilan toʻsilgan keng satq. Toʻrtburchakli, temperaturapetsiyasimon. doirasimon, tuxumsimon (oval) va boshqa shakllarda yopiq yoki ochiq holda boʻladi.

000 gektar yangi yerlar o’zlashtirildi. Sug’orish ishlarini yaxshilash uchun sun’iy suv omborlari qurildi.

Qishloq xo’jaligi uchun traktor, paxta terish mashinasi va boshqa texnika uskunalari tayyorlab berildi. Paxtachilikning moddiy texnika bazasini mustahkamlash bilan birga paxta hosildorligini oshirish uchun kimyoviy moddalardan cheksiz foydalanildi. Ko’rilgan tadbirlar natijasida 1970 yili respublikada paxta maydoni 1.700.000 gektarni tashkil qildi, yalpi hosil 4.495.000 tonnaga yetdi.

Yirik sanoat korxonalarining vujudga kelishi bilan Respublikaning Ittifoqqa bog’lanishi yana ham kuchaydi. Prezident I.A.Karimov: «… u paytda O’zbekiston bir yoqlama iqtisodiyotga - Markazga butunlay qaram, izdan chiqqan iqtisodiyotga ega bo’lgan yarim mustamlaka mamlakat qatoriga aylangan edi», deydi. 1985 yilning bahorida qishloq xo’jaligini boshqaruv tizimiga o’zgartirish kiritilib, mehnatni tashkil qilishning brigada yoki pudrati, ijara singari yangi shakllari joriy etildi. Lekin markazda ma’muriy buyruqbozlik boshqaruv tartibi saqlagan holda ko’rilgan tadbirlar, qayta qurishlar natija bermadi. Jamiyatda, xususan iqtisodiyotda inqirozli holatlar kuchaya boshladi. Qayta qurish deb boshlangan quruq kompaniya Prezident I.Karimov ta’biri bilan aytganda, «hamma yoqni buzib, baqir-chaqir, o’g’rilik, qotillikni kuchaytirdi». XII besh yillik vazifalari ilgari uch besh yillikdagi kabi bajarilmay qoldi. O’zbekiston milliy daromadning o’sishi 80-yillar birinchi yarmida 3,3 foizni tashkil qilgan bo’lsa, ikkinchi yarmida bu ko’rsatgich 2,2 foizni tashkil qildi.

Paxta ekin maydonlarining o’rinsiz kengaytirilishi va agrotexnika qoidalarining buzilishi tufayli yerlarning hosildorligi pasayib ketdi. Hosildorlikni oshirish uchun ekin maydonlarida haddan tashqari ortiqcha meneral o’g’itlardan foydalanish oqibatida bu yerlar ma’lum bir vaqtdan keyin batamom yaroqsiz holatga kelib qoldi. Qo’riq va bo’z yerlarni o’zlashtirish, O’rta Osiyoning yirik daryolari suvlaridan nazoratsiz foydalanish, o’lkada o’rinsiz ravishda sun’iy suv havzalarining qurilishi natijasida Orol dengizi asta-sekin quriy boshladi va XX asrning eng yirik Orol fojeasi vujudga keldi.



Suv, vodorod oksid, H2O - vodorod (11,19%) va kislorod (88,81%)dan iborat eng sodda kimyoviy birikma. S. rangsiz, hidsiz suyuqlik (qalin qatlamda zangori rangli). Mol. m. 18,0160. Yerning geologik tuzilishi tarixi va unda xayotning paydo boʻlishi, fizik va kimyoviy muhit, iqlim va obxavoning shakllanishida S.

Orol dengizi - Oʻrta Osiyodagi eng katta berk shoʻr koʻl. Maʼmuriy jihatdan Orol dengizining yarmidan koʻproq jan.-gʻarbiy qismi Oʻzbekiston (Qoraqalpogʻiston), shim.-sharqiy qismi Qozogʻiston hududida joylashgan.

O’zbekistonning iqtisodiy ahvolidagi noxush holatlarning ijtimoiy oqibatlari nihoyatda og’ir bo’ldi. O’lkaning o’ziga xos demografik holati hisobiga olinmasdan davlat byudjetidan ijtimoiy sohaga ajratiladigan mablag’ qoldiq prinsipiga asoslanib yildan-yilga qisqarib bordi. Ta’lim-tarbiya, sog’liqni saqlash, aholiga maishiy xizmat ko’rsatish masalalarida miqdoriy o’sishlar ko’zga tashlanganligi bilan, aslida bular inson talabini qondirmas edi. Bu sohalardagi ko’rsatkichlar bo’yicha Ittifoqdagi 15 respublika o’rtasida 13-14 o’rinlarda turdi.

80-yillar fan, madaniyat va xalq ta’limiga ajratilgan harajatlar davlat byudjetining atigi 2,7 foizni tashkil qilgan bo’lsa , bu ko’rsatkich 1989 yili Yevropa mamlakatlarida 5,5 foizni, Afrika mamlakatlarida 5,4 foizni tashkil qilgan. Bolalar o’limi, oshqozon-ichak va yuqumli kasalliklar bo’yicha O’zbekiston SSSRda birinchi qatorni egalladi. Aholining o’rtacha yoshi 1970 yil 70 yosh bo’lsa, 1980 yili bu ko’rsatkich 67,7 yoshni tashkil qildi. Bunga asosiy sabab ekologik vaziyatning keskinlashuvi bo’ldi. Jafokash o’zbek xalqining turmush darajasi achinarli ahvolda bo’lib, boshqa respublikalar bilan qiyoslangan oxirgi o’rinlarda edi. Bundan boshqacha bo’lishi mumkin ham emas edi.

Davlat bosh ekspluatator rolini bajargan sotsialistik tizimda mehnat ahli o’z kuchi bilan yaratgan mahsulotning atigi 25-30 foizi hajmidagina haq oldi. Sovet Ittifoqining sanoat rivojlanishiga, yadro qurollarini ishlab chiqarish, koinotni o’zlashtirishdagi yutuqlarga katta hissa qo’shgan O’zbekistonning millionlab tonna paxtasi, ming tonnalab oltin, kumush, uranlari uchun Markaz u bilan nohaq, surbetlarcha, adolatsiz hisob-kitob qildi. O’sha davrning mehnat ilg’orlari sovet tizimidagi sotsial siyosatning og’ir oqibatlarini hali ham ko’rishyapti.



Download 49,1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish