Savol: 20-30 yillar O’zbekiston iqtisodi va uning markazga qaramligi oqibatlari nimada edi? Javob



Download 49,1 Kb.
bet1/5
Sana22.08.2021
Hajmi49,1 Kb.
#153184
  1   2   3   4   5
Bog'liq
case


Savol: 20-30 yillar O’zbekiston iqtisodi va uning markazga qaramligi oqibatlari nimada edi?

Javob: 20-yillarning boshlarida joriy etilgan yangi iqtisodiy siyosat O’zbekistonning ham iqtisodiyotida jonlanishiga olib keldi. Lekin 20- yillarning oxirida bu siyosat o’zining mohiyatini yo’qota boshladi va 1929 yilda batamom bekor qilindi, erkin savdo, xususiy tadbirkorlikka chek qo’yildi. Qishloq xo’jalik mahsulotlarining xarid narxi tushirilishi oziq-ovqat muammosini keltirib chiqardi, dehqonlar qashshoqlashdi.

O’zbekistonda sovet hokimiyatini mustaxkamlashning zaruriy sharti sifatida industriyalashtirish siyosatini amalga oshirish boshlandi. Sanoati qoloq, malakali ishchi kadrlari, mutaxassislari deyarli yo’q, og’ir sanoatni rivojlantirish tajribasi yo’q o’lkada industriyalashtirish og’ir kechdi. Shu bahona malakali ishchilar, muhandis-texnik xodimlar Rossiyaning markaziy hududlaridan ko’chirib keltirildi.



Hokimiyat yoki mansab vakolatini suiisteʼmol qilish - q. Mansabdorlik jinoyatlari, Xizmat mansabini suiisteʼmol qilish.

Rossiya (ruscha. Россия), Rossiya Federatsiyasi (ruscha. Российская Федерация) - Yevropaning sharqida, Osiyoning shimolida joylashgan mamlakat. Maydoni jihatidan dunyoda eng katta mamlakat. Quruqlikdagi chegarasi 22125,3 km, dengiz chegarasi 38807,5 km. R.

Faqat 1931 yilning o’zida ko’chirib keltirilganlar 15.000 nafarni tashkil qildi. Oqibatda 1926-1939 yillari O’zbekiston aholisi 37 foizga ko’paygan bo’lsa, yevropaliklar soni 62 foizga oshdi.

Industriyalashtirishning dastlabki paytida suv elektrostansiyalari hamda qishloq xo’jaligiga, paxtachilikka qaratilgan xom-ashyoni qayta ishlash qurib ishga tushirildi. Chirchiqdani GESlar, Toshkent tikuvchilik, poyafzal, tamaki, Farg’ona to’qimachilik, Samarqand va Marg’ilondagi ipak fabrikalari shular jumlasidandir.



Aholi - Yer yuzida yoki uning muayyan hududi, qitʼa, mamlakat, tuman, shaharida istiqomat qiluvchi odam (inson) lar majmui. Aholini tadqiq etish bilan maxsus fan - Demografiya shugʻullanadi.aholi oʻrtasida sodir boʻlayotgan jarayonlar biologik, geografik, ijtimoiy-iqtisodiy omillar taʼsirining natijasidir.

Samarqand - Samarqand viloyatidagi shahar. Viloyatning maʼmuriy, iqtisodiy va madaniy markazi (1938 yildan). 1925-30 yillarda Respublika poytaxti. Oʻzbekistonning jan.gʻarbida, Zarafshon vodiysining oʻrta qismida (Dargʻom va Siyob kanallari orasida) joylashgan.

30-yillarda Toshkent to’qimachilik kombinati, qishloq xo’jalik mashinasozlik zavodi,

Chirchiq ximiya kombinati va boshqa ko’plab korxonalar ishga tushirildi. 30-yillar oxirida respublikada 1445 ta har xil sanoat korxonalari mavjud bo’lib, bularda 142 ming ishchi mehnat qilardi.

Sovetlarning «o’z kuchimiz bilan qisqa muddatda» deb olib borgan industriyalashtirish siyosati O’zbekiston uchun g’oyat og’ir kechdi. Markaz respublikamizning yer osti va yer usti qazilma boyliklari, xom-ashyo mollarini talon-taroj qilib, arzon ishchi kuchidan foydalanib, o’lkadan mumkin qadar ko’proq foyda olish harakatida bo’ldi. Bu siyosat ayniqsa millionlab dehqonlar hisobidan amalga oshirildi. Chunki qishloqda zo’rlik bilan olib borilgan jamoatlashtirish siyosati g’arazli maqsad uchun juda ham qo’l keldi.

1930 yilning boshlaridan yoppasiga jamoatlashtirish harakati boshlanib, katta yer egalari, o’rta hol dehqonlar va kambag’allarning yerlari jamoa xo’jaliklariga birlashtirildi ularning qo’llaridagi ot-ulov, mehnat vositalari, chorva mollari ham majburiy umumlashtirildi.

Davlat, jamoa xo’jaliklari orqali rejalashtirish yo’l bilan mehnatkash dehqonlar oladigan hosilning deyarli barchasini yig’ib oladigan bo’ldi. Buning natijasida dehqonlar xo’jaligi xonavayron bo’ldi. 30 - yillar boshlarida yuz bergan ocharchilik, uning oqibatida minglab kishilarning qirilib ketishi, aholining haligacha qishloq xo’jalik mahsulotlariga yolchimay kelishi - o’sha davr ko’r ko’rona siyosatining natijasi bo’ldi.

Ommaviy jamoatlashtirishga suyanib, badavlat xo’jaliklar, ayrim o’rtahol dehqonlardan 5,5 mingdan ortig’i o’z oilasi bilan uzoq o’lkalarga surgun qilindi. Bu bilan sovet davlati qishloq aholisining bosh ko’tarishiga qodir, vaziyatni tushunadigan qismini yo’q qilib, talonchilik siyosatini osonlashtirdi. O’z - o’zidan ravshanki, jamoatlashtirish siyosati natijasida qishloq xo’jaligida mehnat unumdorligi pasayib, moddiy manfaatdorlik yo’qoldi, qishloq aholisi qashshoqlashdi, dehqonning ekspluatatsiya qilishning birdan-bir takomillashgan uslubi kashf etildi.

Hatto xalqimizning qadim an’anasi hashar ham ekspluatatsiya quroliga aylantirildi. 1939 yilda qazilgan Katta Farg’ona kanali bir tomondan, xalqimizning mehnat jasorati, ikkinchi tomondan xalqni ezishning sovetcha ko’rinishi bo’lgan desak xato qilmaymiz.



Xalq - bu odamlar jamoasi boʻlib, ularning tili, madaniyati, sanʼati, dini boshqa jihatlarini birgalikda aks ettiradi. Xalq tushunchasi keng boʻlib jihatlari bilan birlashtiriladigan odamlar yigʻindisiga aytiladi

O’zbekistonda paxta yakkahokimligi kuchaytirish yo’li bilan SSSR paxta mustaqilligiga erishdi.


Download 49,1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish