《Yozuv daftar》M.G‘ulomov. Qayta ishlangan 11-nashri. Toshkent - 《Ma‘naviyat》- 2013. Bu yozuv daftari avvalgilariga nisbatan bi muncha yaxshiroq ( ilgarilari bunday daftarlar mavjud bo‘lmagan ). Daftar shu zamon o‘quvchilari uchun yaxshigina yangilik bo‘lgan. Shu jumladan, unda ayrim kamchiliklar ham bo‘lgan. Yozuv daftari asosida uyush-tiriladigan yozuv darslarida o‘quvchilar asosan grafik malakalarni egallalashini hisobga olsak, daftarda bu kamchiliklar yaqqol ko‘zga tashlanadi. Savod o‘rgatish jarayoniga mos holda ayrim kamchilikari bilan tuzilgan.
Yozuv daftarida ta’lim beruvchi, o‘rganuvchi-tekshiruvchi va tekshiruvchi mashqlar berilmagan. Bu mashqlar bilan ishlash jarayo-nida lug‘at ustida ishlash, to‘g‘ri tajaffuz, og‘zaki suhbat, gap va so‘z tahlili, so‘z yoki bo‘g‘indagi yozilishi o‘rganiladigan harfni ajratish, bo‘g‘inlarni biriktirish, tuzilgan so‘zlarni o‘qish va yozish kabi ish turlaridan foydalaniladi. Daftarda suratlar, harflar va harflarni qo‘shib bo‘g‘in hosil qilish kabi kamchiklari bor.
《Yozuv daftar》M.G‘ulomov. Qayta ishlangan 13-nashri. Toshkent - 《Ma‘naviyat》- 2015. Bu daftar avvalgisidan ( qayta ishlangan 11- nashridan ) biroz farq qilib yaratilgan. Lekin ayrim kiritilgan o‘zgarishlar hisobiga. Shu bilan bir qatorda daftarda mustaqil yozish uchun katta va kichik harflardan namunalar borligi, harflarni bog‘lab yozishda yordam berilgan bog‘lamlarning borligi, grafik suratlarning borligi bilan ajralib turadi. Bu yangi metodlar o‘quvchilarni o‘qish-yozishga bo‘lgan e‘tiborlarini yanada kuchaytiradi. Yozuv daftarida o‘quvchilar „Alifbe"da o‘rganilgan harfni yozma shakllantiradilar. Suhbat uchun daftarning yuqori qismida predmet rasmi yoki biror mazmunli rasm keltirilishi, ayrim predmet nomlarini ifodalovchi so‘z chizmasi katakchalarga ajratib berilishi, gap nusxalarining keltirilishi maqsadga muvofiqdir. Ba’zi o‘rinlarda o‘quvchilar berilgan gap yoki so‘z chizmasini o‘zlari mustaqil tasvirlaydilar.
《Yozuv daftar》M.G‘ulomov. Qayta ishlangan 16-nashri. Toshkent - 《Ma‘naviyat》- 2018. Bu daftar avvalgilariga nisbatan ancha qiziqarli bo‘lishi bilan farqlanadi. Yangi nashrda suratlar ko‘pligi, 1- sahifadagi qo‘lni yozuvga tayyorlash mashqi, sahifalarning yorqin va rangliligi, har bir harfga mos shu harf bilan boshlanuvchi predmet suratlari, namunaga qarab yozing, she‘r va matnlarning berilishi, alifboni yozma shaklda yozilgan namunasi, tutuq belgili so‘zlarni yozilganligi va va o‘quvchilar ham shunga qarab namuna holida yozishlari kabi bir qator yangiliklar mavjud.
Bu kabi yangi daftar bilan o‘quvchilar harflarni yaxshi taniy oladi, grafik malakani oshira oladi. O‘qish-yozishni endinina taniy olgan o‘quvchilar uchun bu juda yaxshi as qotadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |