Savdogarlar ustozi


Dori sotsang, zexn pasayib ketadi



Download 291,51 Kb.
bet26/36
Sana11.04.2022
Hajmi291,51 Kb.
#541824
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   36
Bog'liq
savdogarlar ustozi

Dori sotsang, zexn pasayib ketadi
Abdulloh juda sog‘lom inson bo‘lib, jang san’ati bilan kun ora shug‘ullanar, kamondan o‘q uzishni har kuni mashq qilardi. Unga xastalik unga begona edi. Alloh taolo dard bersa shifosini o‘zi bilan beradi. Agar u bemor bo‘lsa, shartta ro‘za tuta boshlar, uzog‘i uch kunda dard chekinardi. Ro‘za tutgan paytlari ovqatdan tiyilar, saharlikda suv ichib, iftorlikda suv bilan ozgina xurmo yerdi. Uning nazdida ro‘zadan ko‘ra tezroq davo yo‘q edi.
Bir kuni bir savdogar bozorda giyoh sotib yurganini ko‘rib qoldik. Abdulloh u bilan suhbatlashdi.
-Qanday dori sotyapsiz?
-Ovqatni tez xazm qildiradigan.
-Qaerdan olib kelding?
-Bu savdo siri.
-Juda soz. Qanchadan beri shu giyohni sotyapsan?
-Ikki yildan buyon. Yashab turgan mamlakatimning soliqchilari bor budimni tortib olishgach, chayqovchilik qildim. Keyin bir tabib bilan tanishib uning dorilarini sota boshladim.
-Ilgari nima ish qilarding?
-To‘quv ustaxonam bor edi. O‘nta ishchi ishlatardim. Bozordagi sotuvchim, bir soliqchiga yigirma gaz matoni tekinga bermagani uchun do‘kondagi barcha mollarni tortib olgan. Ustidan arz qilgandim, uyimgacha tortib olib qo‘ydi. Arzimni hech kim eshitmadi.
-Agar senga Marvdan shunday ustaxona ochib bersam, ishlaysanmi?
-Ishlayman. Ammo oilamni boqishim uchun tabibning dorilarini sotmasam bo‘lmaydi.
-Shu dori sotuvidan yiliga qancha daromad qilasan?
-Yuz dinor.
-Ustaxonang foyda keltirguncha, senga pul berib turaman. Keyin har oy qilgan foydangning o‘ndan ikki qismini menga berib turasan. Sen bilan sherik bo‘lamiz. Bor sarmoyani men tikaman. To‘quv uchun kerakli mahsulotlarni ham o‘zim yetkazib beraman. Evaziga mana shu xazm qildiradigan doringni sotmaysan. Bu yerda odamlar ilm oladi, Qur’on yodlaydi, savdogarlik bilan shug‘ullanadi. Agar xazm qildiradigan giyohdan sotib ola boshlasalar, ko‘p ovqat yeyishni boshlaydi. Ilm qalbga kirmaydi, dangasaliklari ziyoda bo‘ladi, savdolaridagi tirishqoqliklari yo‘qoladi, zexnlari pasayib ketadi. Shuning uchun sotishni bugunoq to‘xtat. Mana senga oldindan o‘n dinor. Agar ushbu dorini sendan boshqasi sotishni boshlasa, menga xabar ber.
Qo‘lidagi oltinlarga qarab turib, u odam yig‘lab yubordi. Begona yurtda, begona odamdan o‘z yurtida ko‘rmagan yaxshilikni ko‘rib turgach, qanday ham ko‘z yosh to‘kmasin?!
Endi Abdullohning muzoraba (sherikchilik) si haqida ham aytmasam bo‘lmas. Yoshimiz oltmishdan oshgach, Abdullohning tijorati mislsiz kengayib ketdi. Shu qadarki, karvonsaroylarda uning karvoni bo‘lmagan vaqt kam bo‘lardi. Uning mablag‘i ortgach, qo‘lidan ish keladigan odamlar bilan sherikchilik qila boshladi. Butun sarmoyani u tikadi. Sherigi ish qiladi. Mana shunday sherikchiliklari ortidan turli mamlakatlarda o‘ndan ortiq to‘quv va tikuv ustaxonalari, mo‘yna do‘konlari, dehqonchilik yerlari, xurmozorlari, teri oshlash korxonalari, etikdo‘zlik ustaxonalari va boshqalar ish boshladi. U sherikchilikdan ko‘p ulush olmasdi. Eng ko‘pi o‘ndan to‘rt qismi bo‘lib, u mo‘yna sotuvidan kelardi. Qolganlari o‘ntan uch, o‘ndan ikki qismga sherikchilik edi. Shu tariqa u odamlarni ish bilan ta’minlar, turli mahsulotlarning narxlarini ham xalq uchun qulay qilib qo‘yardi.
Ko‘pchilik, tushgan pullarni nima qilardi deb, o‘ylashi mumkin. U hech qachon qo‘lida katta miqdorda pulni ushlab turmasdi. Tepada aytib o‘tganimdek, ilm ahliga, kitob yozadiganlarga, muhtojlarga, bevalarga, masjid qurilishiga, madrasaga, yangi kutubxonalar tashkil etishga (kitob narxi juda baland bo‘lib, bir kichik kutubxona ochishga ketgan pul o‘rtacha tadbirkorning ikki yillik daromadidan ko‘pga tushardi) va boshqa ishlarga sarflardi.
U bilan sherikchilik qilganlardan ayrimlari, xiyonat ham qilardi. Bir kuni ilgari soqchilik qilgan, qaysidir aybi bilan ishdan chetlatilgan odam bilan savdoda muzoraba qildi. Olti oy o‘tgach, u kasod bo‘layotganini aytib, foydadan pul ajratmay qo‘ydi. Abdulloh odam jo‘natib, haqiqatni bilgach, o‘zi oldiga bordi. Bosiqlikda sherik bilan gaplashdi.
-Men sen bilan uzoq yillar birga ishlashni niyat qilganman. Muammoingni aytsang, birgalashib hal qilamiz.
-Kasod bo‘lyapman, bu ish menga to‘g‘ri kelmas ekan. Bergan pulingizga rozi bo‘ling, men mehnatimga roziman.
-Pulimga rozi bo‘lishdan oldin haqiqatni bilishim kerak.
-Yana qanday haqiqat? Menga ishonmayapsizmi? Ishonmasangiz nega sheriklik qildingiz?
-Sheriklik taklifi sendan chiqqandi. Chegaradan chiqma. Izzatingni bilgin. Surishtirdim, foydang yaxshi, ammo menga berging yo‘q.
-Hali ortimdan josuslik qilib yuribsizmi? Allohdan uyalmaysizmi?
Shu gapi ortiqcha bo‘ldi. U gapini tugatmasidan ko‘ksiga tushgan mushtdan ag‘anab ketdi. Qaytib qo‘l ko‘tarmoqchi edi, biqiniga tushgan tepkidan inqillab qoldi. Yana turib, yaqinlashmoqchi edi, Abdulloh besh – olti marta musht tushirdi. Yerga yotib qoldi. Avval soqchi bo‘lgani uchun qo‘pollik va qo‘rslik odati qolmagan ekan, aks holda betamizlik qilmasdi.
Abdulloh yoqasidan tutib o‘rnidan turg‘azdi va beradigan pul miqdorini hoziroq to‘lashini talab qildi. U keksaroq odamdan bunchalik vajohat, jangdagi mohirlikni kutmagani uchun g‘ururga berilgandi. Yuvvosh tortib, do‘konidan pul olib chiqdi. Sheriklik tugatildi.
Abdulloh xotirjam ortiga qaytdi. U ortiqcha asabiylashmas, tabassum bilan yengardi. Bu safar ham shunday bo‘ldi...
Xullas, shunday holatlar ham bo‘lardi. Ammo bu ishlar uning faoliyatiga jiddiy ta’sir etmas, saxiylik, xayru ehsondan to‘smasdi. Yoshi yetmishni qoralab qolganida ayniqsa, shamoldek sahiy bo‘lib ketdi u. Uning sahiyligi haqida hali avlodlar tomlab kitob yozsa ajabmas.

Download 291,51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish