Savdogarlar ustozi



Download 291,51 Kb.
bet18/36
Sana11.04.2022
Hajmi291,51 Kb.
#541824
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   36
Bog'liq
savdogarlar ustozi

Qalb boyligi
Bir kuni Abdulloh talabalarga dars o‘tib turgandi. Uni hamma jon qulog‘i bilan tinglamoqda edi. U o‘quvchilarga boylik to‘plash va uni tasarruf qilish haqida gapirardi.
-Hurmatli talabalar boy musulmonning zimmasida o‘zgalarni boylik sari to‘g‘ri boshlash, sadaqa va ehsonlar qilish, odamlarni ish bilan ta’minlash, jamiyatga yangilik olib kirish, ilm oladiganlar va olimlarga yordam berish kabi majburiyatlar bor. Shuning uchun boy bo‘lishga qaror qilgan odam, xasislikdan voz kechishi, ko‘nglini keng qilib ishlashi kerak. Boylikning qalbga kirib olib, vasvasa qilishiga yo‘l qo‘ymasligi lozim. Uning so‘zini Fuzayl ibn Iyoz degan shogirdi bo‘ldi.
-Ustoz boylikni tasarruf qilish va qalbni undan qattiq ehtiyot qilish haqida gapirib turibsizu, savdo karvonlaringiz dunyoning to‘rt tomoniga borib kelmoqda. Ishingiz bilan so‘zingiz to‘g‘ri kelmayaptiku ustoz. Abdulloh unga otalarcha mehr bilan boqib shunday dedi.
-Agar sizlar bo‘lmaganingizda men savdoni bu qadar kengaytirmagan bo‘lardim. Keyin u tashqariga chiqib ketdi. Hamma jim bo‘lib qoldi...
Men yuqorida Abdullohning orzu va maqsadlarini aytgandim. U orzu qilgandek katta uy soldi, minglab shogirdlar siqadigan joy hozirladi. Xayr – ehsonda ham peshqadam bo‘ldi. Tijoratini ustoznikidan ham kattaroq qilib kengaytirdi. Ilm ahliga minglab dinor xayrlar qilyapti. Ustozlariga ham katta – katta ehsonlar qiladi. Kimdir kitob yozyapti deb eshitsa, o‘sha odamga pul jo‘natadi...
...U Fuzaylga aytgan gapini aslo minnat uchun aytmadi. U minnatchi emasdi. O‘zi o‘tayotgan darsidagidek, boylar sifatiga egalik uchun aytdi. O‘z zimmasidagi ishlarni bajarish uchun ulkan tijoriy ish qilayotganini bildirib qo‘ydi.
O‘rni kelganda yana ba’zi ma’lumotlarni ham aytib qo‘yishim kerak. Uning savdosi Xurosondan Makka, Madina, Shomgacha kengaygan edi. Uning tijoratidan maqsadi mol to‘plab, boylik yig‘ish emas, balki bu mol-dunyo bilan o‘z obro‘sini saqlash va ilmli do‘stlariga hayru-ehson qilish edi.
... Bir kuni bizni mehmonga aytib ketishdi. Bordik juda chiroyli suhbat bo‘ldi. Abdulloh biror nafi bo‘lmagan uchrashuvlarga bormas, borgan joyida xalqqa foydasi tegadigan bir masala yechishga urinar yo ishsizlarga ish o‘rni yaratishni targ‘ib qilardi. Bora – bora odamlar ham o‘rgandi. Befoyda suhbatdan ko‘ra hammaga nafi tegadigan amaliy ishlar qilinadigan bo‘ldi. Bu safar bir do‘stimiz kitob yozayotgan qo‘shnisi haqida gapirdi.
-Qo‘shnim kitob yozyapti. Qanday mavzudaligini so‘rasam, hadislardagi tadbirkorlik, tirikchilik, halol rizq topish, boy bo‘lish haqidagi o‘rinlarini sharxlayotgan ekan. Rosa qiziqib qoldim. Ko‘pchilik imomlar boylikni yomonlab, “Qalbni o‘ldiradi, kambag‘allik, faqirlik yaxshi, hisob oson bo‘ladi, boylar jannatga kech kiradi”, deb noto‘g‘ri gapirib turganlarida, qo‘shnimning ishi bir jasoratda. Qozi tanishim bo‘ladi. Unga qo‘rqmay yozaver agar senga kimdir tazyiq o‘tkazsa, o‘ziga tazyiq o‘tkazib qo‘yamiz dedim. Ammo o‘zi boy emas. Ba’zan mardikorlik qilib charchaydi. Kitobi qo‘limizga kelishi kechikib ketyapti. Men biroz yordam qildim, ammo baribir butun oilani ta’minlash osonmi.
Uning gaplaridan rosti hayratga tushdik. Hamma katta qiziqish bilan tinglab turardi. Shunda Abdulloh himmat qildi. Kitob xabarini yetkazganga qarata dadil shunday dedi.
-Men o‘sha odamga ikki yuz dinor beraman. Uning gapidan shoshib qoldim. Chunki xarajatlar ko‘p edi. U berayotgan pul kitob yozadigan kishiga o‘n yillab yashashiga va kitobinii chiqarishiga ham yetardi. Bu pulni o‘rtacha savdogar bir yil ishlab topardi. Ammo bir nima deyolmadim. Pul uniki, istaganini qiladi. O‘tirganlar ham hayratda edi. Kitob yozadiganga shuncha ehson qilsaya. Davrada o‘tirganlarning ko‘pchiligi buncha pulni hatto ushlab ham ko‘rmagan. Orzu ham qilmagan. Shu o‘ylar miyamni chizib turganida Abdulloh qozini tanishim degan do‘stimizga yana bir gap aytdi.
-Qoziga tayinlab qo‘ying iltimos, qo‘shningizning puliga ko‘z olaytirganni jazolasin, soliqchilarning qadamini uning uyidan uzsin. Uning besh yillik solig‘ini ertaga hisobchim to‘lab qo‘yadi. Boy va kuchli musulmon inson bo‘lishga targ‘ib qiladigan odam uchun bu xizmatim juda ham ozdir. Kitobi chiqqanida nasib etsa, karvonim yetgan joygacha ularni sotaman. Musulmonlar boy bo‘lishlari kerak. Shunda dunyoda adolat hukm suradi. Ishsizlik kamayib, insonlar baxtli yashaydi. Yo‘qsillar toptalmaydi, ilm xor qilinmaydi, o‘qituvchi va tabiblar kamsitilib, obro‘lari to‘kilmaydi. Ayollar ishlash uchun tashqariga chiqmaydi. Islom dini yomonotliq qilinmaydi.

Download 291,51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish