2.Korxona haqida ma’lumot Ushbu “Savdo non va oziq-ovqat ishlab chiqarish” korxonasi 2012-yil tashkil topgan bo’lib mana 10 yildirki xalqimizga beminnat xizmat ko’rsatib kelmoqda. Korxona Samarqand viloyati Oqdaryo tumani Loish shaharchasi Navruz ko’chasi 1-uyda joylashgan. Korxona asosiy 3 ta binodan tashkil topgan. 1- bino xom ashyo saqlashga mo’ljallangan omborxona sifatida foydalaniladi. 2-bino ishlab chiqarishda foydalaniladi. 3-bino esa ishlab chiqarilgan maxsulotlar sotuvi va ofis sifatida foydalaniladi.
Korxonada asosan qolipli non ishlab chiqariladi va sotiladi. Korxonaning asosiy xaridorlari bo’lib tumandagi maktabgacha ta’lim muassasalari va qurilish korxonalari hisoblanadi. Korxonada o’rtacha kuniga 1500-2000 dona qolipli non ishlab chiqariladi. Aynan korxona ishlab chiqaradigan nonlarge tuman bozorida talab katta, buning sababi korxonada tumandagi eng sifatli nonlar ishlab chiqariladi.
2.1-rasm. Ish jarayonidan lavha
3.“Savdo non va oziq-ovqat maxsulotlari ishlab chiqarish” MCHJ asosiy faoliyati Men amaliyot olib boradigan korxona asosan aholiga qolipli non(bulka) ishlab chiqarish bilan shugullanadi. Albatta har sohada texnologiya ishlab chiqarish sir asrorlari bo’lganidek, bulka ishlab chiqarishning ham o’zining texnologiyasi, standarti bor. Quyida bulka ishlab chiqarish texnologiyasi va ishning borishi keltirilgan:
Non-bulka mahsulotlari ishlab chiqarish jarayoni quyidagi bosqichlardan iborat: xomashyoni qabul qilish va saqlash; xomashyoni ishlab chiqarishga tayyorlash; xamir tayyorlash; xamirni bo‘laklash; pishirish va pishirilgan mahsulotlarni saqlash va savdo tarmog‘iga uzatish. Bu bosqichlarning har biri o‘z navbatida, ketma-ket bajariluvchi alohida ishlab chiqarish jarayonlaridan iborat. Misol tariqasida birinchi navli bug‘doy unidan tashqari retsepturasiga suv, presslangan achitqi va tuz kiruvchi baton tayyorlash jarayoni bilan tanishish maqsadga muvofiq bo‘lardi. Misolni soddalashtirish uchun xamir alohida dejalarda bir fazali (oparasiz) usulda tayyorlanadi deb qabul qilingan. Xom ashyoni qabul qilish va saqlash. Bu bosqich novvoylik korxonasiga keltirilgan asosiy va qo’shimcha xom ashyo turlarini qabul qilib, sigimlarda va omborlarga joylashdan iborat.
Asosiy xomashyoga un, suv, achitqi va tuz, qo‘shimcha xom ashyoga esa shakar, yog’ mahsulotlari, tuxum va boshqa novvoylik mahsulotlari retsepturasiga kiruvchi mahsulotlar misol bo‘ladi. Qabul qilingan xom ashyodan, birinchi navbatda undan, korxona laboratoriyasi xodimlari tomonidan sifat me’yorlariga javob berishi va novvoylik xossalarini tekshirish uchun namuna olinadi. Xom-ashyoni ishlab chiqarishga tayyorlash. Laboratoriya xodimlari tomonidan korxonada mavjud bo’lgan alohida un turkumlaridan (partiyalaridan), novvoylik talablariga javob beruvchi nisbatlarda un aralashmalari tayyorlanishi tavsiya etiladi. Alohida un turkumlarini berilgan nisbatda aralashtirish maxsus un aralashtirgichlarda amalga oshirilib, ulardan aralashma nazorat elagiga, undan so ‘ng magnit tozalagichga uzatiladi. Keyin aralashma kerakli miqdorda xamir tayyorlash uchun olinadigan sarflash siloslariga uzatiladi. Suv - issiq va sovuq suv sig’imlarda saqlanadi. So‘ngra xamir tayyorlash uchun ma’qul bo‘lgan haroratni ta’minlaydigan nisbatda suv o‘lchatgichiga uzatiladi. Tuz - oldindan suvda eritilib, eritma filtrlanadi, ma’lum kontsentratsiyadagi eritma xamir tayyorlashga uzatiladi.
Presslangan achitqi - oldindan maydalanadi va suvda suspenziya holiga keltiriladi, u esa xamir tayyorlashda ishlatiladi.
Xamir tayyorlash. Oparasiz usulda xamir tayyorlash o ‘z navbatida quyidagi bosqichlardan iborat bo‘ladi. Xom ashyoni dozalash. Unning kerakli miqdori, ma’lum haroratdagi suv, achitqi suspenziyasi, tuz va shakar eritmasi m a ’lum turdagi dozatorlar yordamida o‘lchab olinadi va xamir tayyorlash mashinasi platformasiga o ‘rnatilgan dejalarga yuboriladi. Xamir qorish. Deja un, suv, tuz eritmasi va suvda eritilgan achitqi bilan to‘ldirilgach, xamir qorish mashinasi ishga tushiriladi va xamir qoriladi.
Xamirning bijg'itilishi. Bijg‘ishda hosil bo‘ladigan etil spirti va uglerod ikki oksidi (karbonat angidrid) xamirni ko‘pchitib hajmini oshiradi. Xamirning reologik xossalarini yaxshilash maqsadida bijg‘ish davomida u bir yoki bir necha marta aralashtiriladi. Buning uchun deja xamiri bilan qorish mashinasi platformasiga keltiriladi va 1-3 daqiqa davomida qaytadan qoriladi. Bu jarayon avvaldan «mushtlash» deb atalgan, chunki qo‘lda xamir qorilganda m a’lum vaqt o‘tgandan so‘ng xamirga mushtlab ishlov beriladi. «Mushtlash» jarayoni natijasida xamirdan karbonat angidrid gazining asosiy qismi chiqib ketadi va xamirning hajmi pasayib, qorilgan vaqtidagi hajmiga yaqinlashib qoladi. Shu bilan birga qo‘l kuchi yoki qorish mashinasi ishchi qismlarining mexanikaviy ta’sirida xamirning reologik xossalari yaxshilanadi. Shundan so‘ng yana xamirning bijg‘itilishi davom ettiriladi. Oparasiz usulda tayyorlangan xamirning bijg‘itish davomiyligi qo‘shilgan achitqining miqdoriga qarab 2-4 soat davom etishi mumkin. Dejani bijg'igan xamiri bilan birgalikda deja ag‘dargich yordamida xamir bo‘laklash mashinasi bunkeriga tushadigan holatda tutib turiladi. Xamir va uning qoldiqlaridan tozalangan deja yana qaytadan xamir tayyorlash uchun uzatiladi.
Xamirni bo’laklash. Xamirni bo‘laklash deganda, xamirni kerakli massadagi bo‘laklarga bo‘lish, bu bo’laklarga mahsulot turiga xos bolgan shaklni berish va bu bo‘laklarni tindirish tushuniladi. Xamirni bo’laklarga bo’lish xamir bo’laklovchi mashinalarida amalga oshiriladi. Xamir bo’laklari bo’laklovchi mashinasidan xamir dumalatuvchi mashinasiga kelib tushadi. Dumalatilgan xamir bo’laklari oraliq tindirish uchun mo’ljallangan belanchakli konveyer agregat o‘yiqlariga kelib tushadi. Birinchi tindirish agregatidan xamir bo‘laklari oxirgi shakl berish uchun toblash mashinasiga kelib tushadi. Batonsimon shaklga ega bo‘lgan xamir bolaklari oxirgi tindirish uchun mos keladigan tindirish agregati kamerasiga uzatiladi. Oxirgi tindirishning maqsadi xamir bolaklarida kechayotgan bijglsh hisobiga ularni g‘ovaklashtirishdan iborat. Shuning uchun tindirish agregatlarida yoki kameralarida bijglshni tezlashtiradigan havo harorati (35 °C) va nisbiy namligi (80-85%) saqlanib turilishi kerak. Oxirgi tindirishning davomiyligi xamirning xossalari va havo parametrlariga bogiiq bo'lgan holda, batonlar uchun 30...35 daqiqa atrofida, davom etadi. Bu davomiylik non-bulka mahsulotlari sifatiga sezilarli ta ’sir qiladi. Tindirishning yetarlicha olib borilmasligi mahsulot hajmining pasayishiga, mag’z g’ovakligining pasayishiga va mahsulot yuzasida yoriqlik hosil bo’lishiga olib keladi. Tindirishning haddan tashqari uzoq davom etishi ham mahsulot sifatiga salbiy ta’sir qiladi. Tagdonli nonlar (pechning tagdonida pishirilgan) yoyilgan, qolipli nonning ustki qobig’i tekis va hatto botiq ham bo’lishi mumkin.
Pishirish. Bug‘doy unidan tayyorlanadigan 0,5 kg massali batonlarning xamir zuvallarini pishirish, pechlarning pishirish kamerasida 240-280 °C haroratda, 20-24 daqiqa davomida amalga oshiriladi. Bunda issiqlik almashinishi, kolloid-kimyoviy va biokimyoviy jarayonlar natijasida xamir tayyor mahsulotga aylanadi.
Pishirilgan mahsulotlarni saqlash va savdo tarmoglga uzatish. Pishirilgan batonlar non saqlash xonalariga uzatilib, lotoklarga, ulardan vagonetkalarga yoki konteynerlarga joylanib toki savdo tarmoqlariga uzatilganicha saqlanadi. Maxsus tashish vositalari yordamida non mahsulotlari savdo tarmoqlariga olib ketiladi. Saqlash davrida (non saqlash joylarida va savdo tarmoqlarida) non mahsuloti sovuydi, uzoq muddatda saqlanganda esa qotadi. Bug‘doy unidan batonlar ishlab chiqarish texnologik jarayonining asosiy bosqichlari ana shulardan iborat.
Non ishlab chiqarish mashina-apparaturaviy sxemasi. Batonsimon non mahsuloti ishlab chiqarish mashina-apparaturaviy sxemasi Sxema xom ashyoni qabul qilishdan boshlab tayyor mahsulotni savdo tarmoqlariga uzatishgacha bo‘lgan bosqichlar va operatsiyalarni qamrab olgan.
Un novvoylik korxonasida avtountashgich bilan, qo‘shimcha xom ashyolar esa avtomashinalar bilan keltiriladi. Quvur orqali un diskli qo‘shgichlar yordamida siloslarga saqlashga keltiriladi. Filtrlar havoni un changidan tozalab beradi. Keyin rotorli ta’minlagich orqali un siloslardan elaklar yuqorisidagi idishlarga keltiriladi va u yerdan oraliq sig‘imlarga keladi. Un tarozilarda o‘lchangach bunkerga to‘kiladi, keyin esa quvur orqali ishlab chiqarish bunkerlariga tushadi. Suv suv-o‘lchagich baklarda tayyorlanadi, qo‘shimcha xom ashyolar esa yig‘gichlarda eritma holida tayyorlanadi. Xamir qorish uchun xamir tayyorlash agregatining xamir qorish mashinasiga dozator orqali un, doimiy sathli baklardan dozator orqali qo‘shimcha xom ashyolar eritmalari keltiriladi. Bijg’igan xamir ta’minlagich yordami bilan bo‘laklagichga keltiriladi, bu yerda ma’lum massadagi bo‘laklarga bo‘lingach transportyorlar xamirni dumalatuvchiga, keyin esa toblash mashinasiga olib keladi. Joylagich-manipulyator xamir mahsulotlarni tindirish shkafining belanchaklariga joylashtiradi. Tindirilgan xamir mahsulotlar transportyor bilan tonelsimon pechning tagdoniga keltiriladi.
3.1-rasm. Maxsulotlarni tashish
Pishgan non transportyor bilan taqsimlagich transportyor yoki aravachaga yo‘llanadi. Yo‘naltiruvchi qurulmalar bilan non, taxlash agregatlariga, keyin esa konteynerlarning lotoklariga keltiriladi. Komplektlovchi aravacha savdo tarmoqlari buyurtmalarini navlarga ajratish uchun xizmat qiladi. Yuklangan konteynerlar to‘plagichlarda yigiladi, bu yerdan ular konteyner-yuklovchi bilan ekspeditsiya rampalarining yuklash joylariga to‘qnashuvchi mexanizm bilan mahkamlanadigan avtonontashigichlarga yuklanadi.
3.2-rasm. Korxonada ishlab chiqarilgan maxsulot turi