Saudiya arabistoni podshohligi



Download 351,5 Kb.
bet5/6
Sana07.04.2022
Hajmi351,5 Kb.
#535379
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
SAUDIYA ARABISTONI PODSHOHLIGI

Ichki tafovudlari. Saudiya Arabistoni geografik, ijtimoiy-iqtisodiy va tarixiy sharoitiga qarab 3ta iqtisodiy rayonga ajratiladi: Sharqiy, Markaziy, G‘arbiy.
Sharqiy rayon -mamlakatning rivojlangan sanoat rayoni. Sahrqiy rayonda neft va tabiiy gazning deyarli hamma zahirasi to‘plangan. Bu yerda 14ta asosiy naft konlari bo‘lib, ulardan dunyodagi eng katta neft koni -Gavar va eng yirik neft maydoni –Safaniya.
60-yillardan boshlab Sharqiy rayonda neftni qayta ishlovchi va neftkimyo sanoati tez sur’atlar bilan rivojlanmoqda. Yirik neftni qayta ishlovshi zavodlar Ras-Tannura, Mina-Saud va Kafjida faoliyat yuritadi. Sanoatning o‘sishi bilan Dahron, Dammom, Ras-Tannura, Abkayk kabi yangi shahar va neft portlari paydo bo‘ldi.
Neft maydonlari markazida joylashgan yangi shaharlarda ko‘plab sanoat korxonalari paydo bo‘ldi, jumladan Abkaykda oltingugurt ishlab chiqaruvchi zavod, Dammomda kimyoviy og‘itlar, sement zavodlari va qog‘oz fabrikasi, Dahronda shisha zavodi faoliyat yuritadi. Hamma shaharlar bir-biri bilan shosse yo‘llar va neft quvurlari orqali bog‘langan.
Dahron –Fors ko‘rfazidan 18km uzoqda joylashgan Sharqiy rayonning neft poytaxti hisoblanadi.
Dammom –Fors ko‘rfazidagi chuqur suvli port shahar. Port orqali 70% import yuklari o‘tadi. Dammom Ras-Tannura neft porti va Bahrayn oroli bilan neft quvurlari orqali bog‘langan. Sharqiy rayonning ma’muriy markazi hisoblanadi.
Ras-Tannura –Fors ko‘rfazidagi asosiy neft chiqaruvchi port shahar. Bu yerga ko‘plab neft quvurlari orqali yirik neft tozalovchi zavodlardan neft kelib turadi.
Markaziy rayon –shimolda Iordaniya chegarasidan janubda Yaman chegarasigacha cho‘zilgan. Bu rayonning janubida Rub-al-Xali cho‘li va shimolida Katta Nefud cho‘li yastanib yotadi, markaziy qismita esa Najd yassitog‘ligi joylashgan. Poytaxt Ar-Riyod rayonda joylashgan. 1952-yilda Ar-Riyodda yer osti suvlarining juda katta zahirasi topilgandan so‘ng shaharga Jidda va Madinadan vazirliklar va davlat idoralari ko‘chirib kelindi. Ar-Riyod Yaqin Sharqning eng zamonaviy shaharlaridan biriga aylandi. Poytaxtda bir qancha oily o‘quv yurtlari: universitet, Oliy texnologiya instituti, xarbiy akademiyalari joylashgan.
Shosse yo‘llar shaharni Makka, Jidda, Al-Xufuf, Dammom bilan bog‘laydi.
G‘arbiy rayon –Iordaniya chegarasidan Yaman chegrasigacha cho‘zilgan Qizil dengiz bo‘yidagi, Tixama tekisligini va Xijoz tog‘ tizmasini o‘z ichiga oladi. G‘arbiy rayonning janubiy qismi Asir tog‘i deb ataladi. Bu yerda birmuncha ko‘p yog‘in tushadi, mamlakatning sun’iy sug‘orishsiz hosil olinadigan yagona qismi hisoblanadi. Asirdagi aholining asosiy mashg‘uloti dehqonchilik. Bu yerda mamlakatning barcha ishlov beriladigan yerlarning 60%i joylashgan.
Rayonning shimoli-g‘arbiy qismi Qizil dengiz sohilbo‘yida sanoat ishlab chiqarish markazi – Jidda joylashgan. Shaharda birqancha katta va kichik sanoat korxonalari bo‘lib, ulardan neft haydovchi po‘latprokat, sement, surkov moylari, zavodlari, meva sharbatlari, sabzavot konserva fabrikalari, yuvuvchi vositalar korxonalari va boshqalar bor. Jidda qadimdan o‘zining hunarmandchilik ishlab chiqarishi bilan mashhur.
Shahar yaqinida xalqaro aeroport joylashgan. Jidda porti yirik kemalarni qabul qila oladi. Jiddada xajga keluvchilar uchun ikkita shaharcha qurildi:bittasi dengizdan keluvchilar uchun, ikkianchisi samalyotda keluvchilar uchun. Jidda Saudiya Arabistonining diplomatik poytaxti hisoblanadi. 1967-yilda Jiddada universitet ochilgan.
Makka – butun dunyo musulmonlarining muqaddas shahri hisob­lanadi. Shahar Qizil dengiz sohilidan 77km uzoqda va dengiz sathidan 280m balandda joylashgan. Makka shahri Xijoz provinsiyasining ma’mu­riy markazi, u Ar-Ridod, Madina, Jidda bilan avtomobil yo‘llari orqali bog‘langan. 630-yildan beri Makka islom dini markazi hisoblanadi. Bu yerda musulmonlarning eng asosiy ehromi –Kaaba Makkadagi markaziy masjidning ichki qismida joylashgan. Masjid ulkan bo‘lib och siren rangli marmar bilan qoplangan, 90 metrli 8 ta binosi bor. Maydoni 160ming.m². Kaabaga yaqin Zam-zam bulog‘i joylashgan. Masjid 300mingta xojilarni sig‘dira oladi. Muqaddas shaharlar Makka va Madinaga faqat musulmonlar kirishiga ruxsat beriladi.
Madina –Saudiya Arabistoning shimoli- g‘arbida dengiz sathidan 588m balandda joylashgan. Madina Makkadan keyingi musulmonlarning ikkinchi muqaddas shahri. Bu yerda islom asoschisi payg‘ambarimiz Mu­ham­mad (allayxis-salom) masjidlari bor. Maydoni 163ming.m². Masjidda payg‘ambarimiz maqbaralari va birinchi arab xalifalarining maqbaralari joylashgan. 1961-yilda Madinada Islom universiteti ochilgan.

Download 351,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish