25
Ionogen emulgatorlar
Ionogen emulgatorlar deb, anionli yoki kationli sirt-faol moddalarga aytiladi.
Birinchisi
suvda parchalanib, manfiy zaryadga, ikkinchisi esa musbat zaryadga ionlashadi. Bu guruhlarning
oddiy emulgatorlari sovun (anionli SFM) va ammoniy asosi hosilalariga (kationli SFM) —
linimentlar va surtma dorilar bo‘limlarida kengrok to‘xtab o‘tiladi.
Elimlar dorixonadagi emulsiyalarni tayyorlashda juda keng qo‘llaniladi. SHilimshiq va
pektin moddalar ham ishlatiladi. bo‘lar o‘z xossasi bilan poliarabin
kislotasi tuzi va poliuron
kislotasi bo‘lgani sababli anion faol emulgatorlarga kirishi kerak edi,
ammo bu moddalarning
yuqori emulgirlash xususiyati bo‘lishi, zarrachalarning ustki qismida ximoya parda hosil qilishi,
ikki qavatli elektr katlamining bo‘lishi ionlanadigan guruhlarga kirishini isbotlaydi.
Yelimlar
Yelimlardan hosil bo‘lgan parda fazalararo taranglikni kamaytirib,
mustahkam himoya
pardasini tashqil qiladi.
Arab yelimi
— (Gummi arabicum). Bu emulgator Afrika akatsiyalaridan olingan
mahsulot. Yuqori navi — sargish yarim tinik bo‘laklardan iborat. Yomon navi juda bo‘yalgan va
ifloslangan (tuproq, po‘stloq va shox bo‘laklari) bo‘ladi. Arab yelimining 1 qismi 2 qism suvda
sekin eriydi va quyuq yopishqoq eritma hosil qiladi. Dorixonada ishlatiladigan
emulsiyalarni
tayyorlashda eng kadimgi emulgator hisoblanadi. Elimlarning naviga qarab emulgirlash
xususiyatini bilish mumkin. YUqori navi 64% tomchilar diametri 2,5
mkm li yuqori
disperslangan emulsiyalarni hosil qiladi. Emulsiya hosil qilish uchun 10 qism yog‘ga 5 qism
yelim olinadi.
O‘rik yelimi
— (Gummi armeniacae) Z. M. Umanskiy tomonidan taklif qilingan. O‘rik
elimi daraxtlarning tanasi va po‘slog‘i yorilishidan hosil bo‘ladi. O‘rta Osiyoda ko‘p miqdorda
uchraydi. 1961 yildan davlat (X) farmakopeyasiga kiritilgan elim ok yoki sargish, qattiq, mo‘rt
bo‘lakchalardan iborat bo‘lib, ushatilganda notekis bo‘lakchalar hosil qiladi. Emulgator sifatida
arab elimi o‘rnini bosuvchi suvda yaxshi eriydigan oq kukun holidagi modda. 10 qism yog‘ga 3-
4 qism elim olinadi.
Tragakant
— (Gummi Tragacanthae).
25
Allen L., Ansel H. Pharmaceutical Dosage Forms and Drug Dilevery Systems he 10th
ed. Philadelphia-Baltimore-NY, 2014.(365 s)
Juda kuchli emulgator. 20 g yog‘ga 2 g tragakantning mayda poroshogidan olish mumkin.
Tayyorlangan emulsiyada yog‘ mazasi saqlanganligi sababli, bu
emulgator kam ishlatiladi
(dispers darajasi kam). Tragakant bilan arab elimini birgalikda ishlatish maqsadga muvofik. Bu
emulgator farmatsevtika amaliyotida yuqori dispersli turg‘un emulsiya hosil qiladigan eski
murakkab emulgator.
Do'stlaringiz bilan baham: