imkoniyatini yaratadi. SHunday bo‘lishiga karamay, mikstura-suspenziyalar tarkibida Zaharli va
kuchli ta‘sir ko‘rsatadigan moddalar berilmaydi. Mikstura-suspenziyalar shubxasiz, suzilmaydi
va filtrlanmaydi. Mikstura-suspenziyalar magistral yozmalar bo‘yicha ex temporae tayyorlanadi.
Suspenziyalarni zollardan farqi diffuziyalanmaydi, ulardagi osmotik bosim va qinetik energiyasi,
zarrachalarni betartib harakatlanishi bilan bog‘liq. SHuning uchun suspenziya turg‘unligi fazani
harakati, uni dispers darajasiga, muxitni qovushqoqligi kabi omillarga bog‘liq bo‘ladi (cho‘kadi).
Umuman fazani cho‘kish tezligi Stoks formulasi bilan ifodalanishi mumkin. Turg‘unlik kiymat
hisoblanib o‘lchov birligi sifatida sedimentatsiya tezligiga teskari bo‘lgani uchun Stoks formulasi
quyidagicha ifodalanadi:
B=
2rІ*(dr-dc)*g
9з
Boshqacha qilib aytganda, suspenziyalar turg‘unligi zarrachalar
diametrini kvadratiga,
dispers faza va dispers muxitni solishtirma og‘irligini farqiga, tortilish kuchi tezlanishiga teskari,
dispersion muxitning qovushqoqligiga to‘gri proporsionaldir. Formulani to‘gri talkin qilib,
amaliyotda qo‘llanilsa ularning ba‘zi bir ko‘rsatkichlari suspenziyalar turg‘unligini oshirishda
amaliyotda qo‘llanilsa bo‘ladi. Buning uchun shunday kilmok zarurki, d — kiymatini iloji
boricha kamaytirish va h — kiymatini mumkin kadar ko‘tarish, muxit qovushqoqligini oshirish
lozim. Ayniqsa d — kiymatini o‘zgartirsa kuchli ta‘sir qiladi. Masalan, dc=1 (suv) va dr=2,7 va
h=0,015 (suv) va zarrachaning radiusi 10 mkm bo‘lsa, 1 sm ga cho‘kish vaqti 31 sek, zarracha
radiusi 1 mkm — 52 min. 0,1 mkm radiusida bo‘lsa 86 soatda cho‘kmaga tushadi.
Dori moddalar
zarrachalari zichligi, kvars zarrachalariga yakin bo‘lsa, misolda keltirilishiga, ularga o‘xshash
tezlikda cho‘kmaga cho‘kishini ko‘z oldimizga keltirishimiz kiyin emas. Bundan xulosa qilib,
suspenziyalarni tayyorlaganda ularning zarrachalarini kattaligi 10 mkm dan oshmaydigan qilib
olish kerak (dorixonadagi suspenziyalar ko‘p dispersli sistemadir).
Shunday qilganimizda
mikstura tarkibidagi suspenziya zarrachalari cho‘kmaga cho‘ktirmay, dozalarga bo‘lishda
xatolikka yo‘l ko‘ymasdan, o‘lchab olish uchun etarli imkoniyat yaratiladi. Dorixonada
tayyorlanadigan suspenziyalar uchun Stoks formulasi qo‘llanilib, bunda yuksak darajada dispers
sistema saqlagan, zarrachalari kat‘iy yumaloq shaklda, butunlay qattiq va tekis bo‘lishi ko‘zda
tutilgan. Ammo ko‘p miqdordagi mikstura, suspenziyalar va boshqa oddiy suspenziyalar ham bu
talabni qanoatlantirmaydi. Dori moddalarning disperslangan zarrachalari har xil shaklda bo‘lishi
mumkin. Stoks formulasi suspenziya dori formasidagi holatlarni har tomonlama baholanishini
ko‘rsatsa ham, undagi bir omil, ya‘ni erimaydigan moddalar suv bilan oson xo‘llanuvchi gidrofil,
qiyin xo‘llanadigan — gidrofob xususiyatlari bilan bog‘liq bo‘lgan
fazalari chegarasida sodir
bo‘lgan xodisalarni ko‘rsatmaydi. Masalan, gidrofil xossasi bo‘lgan kukunlar, MgCO
3
, CaCO
3
,
ZnO suvda loyqalantirish bilan etarli darajada turg‘un suspenziyalar hosil qiladi. Shuning uchun
ularning ustida taranglik parda hosil bo‘lishi zarrachalarning bir-biri bilan qo‘shilishiga qarshilik
ko‘rsatadi. Gidrofob xususiyatiga ega bo‘lgan zarrachalar o‘z-o‘zidan stabillangan suvli pardani
hosil qilolmaydi, chunki osonlikcha o‘z-o‘zidan yuz beradigan (molekulani tortish kuchi
ta‘sirida) yopishkok massa, oxirgi davrda esa parcha agregatlar hosil qilib,
keyin tezda
cho‘kmaga tushadi. Agar suspenziyalarda koagulyasiya xodisasi natijasida hosil bo‘lgan zarracha
birikmalari suv bilan yomon xo‘llansa, unda ular suv yuziga suzib chiqadi. Bunday xodisaning
nomi flokulyasiya deb ataladi. qattiq faza sirtining yomon xo‘llanishi natijasida, xavo
pufakchalari yopishishiga yordamlashadi. SHuning uchun suspenziyalarni xavo pufakchalari
bilan chayqatilsa, flokulyasiya xodisasi kuchayadi. Birok gidrofob
liofil zarrachalarni suvga
munosabatini tubdan o‘zgartirish imkoniyatlari bor va uni amaliyotga tadbiki suspenziyalarning
agregat turg‘unligini oshirishi mumkin. Stabillash usullari bir qancha. Suvli dispersion muxitda,
shuningdek, kutbli organiq suyuqliklarda (masalan, spirtda) suspenziya zarrachalarining sathi
ma‘lum ishorali dzeta-potensial bilan stabillanishi mumkin. Liofob zolida mitsella magizining
zaryadlanishi (ionlarning eritmadan shimilishi va dissotsialanishi yoki qattiq faza yuzasidagi
katlamni gidrolizlanishi) kabi suspenziyalarda dzeta-potensialni vujudga kelishini shunday
izoxlasa bo‘ladi. Bu turdagi suspenziyalarni tayyorlashda shuni bilish kerakki, ularga qo‘shilgan
ma‘lum konsentratsiyadagi elektrolitlar ular turg‘unligini oshiradi.
Elektrolitlarning
konsentratsiyasini oshirish natijasida turg‘unligini oshirmasdan koagulyasiya yuzaga keladi.
Suspenziyalarni eng kuchli ximoya qiladigan — yuqori molekulali birikmalardir. Bu
birikmalarni eritmalari nafaqat o‘zlari katta turg‘unlikka ega bo‘libgina kolmay, bu xossasini
gidrofob zarrachalarga ham olib beradi.
Ko‘rsatilgan birikmalarning stabillash xususiyati suspenziyalarda shundan iboratki,
suspenziya zarrachalari sirtida gidratli himoya qatlamini hosil qiladi hamda bu zarralarni uzun
marjonsimon makromolekula bilan o‘rab oladi.
Shunga e‘tibor berish kerakki, suspenziya va kolloid eritmalarning orasida yaqinlik bor.
Agregat dispergatsiyasi natijasida suspenziyalar zolga o‘tadi. Liofobli
zollarni koagulyasiya
o‘tish bosqichida suspenziyalarni ko‘rish mumkin. Chunki, koagulyasiya tugallanish vaqti
zarrachalarni katta-kichiklikda yopishqoq massani hosil qilishi suspenziyalarga xoslikni
ko‘rsatadi.
Suspenziyalarni dori moddalardan uch xil usul bilan olish mumkin.
qattiq dori moddalarni dispersion muhitda yuqori dispersli (o‘zini tabiatiga qarab)
loyqalash yo‘li bilan.
Dispergirlash (mexaniqa) usuli.
Kondensatsiya yo‘li bilan.
Dispergirlash shundan iboratki, ko‘pol dispers moddalarni kerakli dispers darajasiga
yetkazish uchun ularni dispersion muhitda ezish mumkin. Kondensatsiya
usuli asosida boshqa
qonun-qoida yotadi:
-zarrachalarni yiriklashishi va ko‘z bilan ko‘rinali holatda bo‘ladi. Ba‘zan holatlarda
cho‘kmaga tushishi mumkin.
– molekulalar birikmalarining zarrachalari yirikroq agregatlar bo‘lib, katta-kichikligi
xaqiqiy suspenziyalarga xos (kolloid zarrachalaridan o‘tish davri)
19
.
Do'stlaringiz bilan baham: