Saqlash vazirligi sh. S. Shoyimova, M. K. Xoshimova, sh. R. Mirzayeva, M. M. Qo



Download 2,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/323
Sana02.01.2022
Hajmi2,09 Mb.
#308759
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   323
Bog'liq
Ш С Шойимова Таълим технологиялари 2020 303 б

Pedagogik 
maqsad 
pedagog 
va 
talabaning 
hamkorlikdagi faoliyati natijasini oldindan tasavvur etishdir. 
An’anaviy 
didaktikada  ham  ko’pchilik  olimlar  (Babanskiy  Yu.K.,  Bezrukova  V.S., 
Galperin P.D, Lerner I.Ya., Kraevskiy V.V., Maxmutov M.I., Talizina N.F. va 
b.)  o’quv  maqsadlarini  belgilash  usullari,  ularni  aniqroq  ifodalash  shakllari 
bo’yichailmiy  izlanishlar  olib  borishgan  va  bu  masalalar  bo’yicha  ma’lum 
tajriba  ham  to’plangan.  Jumladan,  zamonaviy  darsning  ta’lim  berish, 
tarbiyalash  va  talaba  shaxsini  rivojlantirish  maqsadlarini  aniqlash  hamda 
ularga  erishish  yo’llari  bo’yicha  ma’lum  darajada  nazariy  va  amaliy 
ma’lumotlar mavjud. Lekin, o’qituvchi(uning timsolida o’quv yurti) qanday 
natijaga  erishishni  xohlaydi?  Bir  qarashda  bu  savolga  javob  berish  osonga 
o’xshaydi.  Biror  fan  yoki  uning  bo’limini  o’qitishda  o’qituvchio’z  oldiga 
uni  talabalarga  tushuntirishni,  mazmunining  o’zlashtirilishini  va  buning 
natijasida  talabalar  uni  amalda  qo’llay  olishlariga  erishishni  o’z  oldiga 
maqsad  qilib  qo’yadi.  Lekin,  “tushunish”,  “o’zlashtirish”,  “anglash”, 
“qo’llash”  degani  nimani  bildiradi?  Qo’yilgan  maqsadga  erishilganligini 
o’qituvchi  qanday aniqlashi  mumkin?  Agar talabaning  qo’yilgan  maqsadga 
erishgani  yoki  erisha  olmaganligini  aniqlash  usuli  mavjud  bo’lsa, 


74
 
 
o’qituvchiqo’llagan  uslublarining  to’g’riligiga,  o’z  mehnati  samarasiga 
ishonishi yoki talabalar qanday yordamga muhtoj ekanligi  haqida  ishonchli 
ma’lumot  olish  imkoniyatiga  ega  bo’lar  edi.  Ta’lim  texnologiyasi 
tarafdorlari  aynan  mana  shu  holat  –  an’anaviy  o’qitishjarayoni  maqsadlari 
noaniq bo’lib, o’qitish natijalarini yaqqol o’lchab bo’lmasligini qattiq tanqid 
ostiga olgan edilar.
 
Biroq, an’anaviy pedagogikadagi bu holatni har qanday tanqid
 
ham  birdaniga  o’zgartirolmadi,  chunki  o’quv  yurti  (u  bilan  birga 
o’qituvchi  ham)  ijtimoiy  talabni  o’ta  umumlashgan  holda  oladi.  Demak, 
jamiyat  ta’lim  tizimiga  umumiy  tarzdagi  talab  qo’yar  ekan,  undan  kelib 
chiqadigan  o’quv  yurti  vazifalari,  shuningdek,  fanlar  dasturlaridagi  o’quv 
maqsadlari  ham  umumiy  tarzda  bayon  etilishi  tabiiydir.  Shuni  ta’kidlash 
lozimki,  O’zbekistonda uzluksiz ta’lim tizimining barcha  bo’g’inlari ta’lim 
standartlarining 
joriy 
qilinishi, 
ularda 
tayyorlanayotgan 
kadrlarga 
qo’yiladigan 
yagona 
talablarning 
aks 
ettirilganligi 
natijasida 
o’qitishmaqsadlarini aniqlashtirishga erishilmoqda.  
Biz odatda fanning maqsad va vazifasidan kelib chiqqan holda, o’quv 
maqsadlarini  fan  (kurs)  va  uning  bo’limlari  darajasida  aniqlashtirish  bilan 
chegaralanamiz.  Chunki  aynan  mana  shu  joyda  o’quvjarayonini  texnologik 
usulda  loyihalash  bevosita  namoyon  bo’ladi  va  aynan  shu  darajada 
o’qituvchifan va uning bo’limlari ustida ishlab, o’quvmaqsadlarini aniqlaydi 
va ular asosida o’quv jarayonini tashkil etadi.
 
Endi,  pedagogik  amaliyotda  mustahkam  o’rin  olgan  o’quv 
maqsadlarini aniqlashning quyidagi an’anaviy usullari haqida to’xtalamiz:
 
1.
 
Maqsadlarni  o’rganiladigan  o’quvmaterialining  mazmuni  orqali 
aniqlash.  Masalan:  “Rivojlantiruvchi  ta’lim  texnologiyalarini  o’rganish”, 
“Intellekt  ko’pligi  nazariyasini  o’rganish”,  yoki  biror  mavzu,  bob 
mazmunini,  hodisalar,  qonun-qoidalar,  ta’riflar  va  hokazolarni  o’rganish. 
Xo’sh, maqsadni bunday belgilash nima beradi? Bu faqat bitta dars yoki bir 
necha  darslarda  o’tiladigan  materialni  o’rgatishga  ishora  qilish  xolos,  unda 
o’quvjarayonini  tashkil  etish  uchun  aniq  bir  yo’nalish  yo’q.  Shuningdek, 
agar ma’lum  darajada  reproduktiv  o’zlashtirishni  hisobga  olmasa,  bunday 
shaklda  ifodalangan  maqsadlarga  erishilganlik  yoki  erishilmaganlikni  ham 
aniqlab  bo’lmaydi.  Boshqacha  aytganda,  bunday  usulda  belgilangan 
o’quvmaqsadlari  o’quvjarayonini  tashkil  etishning  amaliy  (amalga 


75
 
 
oshiruvchi)  qismi  ham  bo’la  olmaydi.  Shuning  uchun  ham  pedagogik 
texnologiya  tarafdorlari  bunday  o’quvmaqsadlarini  o’ta  noaniq  deb 
hisoblab, tanqid qilganlar.
 
2.
 
O’quv maqsadlarini o’qituvchi faoliyati orqali aniqlash.
 
Masalan:  talabalarni  “Tibbiy  ta’limda  qo’llaniladigan  o’qitish 
texnologiyalari 
bilan 
tanishtirish”, 
“B.Blum 
o’quv 
maqsadlari 
taksonomiyasini  namoyish  qilish”,  “Muammoli  ta’lim  texnologiyalari 
xususiyatlarini  bayon  qilish”  va  h.k.  O’quv  maqsadlarini  bunday  usulda 
aniqlash  o’qituvchining  shaxsiy  faoliyatiga  qaratilgan  bo’lib,  ishdagi  tartib 
va  tushuntirish  haqida  taassurot  qoldiradi  xolos.  O’qituvchi  o’quv 
maqsadlarini  olinadigan  natijaga  taqqoslash  imkoniyatiga  ega  bo’lmagan 
holda  harakat  qiladi,  chunki  o’quv  maqsadlari  bu  usulda  aniqlanganda 
olinadigan natijaning o’zi aniq ifodalanmaganligi ko’rinib turibdi.
 
3.
 
O’quvmaqsadlarini talabaning intellektual,  hissiy  sohaga  oid 
ichki    rivojlanish  jarayonlari  orqali  aniqlash.  Masalan:  “O’rganilayotgan 
tushunchalarni tahlil qilish malakasini  shakllantirish”, “Mushohada yuritish 
malakasini  shakllantirish”,  “mavzuni  muhokama  qilishda  talabalarning 
bilish  qobiliyatlarini rivojlantirish” va h.k. Bunday  o’quv  maqsadlari o’quv 
yurti  fan  yoki  fanlar  davriy  darajasidagi  umumiy  maqsadlarni  ifodalaydi, 
lekin  ular  hatto  dars  yoki  darslar  turkumi  maqsadlarini  ham  anglatmaydi. 
Pedagogik  texnologiya  tarafdorlari  bunday  maqsadlarni  butunlay  inkor 
etadilar.  Haqiqatan  ham,  ularga  erishganlikka  yoki  bir  dars  davomida  bu 
maqsadlarga,  hatto  yaqinlashib  borilganligiga  ham  ishonib  bo’lmaydi.  Bu 
usulda  maqsadga  erishish  yo’nalishlari  haqida  ham  fikr  yuritib  bo’lmaydi, 
chunki ular nihoyatda “jarayonli” shaklda ifodalangan. Bizning fikrimizcha, 
bu usul  butunlay  samarasiz  emas,  faqat maqsadlarga jiddiy  aniqlik  kiritish 
kerak.  Bu  o’rinda  ham  maqsadlarni  aniqlashtirishning  pedagogik 
texnologiya doirasida yaratilgan usullari yordam beradi.
 
4.
 
Endi, 
o’quv 
maqsadlarini 
belgilashning 
pedagogik 
texnologiya
 
tarafdorlari  taklif  etgan  usulini,  ularni  talabalar  xatti-harakati  va 
faoliyati 
orqali 
ifodalashni 
ko’rib 
chiqamiz.  Masalan:  “tayanch 
tushunchalarga  ta’rif  berish”,  “mashg’ulot  texnologiyasini  ishlab  chiqish”, 
“mavzu  bo’yicha  test  topshirig’ini  tuzish”,  “qon  bosimini  o’lchash”, 


76
 
 
Obyektlarni,  ularning  tabiiy  o‘zaro  bog‘liqligiga  asoslanib, 
toifalari  murakkablashib  boradigan  ketma-ketlikda  (ierarxik) 
joylashtirib  turkumlash,  tizimlashtirish  va  klassifikatsiyalash  – 

Download 2,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   323




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish