Saqlash vazirligi sh. S. Shoyimova, M. K. Xoshimova, sh. R. Mirzayeva, M. M. Qo



Download 2,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet242/323
Sana02.01.2022
Hajmi2,09 Mb.
#308759
1   ...   238   239   240   241   242   243   244   245   ...   323
Bog'liq
Ш С Шойимова Таълим технологиялари 2020 303 б

Amaliy  mashg’ulotlar   
bir    necha    bosqichda    o’tkaziladi. 
Birinchi  bosqichda  bilimlar  nazorat  qilinadi,  ularning  mavjudligi 
mashg’ulotlarda 
ishlab 
chiqiladigan 
vazifalarning 
yechilish 
metodikasini  tushunishga  yordam  beradi.  O’qituvchi  bilimlar 
o’zlashtirilishining  nazoratini  o’tkazib  bo’lgach,  talabalarni 
muayyan  toifadagi vazifalarni  yechish  metodikasi bilan  tanishtiradi. 
Bu  jarayonda  o’qituvchimetodika  tarkibiga  kiradigan  barcha 
harakatlarni talabalarga tushuntirishi lozim. O’rganilgan metodikaga 
muvofiq  ravishda  barcha  harakatlarni  amaliy  egallashni    tashkil  
etish  uchun  o’qituvchi  talabalarga  individual    topshiriqlar    beradi.  
Bu  topshiriqlarni  bajarish  jarayonida  yuzaga  kelgan  qiyinchiliklarni 
o’z  vaqtida  yengish  maqsadida  o’qituvchitalabalarga  yo’l-yo’riqlar 
beradi.  Bunda  o’qituvchining  vazifasi  har  bir  talabaning  o’z 
topshirig’ini  ongli  ravishda bajarishini ta’minlashdan iborat  bo’ladi. 
Topshiriqni  bajarish  yakunlangach,  o’qituvchiuning  borishini  va 
talabalar ishlari  natijalarini tahlil  qiladi, guruh bilan  birgalikda  tipik 
qiyinchiliklarni muhokama qiladi, ularni yengish usullarini ko’rsatib 
beradi, 
shakllangan 
malakalarni 
kelgusida 
takomillashtirish 


222
 
 
bo’yichavazifalar qo’yadi.
 
Shunday qilib, algoritmik tipdagi amaliy mashg’ulotlarni o’tkazish
 
quyidagi bosqichlarni ko’zda tutadi: 
muayyan toifadagi vazifalarni yechish metodikasini  tushunib
 
olishga yordam beradigan bilimlar o’zlashtirilishini nazorat qilish;
 

 
o’zlashtirilish obyekti bo’lgan vazifalarning  yechilish
 
metodikasi bilan tanishish;
 

 
aniq vazifa materiallari asosida o’rganilgan  metodikaga
 
muvofiq ravishda talabalarning individual faoliyatni tashkil etish;
 

 
tipik  qiyinchiliklar  va  ularni  yengish  yo’llarini  guruh  bo’lib 
muhokama  qilishni  tashkil  etishning  talabalar  tomonidan  bajarilib 
borishi  va  natijalarini  tahlil  qilish,  kelgusida  egallanishi  mumkin 
bo’lgan malakalarni takomillashtirish bo’yichavazifa qo’yish.
 
Muammoli  tipdagi  amaliy  mashg’ulotlarni  tashkil  etish  quyidagi 
bosqichlarni o’z ichiga oladi:
 

 
muayyan    toifadagi    vazifalarning    yechilish    metodikasini 
ishlab chiqish uchun zarur bo’lgan bilimlarning talabalar tomonidan 
o’zlashtirilishini nazorat qilish;
 

 
yechilish  metodikasini  ishlab  chiqishni  ko’zda  tutgan  yangi
 
vazifalarni qo’yish;
 

 
qo’yilgan vazifaning yechilish metodikasini ishlab  chiqishga
 
qaratilgan talabalarning fikrlashga urinishlarini tashkil etish;
 

 
talabalar  ishlarining  natijalarini  tahlil  qilish,  metodikani 
ishlab chiqish jarayonida yuzaga kelgan qiyinchiliklarni guruh bo’lib 
muhokama qilish, uning sabablari va uni yengish usullarini aniqlash. 
Amaliy  vazifa  va  muammolarni  yechishdagi  talabalarning  umumiy 
faoliyatini tashkil etishning samarali shakli tadbirkorlik  o’yinlaridir. 
Ma’lumki, tadbirkorlik o’yinlari talabalarning  jamoav iy  faoliyatini 
tashkil  etishni  bildiradiki,  bu  jarayonda  uning  bo’lg’usi  kasbiy 
faoliyatining ashyoviy va ijtimoiy  mazmuni  yaratiladi. Tadbirkorlik 
o’yinlarining  pedagogik  samaradorligi  natijasi  ko’p  jihatlardan 
o’yinning  ssenariysini  ishlab  chiqish  uning  tayyorlanish  sifati  bilan 
belgilanadi.  Tadbirkorlik  o’yinlari  talabani  amaliy  tayyorlashning 
pedagogik  vazifalari  tizimini  yechishga  qaratilgan  bo’lishi  lozim. 


223
 
 
Bularga birinchi navbatda: real kasbiy faoliyat sharoitida qo’llanadigan 
amaliy malaka va ko’nikmalarni shakllantirish; amaliy  vaziyatlar  va 
shunga mos harakat usullarini ishlab chiqishni tahlil qiladigan fikrlash
 
qobiliyatlarini shakllantirish; guruh (jamoa) faoliyatida faol ishtirok
 
etishini ta’minlaydigan qobiliyatlarni shakllantirish taalluqlidir.
 
O’yinning  mazmuni  va  tuzilmasi  shunday  shakllanishi  va 
shunday tuzilishi kerakki, shunga mos malaka va qobiliyatlar har bir 
ishtirokchida butun o’yin davomida shakllansin. O’yinning pedagogik 
vazifalari ssenariyda aniq aks etishi shart.
 
O’quv  vaziyatini  modellashtirish  bo’yichatadbirkorlik  o’yinlarini 
tayyorlashda murakkab amaliy vazifalarni va muammolarni yechishga 
qaratilgan kasbiy faoliyat mazmuni tanlanadi. Bunda mos vazifalarni 
tahlil  qilib  chiqish,  uni  yechishda  ishtirok  etadigan  rahbarlar  va 
ijrochilarni, ularning vazifalari, o’zaro munosabatlari tartibi, vazifani 
samarali yechishning ibtidosi, bosqichlari va me’yorlari, unga kerak 
bo’ladigan  texnik  vositalar,  me’yoriy  hujjatlar,  ma’lumotnoma, 
metodik va boshqa manbalarni aniqlash zarur.
 
O’quv  jarayonini  takomillashtirish  metodlari  muammoli  o’qitish 
jarayonida  samaradorligi  bilan  alohida  ahamiyatga  ega.  Ulardan 
talaba-ijodkor – bo’lg’usi mutaxassisni shakllantirish nuqtai nazardan 
foydalanish  maqsadga  muvofiqdir.  Bunday  o’qitishda  talabalarning 
bilish mustaqilligini shakllantirish va rivojlantirish katta ahamiyatga 
ega,  chunki  u  talabalarda  bilimga  bo’lgan  barqaror  qiziqish 
shakllanganligini, tashabbus va mustaqil faoliyatning muntazamligini, 
muayyan aqliy harakatlar va aqliy sifatlar tizimini ko’zda tutadi.
 
Ma’lumki, bilish talabalarning tushunishi uchun bo’lgan aniq fan 
sathida boshlanar va bu bosqichga uning rivojlanishi, qobiliyati mos 
kelishi, tabiat jarayonlari va hodisalarining ichki mohiyati va haqiqiy 
mazmuniga yetish va shu tariqa asl ilmiy bilimlar o’zlashtirilar ekan, 
bu  o’rinda  o’qitishning  faol,  muammoli-ijodiy  metodlarini  qo’llash 
zarur.  Vazifa  ilmiy  bilimlarni  egallash  jarayonida  o’z-o’zidan  hal 
bo’lmaydi.  Uning  yechilishi  tafakkurni  maxsus  mashq  qildirishga 
jalb  etadi.  Shu  ma’noda  gap  o’quvmaterialini  o’rganishning 
muayyan obrazi, tashkiliy, pedagogik maqsadga muvofiqligi jarayoni, 


224
 
 
fikrlashning faol taraqqiy etib borishi, bilish faolligi va talabalarning 
mustaqilligi haqida boradi.
 
Demak, muammoli o’qitishbu o’qitishning pedagogik texnologiyasi
 
bo’lib,  o’zining  mazmuni  va  tuzilmasi  bo’yichao’qituvchiva 
talabaning  ijodiy  jarayonlarini  sintezlaydi.  Muammoli  o’qitishda 
pedagogik  faoliyatning  xususiyatlari  o’quvaxborotlari  mazmunini 
muammoli  vazifalar  va  muammoli  vaziyatlarga  ko’chirish  orqali 
maqsadlarni  oydinlashtirish jarayonidan iborat  bo’ladi. Ijodiy  o’quv 
faoliyati muammoli o’qitishning asosiy qoidasini saqlagan holda
 
–  ma’lum  darajada  harakatlarga  erkinlik  berish  va  bu  harakatlarni 
bilish  jarayonining  butun    tuzilmasi    tizimida    tartibga    tushirish 
bilan  boshqariladi.  Muammoli  o’qitishdan  foydalangan  holdagina 
talabalarda o’quvmuammolari va kasbiy vazifalarini yechishda ilmiy 
tekshirish jihatdan yondashuvni tarbiyalash, mustaqil bilish malakasi 
va metodlarini shakllantirish mumkin. Muammoli o’qitishni qo’llash 
ijodkorlik va kasbiy  mahoratni  rivojlantirishga psixologik va kasbiy 
tayyorligini shakllantiradi.
 
 

Download 2,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   238   239   240   241   242   243   244   245   ...   323




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish