6.3.
Hamkorlikda o’qitish texnologiyasi
Hamkorlik pedagogikasi XX asrning 80-yillarida rivojlana boshladi
va ta’limdagi ko’pgina innovatsion jarayonlarni hayotga chorladi. Bu
texnologiya negizida taniqli rus va chet el pedagoglarining tajribasi
yotadi. Ular K.D.Ushinskiy, N.P.Pirogov, L.N.Tolstoy, J.J.Russo,
Ya.Korchak, K.Rodjers, E.Bern, S.T.Shatskiy, V.A.Suxomlinskiy va
boshqalardir.
Mumtoz pedagogik qarashlar nuqtai nazaridan o’qituvchi-
pedagogik jarayonning subyekti, o’quvchi esa obyekti, deb
hisoblanadi. Hamkorlik pedagogikasida esa o’quvchi o’z o’quv
faoliyatining subyekti tarzida qaraladi. Bunda o’qituvchiva o’quvchi
pedagogik jarayonning subyektlari sifatida tenglashib, hamkorlik
pedagogikasi jarayoni tashkil bo’ladi. Ular o’zaro hamkor, hamfikr,
hamdo’st,
hamijodkor,
hamishtirokchi,
hamdard
va
hamboshqaruvchi tarzida faoliyat yuritadilar.
225
Hamkorlik munosabatlari o’qituvchilar orasida, ma’muriyat bilan,
o’quvchilar va o’qituvchilar jamoalari bilan, rahbarlar, ota-onalar va
keng jamoatchilik orasida ham o’rnatiladi.
Hamkorlik pedagogikasi o’quvchining ta’lim-tarbiya olish
motivlarini rivojlantirib borish orqali hamda o’quv-tarbiya jarayonini
insonparvarlashtirish tamoyillarini amalga tatbiq qilgan holda yuqori
sifat va samaradorlikka erishishni ta’minlaydi.
Hamkorlik
pedagogikasi
–ta’lim beruvchilar va ta’lim
oluvchilarning uzaro muloqotiga asoslangan shaklda ta’lim berishga
yo’naltirilgan tizim.
Hamkorlik pedagogikasi o’quvchining ta’lim-tarbiya olish
motivlarini rivojlantirib borish orqali hamda o’quvtarbiya jarayonini
insonparvarlashtirish tamoyillarini amalga tatbiq qilgan holda yuqori
sifat va samaradorlikka erishishni ta’minlaydi.
Hamkorlik pedagogikasi 4 ta asosiy yo’nalish bo’yichaamalga
oshiriladi:
shaxsga inson, shaxs sifatida yondashuv;
dialektik faollashtiruvchi va rivojlantiruvchi majmua;
tarbiya konsepsiyasi;
atrof-muhitni ta’lim-tarbiyaga moslash;
Jamiyat har bir fuqaroning ta’lim-tarbiya va bilim olishini
ijtimoiy zaruriyat, deb hisoblaydi. Atrof-muhitni, ya’ni jamiyatni
pedagogizatsiyalash har bir fuqaroning ta’lim-tarbiya olishi zarurligini
ifodalaydi. Chunki ta’lim-tarbiya samaradorligi, ya’ni ijobiy natijasi
jamiyat taraqqiyotini ta’minlovchi omillaridan biri sanaladi. Shuning
uchun ham hozirgi kunda mamlakatimizda jamiyatni pedagoglashtirish
ijtimoiy buyurtma sifatida jadal sur’atlar bilan amalga oshirilmoqda.
Bugungi kunda biz ulkan pedagogik merosga egamiz. Hamkorlik
pedagogikasi bu merosda “Ustoz-shogird” an’anasi ko’rinishida
ifodalangan. Unga ko’ra, ustoz shogirdiga kuchaytirilgan tarzda ta’lim
va tarbiya beradi. Tarixdan ma’lumki, bu jarayonda ota-ona yoki katta
yoshli oila a’zolari ta’lim jarayoniga aralashmagan. Natijada ustoz va
shogird o’rtasida o’zaro ishonch va sadoqat tarkib topgan. Shu sababli
manbalarda ustoz va shogirdga nisbatan bir talay talablar qo’yilgan.
226
Sharq mutafakkirlari va allomalarining ijodiy meroslarida o’qituvchi-
tarbiyachi mahorati, ustoz-shogird an’analariga ham alohida o’rin
berilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |