5.2.2. Hayvonlarning tullashi natijasida hosil bo'ladigan
nuqsonlar
Soch qoplamining siyraklanishi - bahorgi tullash boshlanishi munosabati bilan to'kilgan, me'yordagi miqdorga nisbatan sochi kamaygan tericha qismlaridir. Ushbu nuqson kech qish, erta bahor va bahorda ovlangan, soch qoplami o'ta pishgan hayvonlar terichalariga xos. Shu bilan birgalikda bunday terilar sochining yaltiroqligi zaif bo'ladi.
147
Bu nuqson hamma momiq mo'ynali hayvonlarda kuzatiladi.
O'q sochning shikastlanishi - qoplovchi tuklar yuqori qismining shikastlanish, o'q sochlar uchining bo'lmasligidir. Ushbu nuqson kech qish, erta bahor va bahorda soch qoplamining mexanik shikastlanishi natijasida hosil bo'ladi. Odatda shimol * tulkisi, oddiy tulkiva bo'rilarningsag'risida kuzatiladi.
Soch qoplamining chigallanishligi
fflr" | (namatlanganligi) - jun qoplamining
33-rasm. Tama'a namatga o'xshab yopishib ketgach, tarab
yoki titib bo'lmaydigan holga kelgan chigali. Bu nuqson ko'proq soch qoplami o'ta pishgan va siyraklashgan, uzun sochli momiq mo'ynali hayvonlarning terichalarida uchraydi, bahorgi tullash alomatlarining biri hisoblanadi.
Jun qoplamining taqiri - mexanik shikastlanishlar oqibatida terilarning ayrim joylarida jun qoplamining umuman yoki qisman yo'qligi, ko'proq jun qoplami o'ta pishgan hayvonlarda kuzatiladi va bahorgi tullash alomatlaridan biri hisoblanadi (31-rasm).
Yozgi soch tullamagan qismlari - qishki soch qoplamasida yozgi soch qoldiqlari (kuzgi tullash oxirida). Faqat norka tenlarida nuqson sifatida hisobga olinadi. Boshqa turlarda (olmaxon, quyon, tulki va boshqa) yozgi soch qoldiqlari terilar navining belgilovchi alomatlardan biri hisoblanadi.
Mexanik shikastlanishlar oqibatida hosil bo'ladigan nuqsonlar - bularga tirnalish, tamg'a, terming shox tekkan joyi, teridagi tishlangan joylar, jun qoplami taqiri, jun qoplami chaqasi, chandiq, qamchilar kiradi. Tirnalish - teri yuzining mexanik shikastlanishidir (32- rasm). Tirnalish odatda hayvonlar o'zini-o'zi qashlaganda, qo'ylarning juni ehtiyojsizlik bilan olinganda, echkilarning tivitini tarab olishda hosil bo'ladi. Yuzaki sidirilganjoy terida sezilarli o'zgarishlarqoldirmay tezda bitib ketadi. Chuqur sidirilgan joylar esa terida chandiq ko'rinishda namoyon bo'ladi. Bitmagan tirnalishlar to'q-jigarrangdagi
148
34-rasm. Jim qoplami 35-rasm. Naval,
chaqasi.
po'stloq bilan qoplangan, po'stloqning qalinligi shikastlanishning chuqurligiga bog'liq. Cho'chqa terilarida tirnalishlar yirik shoxli mollar terisiga nisbatan siyrak namoyon bo'ladi. Terilarni navlarga ajratishda bitgan tirnalishlar, chandiqlar va bitmagan tirnalishlarni farqlay olish muhim ahamiyatga ega. Chuqur tirnalishlar nuqson sifatida, uzunligi va maydoni bo'yicha, chandiq-mexanik yuz buzilishi sifatida hisobga olinadi.
Tamg'a - kuydirish, bo'yoq surtish, qirqish va boshqa usullar bilan hayvonning teri qoplamiga harflar, raqamlar yoki boshqa shartli belgilarni qo'yishdir (33-rasm). Kuydirilgan joyda soch o'smaydi, teri to'qimasi esa chandiqqa aylanadi. Bu holat ishlab chiqariladigan teri sifatini pasaytiradi.
Chandiq - hayvon tirik vaqtida terisining chuqur tirnalishi, yara chiqishi, harakatlanishi va boshqa zararlanishlardan keyin bitib o'rnida qolgan nuqson.
Do'stlaringiz bilan baham: |