Saodat sadirova


Teri qavatlari bo'yicha koUagenning miqdori



Download 1,79 Mb.
bet17/133
Sana31.03.2022
Hajmi1,79 Mb.
#521535
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   133
Bog'liq
Чарм ва мўйна хомашиёларига дастлабкишлов бериш

Teri qavatlari bo'yicha koUagenning miqdori


Teri

Qavat

Quruq

Teri

Qavat

Quruq

tomon-




teri massa-

tomon-




teri massasi-

lari




sidan % hisobida koUagenning miqdori

lari




dan % hisobida koUagenning miqdori




1-chi

54




7-chi

89




2-chi

65




8-chi

95

Sirt

3-chi

67

Mezdrali

9-chi

86




4-chi

88




10-chi

85




5-chi

89




11-chi

85




6-chi

85




12-chi

87

Kollagen aminokislotalarining o'ziga xos navbatlarining ketma-ketligi mavjudki, bu uning dastlabki strukturasi deyiladi. Masalan, koUagenning polipeptid zanjirida glitsin har uchinchi o'rinni egallaydi va boshqa aminokislotalarga nisbatan eng ko'p miqdorda (30 % atrofida) bo'ladi. Shuningdek, prolin va oksiprolinning birgalikdagi ulushi ham aminokislotalarning umumiy miqdoridan 1/3 qismiga to'g'ri keladi. KoUagenning aminokislotali tarkibining farqli xususiyatlaridan yana biri oltingugurt saqlagan aminokislotalarning deyarli yo'qligi hisoblanadi.
Kollagen strukturasining murakkabligi tufayli, u dastlabki, ikkilamchi, uchlamchi va to'rtlamchi strukturalarga bo'linadi.
Kollagen tarkibidagi suv, uning strukturasi va xossalariga muhim ta'sir ko'rsatadi. Namlik miqdoriga qarab, kollagen strukturasiga xos bo'lgan
36
bir qator ko'rsatkichlar o'zgaradi. Namlik ta'sirida kollagenning o'zgarishini o'rganish nazariy hamda amaliy ahamiyatga ega, chunki charm va mo'yna xomashyosiga ko'pgina texnologik ishlov berishlar asosida kollagenning suv bilan o'zaro ta'siri yotadi. Yangi shilingan terida o'zining massasidan 55-75 % miqdorda suv bo'ladi. Olib borilgan tadqiqotlar natijasiga muvofiq turli hayvonlarning dermasida namlik miqdori har xil bo'lib, hayvonning turi, zoti, yoshi va hokazolarga bog'liqdir.
Har xil hayvonlar terisining dermasida namlik miqdori, 100 g quruq moddaga g hisobida:
Upuka 305
Buqacha terisi 243
Sigir terisi 220-227
Ho'kiz terisi 206
Cho'chqa terisi 190
Axtalangan cho'chqa terisi 132
Kollagen ko'pchilik boshqa oqsillarga nisbatan ancha ko'p miqdorda suvni yutish qobiliyatiga ega bo'lgan oqsil hisoblanadi.
Oqsillar tarkibidagi namlik, 100 g quruq moddaga g hisobida:
Kollagen 220
Elastonden 150
Keratin 40
Ipak fibroini 32
Retikulin 30
Elastin 25
Kollagen yutgan bir qism namlik uning strukturasida mahkam saqlanadi va unda ma'lum o'zgarishlarni keltirib chiqaradi. Ushbu namlik gidratatsion yoki kimyoviy bog'langan namlik deyiladi. Kollagen bilan kimyoviy bog'langan namlik o'ziga xos xususiyatlarga ega: 20 °C haroratda muzlamaydi, oqsilga issiqlik chiqarish va kollagen - suv sistemasining umumiy hajmini kamaytirish bilan birikadi, boshqa moddalarni eritish qobiliyatini yo'qotadi. 100 g mutloq quruq kollagenga 20 g dan 75 g gacha kimyoviy bog'langan namlik to'g'ri keladi. Kollagen yutgan namlikning kattagina qismi bo'kish namligi, kapillyar yoki erkin namlik deb nomlanadi.
37
Bu namlik o'zining xossalari bo'yicha odatdagi namlikdan farq qilmaydi, oqsil yutganda uning hiyla bo'kishiga sabab bo'ladi. Bo'kish namligi kollagenni makra va mikro strukturasining tolali elementlari orasiga joylashib, hamma g'ovaklarni to'ldiradi. Havoning nisbiy namligi oshganda va harorat pasayganda kollagen yutgan absolyut namlik miqdori oshadi. Ko'pgina boshqa oqsillar va materiallarga nisbatan ko'p miqdorda suvni yutish qobiliyati, kollagenning qimmatli xossasi hisoblanadi. Bu xususiyat, ayniqsa, charm va mo'ynadan tayyorlangan buyumlardan foydalanishda namoyon bo'ladi.
Namlik kollagen xossalariga muhim ta'sir ko'rsatadigan zaruriy komponent hisoblanadi. Uning to'liq bartaraf etilishi kollagen strukturasining qaytmas o'zgarishlariga sabab bo'ladi.
Teri namunasi suvda qizdirilganda, avval burishadi, so'ngra o'zining dastlabki uzunligidan taxminan 1/3 qismiga qisqaradi. Ushbu holat qizdirish vaqtida kollagen tolalarining qisqarishi bilan tushuntiriladi. Namunaning xuddi shunday o'zgarishi ro'y beradigan harorat, pishish harorati deyiladi. U kollagenning strukturali o'zgarishlarini ancha to'liq tavsiflaydi. Oson aniqlanishi tufayli pishish harorati charm va mo'yna ishlab chiqarishda texno kimyoviy nazoratni olib borish uchun keng tarqalgan ko'rsatkich hisoblanadi. Pishish jarayoni qizdirish harorati va davomiyligi, namunaning o'lchami va qaysi yo'nalishda qirqib olingani hamda suyuqlik tarkibiga bog'liq bo'lib, ushbu omillarni o'zgartirib, uni boshqarish murnkin.
Pishish kollagen strukturasining tartibliligi yo'qolishiga va fermentlar, kislotalar, ishqorlar va hokazolar bilan o'zaro ta'sir etish xossasining oshishiga olib keladi. Pishish haroratidan past haroratda uzoq vaqt mobaynida qizdirishda ham pishish haroratida ro'y bergan o'zgarishlar kabi o'zgarishlar sodir bo'ladi. Ushbu salbiy hodisalar charm va mo'yna xomashyosini noto'g'ri konservalash va saqlash oqibatida ro'y berishi mumkin va uni ivitish - kullash jarayonlarida teri sifatini sinchiklab nazorat etilganda payqash mumkin.
Kollagen strukturasidagi molekulyar bog'laming buzilishi, pishish haroratini pasaytiradi. Kollagenni noorganik (yod, kalsiy va bariy tuzlari, ishqorlar, kislotalar va hokazo) va organik (mochevina) moddalari bilan ishlov berish oqsil strukturasidagi molekulalararo bog'laming buzilishini
38
keltirib chiqaradi, burning natijasida pishish harorati pasayadi. Dermaga kollagen strukturasidagi bog'lar miqdorini oshiruvchi moddalarni sun'iy ravishda kiritish (oshlash), pishish haroratining oshishiga olib keladi.
Dermaning mustahkamligi kollagen tolalari bog'lamlarining qalinligi va xossalari, ularning holati va o'zaro joylanishiga bogiiq. Shuningdek, bunda dermaning boshqa tarkibiy qismlari, strukturaning bo'linganligi va ho'llanish darajasi ham ma'lum miqdorda ahamiyatga ega. Yirik shoxli mol terilarining dermasida kollagen bog'lamlari (qalinligi 20-40 mkm), alohida tolalar (qalinligi 5-10 mkm) va nihoyat kollagen fibrillalari (qalinligi 0,1-2 mkm) tafovut etiladi.
Kollagen tolalari boshqa tolali materiallarga nisbatan o'zining mustahkamligi bilan ajralib turadi. Namlik kamroq bo'lgan tolalarning cho'zilishdagi mustahkamlik chegarasi va uzayishi uncha katta emas, chunki bu holatda struktura elementlarining bir-biriga nisbatan siljishi juda ham kam, shuning uchun kuch ostida qolgan tolani, struktura elementlarining bir qismi boshqa struktura elementlarining to'g'rilanishga ulgurib, bir qism kuchni o'ziga qabul qilishiga nisbatan barvaqt uziladi. Ma'lum chegaragacha tolalar namligini oshirish, struktura elementlarining oriyentatsiyalanish darajasi va ularning o'zaro siljishini oshiradi. Bunda tolaning struktura elementlari bir-biriga nisbatan sirpanish imkoniyatiga ega bo'ladi, bu esa kuchning hamma tolalar bo'yicha tekis taqsimlanishiga ko'maklashadi va o'z navbatida uzilishda kuchni va uzayishini oshirish imkonini beradi.
To'liq ho'llanishga erishilganda, tolalar mustahkamligi susayadi, bu molekulalarning o'zaro ta'sirining kuchsizlanishi bilan bog'liq. Dermaning mexanik xossalari, alohida tolalarning mexanik xossalaridan farq qiladi.

Download 1,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish