Saodat sadirova


Dermaning hujayrali elementlari



Download 1,79 Mb.
bet5/133
Sana31.03.2022
Hajmi1,79 Mb.
#521535
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   133
Bog'liq
Чарм ва мўйна хомашиёларига дастлабкишлов бериш

1.1.1. Dermaning hujayrali elementlari
Hujayra plazmatik membrana (qobiq) bilan o'ralgan protoplazma va unda joylashgan yadrodan tashkil topgan. Epidermisdan farqli ravishda derma nisbatan ko'proq miqdorda oqsillar, yog'lar va uglevodlarning almashinuvini ta'minlovchi hujayralarni saqlaydi. Ulardan tolali strukturalar biosintezi kechadigan fibroblastlar muhim ahamiyatga ega. Fibroblastlar dermada yakka hujayralar yoki to'da ko'rinishida uchraydi. Bunda to'da ko'rinishdagilari ko'proq qon tomirlari, soch piyozchalari va boshqa gistologik strukturalar yaqinida jamlanadi. Yakka hujayralar odatda tola bog'lamlari oralig'ida yoki bog'lamlar ichida alohida tolachalar orasida joylashadi.
Ular turli-tuman noto'g'ri shakllarga ega. Odatda fibroblastlarning qobig'i bo'lmaydi va protoplazma har xil yo'nalishlarda butoqchalarni hosil qiladi. Bir hujayraning butoqchalari ikkinchisining butoqchalari
11
bilan birikadi va tarmoqlanib, birikuvchi to'qimaning uzun, o'ralib ketuvchi tolalarini hosil qiladi.
Protoplazma shaklsiz yarimoquvchaa modda ko'rinishida bo'lib, u birikuvchi to'qima tolalari va ularning bog'lamlari botgan muhitni (bo'shliqni) to'ldiradi. G'uddali qavatdagi tolalararo moddaning miqdori, to'rli qavatga nisbatan 10 marta ko'p.
Hayvonning shikastlanmagan dermasida joylashgan hujayralar hayot faoliyatini namoyon etmaydi. Teri qoplamasi hayvonning tirikligida shikastlansa (kesik, tirnalish, chaqa) hosil bo'lgan yara atrofida hujayralarning jamlanishi yuz beradi. Ular yarani bitishi uchun zarur bo'lgan tolali moddalarni ajratib chiqaradi. Yaralarning bitish mexanizmini o'rganish teri yoki tayyor charmdagi u yoki bu nuqsonlarning kelib chiqishi va tabiatini aniqlash imkonini beradi.
Agar teridagi tekshirilayotgan nuqson hayot davridagi nuqson bo'lsa, unda dermaning ushbu qismidan olingan kesimni tahlil etganda, mikroskop ostida hujayralar to'dasini kuzatish mumkin. Agar tahlil etiladigan namunaning kesimida shikastlanish atrofida hujayralar to'dasi kuzatilmasa, unda ushbu nuqson o'lgandan keyingi nuqson deb xulosa chiqarish mumkin. Mazkur usuldan foydalanib, bahsli holatlarda ehtiyoj choralarini ko'rish maqsadida yalpi shikastlanish (hayot davridagi yoki o'lgandan keyingi xomashyo nuqsoni yoki ishlab chiqarish nuqsoni) tabiatini aniqlash mumkin.
Hujayrali elementlardan dermada, shuningdek, makrofaglar, bulutli, pigmentli va boshqa hujayralar uchraydi. Makrofaglar fibroblastlarga o'xshaydi, ammo ular aniq ifodalangan yulduzsimon yoki urchuqsimon shaklga ega. Makrofaglar to'qimalarning yalligiangan joyiga ko'chishi, o'lgan hujayralar zarrachalarini yoki sun'iy kiritilgan moddalarni bosib olish va hazm qilish qobiliyatiga ega. Ular go'yo sanitarlar vazifasini bajaradi. Bulutli hujayralar, odatda yumaloq shaklga ega. Pigmentli hujayralar dermada nisbatan kam uchraydi, teri qoplami rangining hosil bo'lishida ma'lum rol o'ynaydi.
Hujayrali elementlar bo'kadi va xomashyoga ishlov berishda, ayniqsa, teri ishlab chiqarishning tayyorlov jarayonlarida qisman buziladi.
Hujayralararo modda gelga o'xshash strukturasiz massa ko'rinishida bo'lib, ba'zan uni asosiy yoki sementlovchi modda deb yuritiladi.
12
Hujayralararo modda hujayralarida sintez qilingan polipeptid zanjirlardan kollagenning fibrillalari hosil bo'lishida ma'lum rolni bajaradi, deb taxmin qilinadi. Hujayralararo modda (rivojlanishning birinchi bosqichida suyuq) vaqt o'tgan sayin yanada quyuqlashib, qisman qotadi. Shu bilan tolali elementlarning birikishida go'yoki ishtirok etadi. Hujayralararo modda tarkibiga quyi molekulyar moddalar, polisaxaridlar va oqsillar, shuningdek, oqsillarning polisaxaridlar bilan kompleks birikmalari kiradi.

Download 1,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish