3. Bilimlar muhandisining vazifalari.
Bilimlar injeneri - bu SI tizimini ishlab chiqishdagi ko‘nikmaga ega va ETni qanday tuzishni biladigan odam. U ekspertdan so‘raydi va BBdagi bilimlarni tashkillashtiradi.
Instrumental muxitni loyixalashga ET dasturlash tili va qo‘llab quvvatlovchi muhit(u orqali foydalanuvchi ET bilan o‘zaro ta’sirlashadi)dan iborat.
4. ET loyihalanishining instrumental muhitiga nimalar kiradi?
“Ekspert tizimlar” sinfi hozirda bir necha minglab dasturiy to’plamlarni o‘z ichiga olib, ularni turli kritetiyalar asosida sinflash mumkin.
Masalani yechishiga qarab sinflash
Ma’lumotlarni interpretatsiyalash. Bu ekspert tizimlari uchun ananaviy vazifalardan biridir. Interpretasiya ostida ma’lumotlar ma’nosini aniqlash tushuniladi, uning natijasi o’laroq to’g‘rilanadi va moslashitiriladi. Odatda ko‘pvariantli tahlil nazarda tutiladi.
Diagnostika. Bu ma’lum bir tizimdagi xatolikni aniqlash tushuniladi. Xatolik - bu normal holatdan og‘ish. Bunday tavsif umumiy nazariy jihatdan texnik tizimlarda jihozlarning buzuqligidan tortib tirik organizmlarning kasalligi va turli tabiat anomaliyalarini qurish imkonini beradi.
Asosiy xususiyati bu diagnostika qilinayotgan tizimni funksional strukturasini (“anotamiyasi”) tushunish zarurati hisoblanadi.
Monitoring. Monitoringni asosiy vazifasi - real vaqtda ma’lumotlarni uzluksiz interpretatsiyasi va ma’lum parametrlarni belgilangan chegaradan chiqishi haqida signal berish. Asosiy muammo - xavfli holatni "o‘tkazib yuborish" va "yolg‘on" xavfli holat haqida signal berish. Bu muammolarning murakkabligi xavfli holatlarning belgilarini aniq emasligi va vaqtni e’tiborga olish zarurati.
Loyihalash. Loyihalash oldindan aniqlangan xususiyatli “ob’ekt lar”ni yaratishga tayyorlash. Tayyorlash asboblari sifatida barcha chizmalar, tushuntirish hujjatlari misol bo’la oladi. Bunda asosiy muammo ob’ekt ni aniq strukturolovchi bilimlar olishda va “is” muammosi. Unumli loyihalashni tashkillashtirish uchun va qayta loyihalshda faqat loyihalash yechimlarini shakklantiribgina qolmasdan, balki ularni qabul qilish sabablarni shakllantirish zarur. Loyihalash masalalarida ekspert tizimi doirasida bajariluvchi ikki asosiy jarayon bog‘lanadi: yechimni chiqarish jarayoni va tushuntirish jarayoni.
Bashorat qilish. Bashorat qiluvchi tizimlar mantiqan joriy holatlardan kelib chiquvchi oqibatlarni keltirib chiqaradi. Bashorat qiluvchi tizimda odatda parametrik dinamik model qo’llanilib, parametrlar qiymati berilgan holatga moslashtiriladi. Bu modeldan kelib chiquvchi oqibatlar, ehtimolliklar asosida bashoratlarni tuzadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |