«Sanoatni axborotlashtirish» fakultеti «Informatika va axborot tеxnologiyalari» kafеdrasi


I BOB. Tabiiy gazni tozalash jarayonlari texnologiyalari va texnikasi



Download 0,72 Mb.
bet3/13
Sana09.07.2022
Hajmi0,72 Mb.
#764381
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Boshqaruv nazariyasi kurs ishi

I BOB. Tabiiy gazni tozalash jarayonlari texnologiyalari va texnikasi.

1.1.Tabiiy gaz haqida umumiy malumotlar.Tabiiy gazni vodorod sulfiddan tozalash jarayoni va qo`llaniladigan jihozlar.


Tabiiy gazlar, neft va toshko'mir —uglevodorodlarning asosiy manbalari hisoblanadi. Tabiiy gaz tarkibida m olekular massasi kichik bo'lgan uglevodorodlar bo'ladi. Uning taxminiy tarkibi (hajm jihatdan) quyidagicha: 80 — 98% m etan, 2 — 30% uning eng yaqin gomologlari — etan, propan, butan va ozroq miqdorda aralashmalar — vodorod sulfid, azot, nodir gazlar, uglerod (IV) oksid va suv bug'lari. Masalan, Stavropol konidan chiqadigan gaz tarkibida 97,7% metan va 2,3% boshqa gazlar, Saratov konidan chiqadigan gazda — 93,4% metan, 3,6% etan, propan, butan va 3% yonmaydigan gazlar bo'ladi.


Odatda, neftda erigan holda bo'ladigan va uni qazib olishda ajralib chiqadigan yo'ldosh gazlar ham tabiiy gazlar jumlasiga kiradi. Yo'ldosh gazlar tarkibida metan kamroq, lekin etan, propan, butan va yuqori uglevodorodlar ko'proq bo'ladi. Bundan tashqari, ular tarkibida neft konlariga aloqador bo'lmagan boshqa tabiiy gazlardagi kabi qo'shimchalar, chunonchi: vodorod sulfid, azot, nodir gazlar, suv bug'lari, karbonat angidrid bo'ladi.
Ilgari yo'ldosh gazlar ishlatilmas va neft qazib olishda mash’ala usuli bilan yondirib yuborilar edi. Hozirgi vaqtda ularni tutib qolishga va yoqilg'i sifatida ham, qimmatli kimyoviy xomashyo sifatida ham foydalanishga harakat qilinmoqda. Yo'ldosh gazlardan, shuningdek neftni krekinglashda olinadigan gazlardan past temperaturalarda haydash yo'li bilan alohida-alohida uglevodorodlar olinadi. Propan va butandan degidrogenlash yo'li bilan to'yinmagan uglevodorodlar — propilen, butilen va butadiyen olinadi, so'ngra ulardan kauchuk va plastmassalar sintez qilinadi.
Tabiiy gazdan issiqlik berish xususiyati yuqori bo'lgan (1 m3 gaz yoqilganda 54 400 kJ gacha issiqlik chiqadi) arzon yoqilg'i sifatida foydalaniladi. Bu turmush va sanoat ehtiyojlari uchun ishlatiladigan yoqilg'ilarning eng yaxshi turlaridan biridir. Bundan tashqari, tabiiy gaz kimyo sanoati uchun qimmatli xomashyo hisoblanadi.
Tabiiy gazlarni qayta ishlashning ko'p usullari ishlab chiqilgan. Qayta ishlashdan asosiy maqsad — to'yingan uglevodorodlarni ancha aktiv — to'yinmagan uglevodorodlarga aylantirishdan iborat, so'ngra to'yinmagan uglevodorodlar sintetik polimerlarga (kauchuk, plastmassalarga) aylantiriladi. Bundan tashqari, uglevodorodlarni oksidlanish yo'li bilan organik kislotalar, spirtlar va boshqa mahsulotlar olinadi.
Keyingi yillarda toshko'mir, torf va slaneslarni qayta ishlash yo'li bilan gaz ishlab chiqarish ancha ko'paydi. Ko'mir ham tabiiy gazlar va neft singari energiya manbayi va qimmatli kimyoviy xomashyo hisoblanadi.
Toshko‘m irni qayta ishlashning asosiy usuli — kokslash (quruq haydash)dir. Kokslashda (havosiz joyda 1000 — 1200 °C da' qizdirishda) turli xil mahsulotlar: koks, toshko‘mir smolasi, ammiakli suv va koks gazi olinadi. Koks gazining taxminiy tarkibi: 60% vodorod, 25% metan, 5% uglerod (II) oksid, 2% azot (IV) oksid, 2 % etilen va 2 % boshqa gazlar.
Koks gazi koks pechlarini isitish uchun ishlatiladi (uning 1 m3 yonganda 18000 kJ ga yaqin issiqlik chiqadi), lekin u asosan kimyoviy qayta ishlanadi. Masalan, undan azotli o ‘g‘itlar olish uchun foydalaniladigan ammiak sintez qilish uchun vodorod ajratib olinadi.
Toshko‘mir smolasi aromatik uglevodorodlar manbayi hisoblanadi. U rektifikatsion usulda haydaladi va benzol, toluol, ksilol, naftalin, shuningdek, fenollar, azotli birikmalar va b. olinadi. Qoramoy — smola haydalgandan keyin qolgan quyuq qora massadan elektrodlar va tomga yopiladigan tol tayyorlash uchun foydalaniladi.
Tabiiy gazlar tarkibidan vodorod sulfidni yoki oltingugurt birikmalarini ajratib olishda qo‘llaniladigan jarayonlarning qo‘llanilishi tozalanayotgan tabiiy gaz tarkibidagi nordon komponentlar miqdori, tarkibi va xom-ashyo gazining parametrlari, talab qilinadigan tozalanish darajasi va tovar gazning foydalanish sohasi, qo‘llaniladigan texnologiyalar uchun energiya resurslarining mavjudligi, ishlab chiqarish chiqindilari tavsifnomalari va shunga o‘xshash ko‘plab omillarga bog‘liqdir.
Tabiiy xom-ashyo gazini tozalashda jahon amaliyotida sanoat miqyosida katta oqimdagi gazlarni tozalash uchun eng ko‘p qo‘llaniladigan va texnologik jihatdan ishonchli amalga oshiriladigan usul kimyoviy va fizik absorbsiyalarga hamda ularning kombinatsiyalariga asoslangan absorbsion usullar hisoblanadi. Oksidlovchi va adsorbsion usullar esa odatda unchalik katta bo‘lmagan oqimdagi gazlar va tabiiy galar tarkibida nordon gazlarning miqdori kam bo‘lgan hollarda qo‘llaniladi.
Hozirgi paytda sanoat miqyosida tabiiy gaz tarkibidan nordon gazlarni ajratib olish uchun qo‘llanilayotgan texnologiyalar turli xildagi jarayonlarga asoslangan bo‘lib ularni asosan quyidagi turlarga ajratish mumkin:
* absorbentning faol sirti bilan H2S va CO2 larning o‘zaro kimyoviy ta’siriga asoslangan xemosorbsion jarayonlar;
* nordon komponentlarning organik yutuvchilarda aralashuvchanligi hisobiga sodir bo‘ladigan fizik absorbsion jarayonlar;
* bir vaqtning o‘zida kimyoviy va fizik bituvchilarning qo‘llanilishi bilan boradigan kombinatsiyalashagan jarayonlar;
* yutilgan vodorod sulfidni oltingugurtga aylantirish bilan boradigan oksidlovchi jarayonlar
* qattiq yutuvchilar - adsorbentlar bilan tabiiy gaz tarkibidan vodorod sulfidni ajratib olishga asoslangan adsorbsion jarayonlar
Keltirilgan jadvaldagi ma’lumotlar asosida shuni aytish mumkinki, jahon neftgaz sanoati amaliyotida tabiiy gazni nordon komponentlardan absorbsiya usulida tozalash jarayoni va bu jarayonni amalga oshirish uchun qurilmalar turli xillarda ishlab chiqariladi.
Absorbsiya usulida tabiiy gaz tarkibidan vodorod sulfidni ajaratib olishning ishqoriy usullarda olib borilishi ELCOR jarayoni sifatida ma’lum. Bunda tabiiy gaz tarkibidagi vodorod sulfid va uglerod oksidlari ishqorlar yordamida yutiladi. Ishqorlar natriy sulfatning suvdagi eritmasini diafrgamali elektrokimyoviy reaktor (RPE) da quyidagi yig‘indi reaksiya yordamida olinadi:
N2SO4 + 4H2O = 2NaOH + H2SO4 +2H2 + O2. (1)
ELCOR jarayoni prinsipial sxemasi 1.1- Rasmda keltirilgan. Absorbent sifatida foydlaniladigan natriy sulfatning suvdagi 10% li konsentratsiyasi elektrokimyoviy reaktor (RPE) katod kamerasida elektrokimyoviy ta’sirga uchraydi va natriy gidrooksidiga aylanib E1 idishda yig‘iladi, shu vaqtning o‘zida E2 idishda sulfat kislotaning eritmasi hosil bo‘ladi va jarayon yuqorida keltirilgan reaksiya (1) ko‘rinishida kechadi.
Natriy gidrooksidi eritmasi E1 idishdan yuqori bosimli nasos N1 orqali absorber A ga uzutiladi. Absorberda tabiiy gaz tarikbidagi nordon komponentlarning yutuvchi bilan quyidagi reaksiyalari ketadi:
2NaOH + H2S = Na2S + 2H2O
2NaOH + CO2 = N2CO3 + H2O (3)
N2CO3 + H2S = Na2S + H2CO3 (4)

To‘yingan absorbent eritmasi drossel-ventil DV orqali A absorberdan aralashtirgich C ga uzatiladi va unda absorbentning qayta tiklanishi quyidagi teskari reaksiya orqali sodir bo‘ladi:
Na2S + H2SO4 = N2SO4 + H2S (5)
N2CO3 + H2SO4 = N2SO4 + H2O +CO2 (6)



ELCOR jarayoni prinsipial sxemasi.
Nordon gazlar desorber D da natriy sulfat regeneratsiya natijasida uning yuqori qismidan chiqib ketadi, natriy sulfat esa yana elektrokimyoviy reaktor
elektrod kameralariga uzatildai. Bunda natriy gidrooksidi miqdori 1m gaz tarikbidan vodorod sulfidni ajratib olish ko‘rsatkichlaridan kelib chiqqan holda tanlanadi va gaz tarkibidagi vodorod sulfid va uglerod oksidlari o‘zaro nisbatlari kattaligiga bog‘liq ravishda olinadi.
Tabiiy gazni nordon komponentlardan tozalash uchun ishqorli absorbsiya usulining qo‘llanilishi katta oqimdagi gazlarni tozalashda unchalik samara bermaydi va qo‘llanilayotgan absorbentlar ekologik va xavfsizlik jihatlaridan sanoat miqyosida o‘zlashtirilishi imkoniyatlari cheklangandir.
Kon quduqlaridan qazib olinayotgan yoki neftgaz konlari yo‘ldosh gazlari tarkibida nordon gazlar bilan bir qatorda merkaptanlar miqdori ham ko‘p bo‘lgan ba’zi bir hollarda past va o‘rtacha bosimdagi tabiiy va neft yo‘ldosh gazlarni nordon komponentlardan aminlar yordamida absorbsiya uslida tozalash uchun kon sharoitlarida USOG-AO va USOG-AO/S qurilmalari qo‘llaniladi.
USOG-AO qurilmasida ajratib olinayotgan nordon komponentlar yong‘insiz katalitik oksidlash usuli bilan utilizatsiya qilishga va USOG-AO/S qurilmasi nordon gazlardan suyuq oltingugurt olishga mo‘ljallangan bo‘lib har ikkala qurilma massalari kichikligi va gabarit o‘lchamlari bo‘yicha ixchamliklari bilan farq qiladi.
Har ikkala turdagi qurilmalarda ham absorbent sifatida metildietanolaminlardan foydalaniladi. Desorbsiya natijasida ajralib chiqqan nordon gaz USOG-AO qurilmasida katalizatorda oltingugurt ikki oksidi, suv bug‘lari, SO2 va azot aralashmalari tarkibida atmosferaga otqin sifatida chiqariladi. USOG-AO/S qurilmasida desorbsiyalangan nordon gazdan katalizator yordamida suyuq oltingugurt olinadi.
Bu qurilmalar tarkibiga: absorbsion tozalash uzeli; nordon gazni katalitik kuydirish uzeli (USOG-AO); oltingugurtni to‘g‘ridan to‘g‘ri katalitik oksidlash uzeli (USOG-AO/S, hamda texnologik jihozlarni qizdirish va sovutish tizimlari kabilar kiradi.
Gazni qayta ishlash zavodlarida qo‘llaniladigan barcha turdagi aminli tozalash qurilmalari odatda absorber va desorberlar bilan jihozlangan bo‘ladi va ularning samarali ishlashi butun qurilmaning ish qobiliyatini ta’minlashda muhim o‘rin tutadi.
Barcha turdagi aminli tozalash qurilmalarining ishlash samaradorligi tozalanyotgan xom-ashyo gazi tarkibi, bosimi, harorati, qo‘llanilayotgan absorbentlarning tavsifnomalari va shu kabi bir qator omillarga bog‘liq.
Ayniqsa qo‘llanilayotgan qurilmada foydalanilayotgan jihozlarning ishonchli uzoq muddat ishlashi qurilmadan foydalanishga qo‘yilgan talablar, uni ishga tushirish va qo‘shish rejimlariga rioya qilish, hamda ulardan foydalanish davomida zaruriy profilaktik va tashxis ishlarini olib borish orqali ishlash samaradorligini ta’minlash kabilar bilan belgilanadi.
Quyida Muborak gazni qayta ishlash zavodida tabiiy gazni oltingugurtdan absorbsion usulda tozalash jarayonida qo‘llaniladigan qurilmalarning bajaradigan texnologik jarayonlaridan kelib chiqqan holda ularning uzoq muddat buzilmasdan ishlashini ta’minlash usullari va ularni amalga oshirish yo‘llarini ko‘rib chiqamiz.

Download 0,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish