Raqamlashtirish - bu biznes modelini o'zgartirish va yangi daromad va qiymat ishlab chiqarish imkoniyatlarini ta'minlash uchun raqamli texnologiyalardan foydalanish, raqamli biznesga o'tish jarayoni.
- Gartner Research ta’rifi
XIZMAT - Xizmat bu mijozlarga foydali yoki qimmatli qiymatni taqdim etish bo'yicha ish faoliyati.
- Iqtisodiyotda xizmat - bu shunday jarayonki(bitim), unda sotuvchidan xaridorga hech qanday jismoniy tovarlar o'tkazilmaydigan.
- Bunday xizmatning foydaliligi xaridorning almashinuv amalga oshirishga tayyorligi bilan bo'ladi.
- Davlat xizmatlari - bu butun jamiyat tomonidan umumiy to’ladnadigan xizmatlar, jamiyat uchun xizmatlardir.
- Resurslar, mahorat, ko’nikma, tadbirkorlik va tajribadan foydalangan holda, xizmat ko'rsatuvchilar xizmat iste'molchilariga foyda keltiradi.
- Xizmat nomoddiy xususiyatga ega.
Raqamli xizmat - Xizmatni mijozga etkazib berish faqatgina onlayn kanallar orqali amalga oshiriladigan jarayon.
Tranzaktsiya - Moliyaviy to'lovni o'z ichiga olgan yoki mijoz uchun maxsus yoki shaxsiylashtirilgan ma'lumot taqdim etiladigan xizmat.
Raqamli tranzaksiya - Raqamli xizmat sifatida etkazib beriladigan tranzaksiya.
Raqamli xizmatning mukammallik darajasiga asoslangan modeli - 0-daraja - Raqamli xizmat mavjud emas: boshidan oxirigacha qo'lda etkazib beriladigan, onlayn kanal ishtirokisiz xizmat.
- 1-daraja - Raqamli qo'llab-quvvatlanadigan xizmat: mijozga biron bir qo'lda bajarilishi talab qiladigan (masalan, tasdiqlash, imzo talab qilish, telefon orqali qo'ng'iroq qilish, axborot berish) onlayn-kanal orqali qisman ko'rsatiladigan xizmat. Raqamli xizmat hisoblanmaydi.
- 2-daraja - Raqamli xizmat: Mijozlar nuqtai nazaridan, xizmat to'liq onlayn kanal orqali taqdim etiladi. Xizmatni yakunlash uchun “back ofis" da bir nechta qo'lda (raqamli bo'lmagan) jarayonlar mavjud.
- 3-daraja - To'liq raqamlashtirilgan xizmat: xizmat ko'rsatish barcha ofis jarayonlari, shu jumladan back ofis to'liq raqamlashtirilgan. Izoh: ish oqimi elektron boshqariladi va inson tomonidan faqat raqamli vositalardan foydalangan holda ish jarayonini qayta ishlash mumkin.
- 4-daraja - Boshqariladigan raqamli xizmat: xizmat ko'rsatish to'liq raqamlashtirildi va xizmat nazorat qilinadi va boshqariladi.
- 5-daraja - optimallashtirilgan raqamlashtirilgan xizmat: xizmat ko'rsatish to'liq raqamlashtirildi va xizmat doimiy ravishda takomillashtiriladi(AI).
Do'stlaringiz bilan baham: |