Саноат ва кишлок хужалик асослари ма



Download 0,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/59
Sana21.07.2021
Hajmi0,5 Mb.
#125569
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   59
Bog'liq
sanoat va qishloq xojalik geografiyasi

 
Mavzu: YOQILG’I
-
ENERGETIKA SANOATI 
 
REJA: 
1. Umumiy ma’lumot 
2. Yoqilg’i sanoati 
3. Ko’mir va neft sanoati 
4. Gaz sanoati , uran sanoati 
5. Elektr- energiya sanoati 
 
Energetika  sanoati  har  qanday  mamlakat  yoki  rayonning  moddiy  va 
nomoddiy  ishlab  chiqarishining  asosini  tashkil  qiladi.  Energetika  sanoati 
xalq xo’jaligining asosiy bo’g’inlaridan bo’lib, u sanoat ishlab chiqarishini 
joylashtirishda  muhim  omil  bo’lib  hisoblanadi.  U  iqtisodiy  rayonlarning 
ixtisoslashuvini ko’p jixatdan aniqlab beradi. 
Energetika  sanoati  yoqilg’i  xom  ashyosini  qazib  olish  va  iste’mol 
qilish,  elektr  energiya  ishlab  chiqarish  va  uni  taqsimlash  tarmoqlarining 
o’zaro  va  bir-biri  bilan  bog’langan  yig’indisidir.  Demak,  yoqilg’i-
energetika  majmuasi  yoqilg’i  va  elektroenergetika  sanoatining  o’zaro  bir-
biri bilan bog’langan tarmoqlari yig’indisidan iborat. 
Mamlakat  yoki  xudud  qancha  ko’p  energiya  ishlab  chiqarsa  va 
iste’mol  qilsa,  u  shuncha  ko’p  maxsulot  ishlab  chiqaradi  va  iqtisodiy 
rivojlanish darajasi shuncha yuqori bo’ladi. 
Energetika  sanoatining  xom  ashyosi  bo’lib,  yoqilg’i  (neft,  gaz, 
ko’mir,  torf,  yonuvchi  slanets,  yog’och,  uran)  va gidroresurslar  (daryo  va 
dengiz oqimi, qalqish energiyalari) hisoblanadi. Hozirgi paytda energiyani 
noan’anaviy usullar bilan olishning rivojlanishi tufayli quyosh energiyasi, 


 
39 
shamol kuchi, yerning ichki issiqligi ham energetika xom ashyosi sifatida 
qaralmoqda. 
Yoqilg’i  resurslari  xalq  xo’jaligining  barcha  tarmoqlari  uchun 
energiya ishlab chiqarishning asosiy manbai bo’lib hisoblanadi. Ammo fan 
va  texnikaning  rivojlanishi  bilan  u  yoki  bu  energiya  manbaining  xalq 
xo’jaligidagi ahamiyati o’zgarib turadi. 
Yoqilg’ining turli xillarini bir-biri bilan taqqoslash uchun ular shartli 
yoqilg’iga aylantiriladi. 
Shartli yoqilg’i deb, 1 kg yoqilg’i yonganda 7 ming kkal (29 MJ/kg) 
energiya  beradigan,  issiqlik  koeffitsenti  bir  deb  qabul  qilingan  yoqilg’iga 
aytiladi. 
Yoqilg’ini  shartli  yoqilg’iga  aylantirish  uchun,  yoqilg’ilar  haqidagi 
ma’lumotlarni tegishli issiqlik koeffitsentiga ko’paytiriladi. Hisoblashlarda 
1 kg shartli yoqilg’i o’rta hisobda 2 kVt/soat elektr energiyasiga teng deb 
ham  qabul  qilinadi,  lekin  bunda  elektr  stantsiyalarining  foydali  ish 
koeffitsenti hisobga olinadi.  
Demak, jadvaldan ko’rinib turibdiki, 1 kg toshko’mirning issiqligi 1 
kg shartli yoqilg’ining issiqligiga teng. Issiqligi kam bo’lgan yoqilg’i xom 
ashyolari  torf,  slanets,  qo’ng’ir  ko’mir  va  yog’och  hisoblanadi.  Shuning 
uchun  ularni  uzoq  masofalarga  tashib  yurishning  iqtisodiy  foydasi  yo’q. 
Ular  maxalliy  yoqilg’i  bo’lib  hisoblanadi.  Qo’ng’ir  ko’mir  ham  issiqlik 
koeffitsenti kam bo’lganligi sababli qazib olinadigan joyida va unga yaqin 
bo’lgan  xududlarda  ishlatiladi.  Masalan,  O’zbekistonda  Angren  ko’ng’ir 
ko’mir koni yaqinida «Angren», Nurobod shaharchasida «Yangi Angren» 
GRESlari  kurilgan.  Ushbu  GRESlarda  ko’mir  yoqilib,  olingan 
elektroenergiya  iste’molchilarga  jo’natiladi,  chunki  ko’mirning  kuli  ko’p 
bo’lganligi  uchun  uni  o’zoq  masofaga  tashish  iqtisodiy  jixatdan  o’zini 
oqlamaydi. 
Yoqilg’i  resurslarining  qiymati  faqat  ularning  kaloriyasigagina 
bog’liq bo’lmay, balki undan foydalanish imkoniyatiga hamda qazib olish 
harajatlariga ham bog’liq. Eng tejamli yoqilg’i xom ashyosi neft va gazdir, 
chunki  ularni  qazib  olish  va  quvurlar  orqali  iste’molchiga  jo’natish 
arzonga tushadi. 
Maxsulot  birligini  olish  (yoki  1  t  yoqilg’i  qazib  olish)  uchun 
sarflangan  va  pulda  ifodalangan  barcha  harajatlar  maxsulot  tan  narxi  deb 
ataladi. 
Muayyan  vaqt  davomida  ma’lum  bir  xududda  (mamlakat,  iqtisodiy 
rayon,  viloyat  va  h.k.)  yoqilg’i  va  energiyaning  turli  xillarini  qazib  olish, 
xom  ashyosini  qayta  ishlash  va  iste’mol  qilish  umumiy  hajmini  va 


 
40 
tarkibini  ifodalaydigan  barcha  ko’rsatkichlar  yoqilg’i-energetika  balansi 
deb ataladi. 

Download 0,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish