6. Foton massasi tinch turgan elektron massasiga teng bo’lishi uchun uning energiyasi qancha bo’lishi kerak?
7. Monoxromatik fotonlar dastasini t=0,5 min vaqt ichida S=2 sm2 maydonchadan olib o’tadigan harakat miqdori Pф=3∙10-4 g·sm/sek. Bu dasta uchun maydon birligiga vaqt birligida tushadigan energiyani toping.
8. Ikki atomli gaz molekulasining kinetik energiyasi qanday haroratda to’lqin uzunligi λ=5,89∙10-4 mm bo’lgan foton energiyasiga baravar bo’ladi?
Mavzuga doir test savollari
Issiqlik nurlanishining kvant nazariyasi uchun Plank formulasi qaysi javobda keltirilgan?
RT =σT4
2 ckT
E , T 4
b/T
R
2 hc 2 1
T 5
e
1
Atomlar elektromagnit energiyani alohida porsiyalar – kvantlar shaklida nurlantiradi. Ushbu g’oya qaysi fizik olimga tegishli?
G.Gers
A.Eynshteyn
M.Plank
A.G.Stoletov
Issiqlik nurlanish qonunlariga asoslanib yuqori temperaturalarni o'lchash usullari qanday ataladi?
sun’iy anizotropiya
optok pirometriya
radiatsion o‘lchash
rentgen tahlili
Yorug’lik kvanti yoki foton energiyasi qaysi javobda keltirilgan?
E
Е=hcλ
E
hv m c 2 hc
Е=h/cλ
GENRIX GERS (1857- 1894). Nemis fizigi. Ilmiy yo’nalishi elektrodinamikaga bag’ishlangan. 1887–yilda elektromagnit tebranishlar generatorining konstruktsiya- sini ishlab chiqqan va bu tebranishlarni rezonans yo’li bilan topish uslubiyatini berdi. Buning natijasida ochiq vibratorning nazariyasini yaratdi. 1887-yilda ochiq tebranish vibratori yordamida elektromagnit to’lqinlarning fazoda tarqalishini isbotlagan. Elektromagnit to’lqinlarning qaytishi, sinishi, interferensi- yalanishi va qutblanishini aniqlagan. Elektromagnit to’lqinlarning tezligi yorug’ - likning vakuumdagi tezligiga tengligini isbotlagan. 1890-
yilda elektr va magnit
maydonlarning o’zaro
bog’liqlik tenglamasini
tuzgan. 1887-yilda tashqi fotoeffekt hodisaini kuzatdi. 1890-yilda harakatlanuvchi tizmlarda elektromagnit hodi- salarning umumiy nazariya- sini yaratgan. Katod nurlari bilan shug’ullangan.
15-§. FOTOEFFEKT HODISASI
15.1. Fotoeffekt hodisasi. Gers tajribasi.
Yorug’lik ta’sirida metallardan elektronlarning ajralib chiqish hodisasi tashqi fotoeffekt deyiladi. Bu hodisani 1887-yilda G.Gers kashf qilgan. Gers tajribasiga ko’ra metallarga utrabinafsha nurar ta’sir etganda metall parchasi ulangan elektrometrda musbat zaryad hosil bo’lganligini ko’rsatadi. A.Stoletov Gers tajribasini davom ettirib, tajribani ikkita plastinka yordamida amalgam oshirgan. Bunda katod plastinkasi manbaning manfiy qutubga, anod esa musbat qutubga ulangan. Katod plastinkasi ultrabinafsha nurlar bilan yoritilganda zanjirda elektr tok hosil bo’lganligini kuzatadi.
Agar tashqi fotoeffekt asosan o’tkazgichlarda ro’y berishi va ulardagi elektronlarning atom va molekulalarga bog’lanish energiyasi juda kichikligini e’tiborga olsak, atomlar va molekulalardan ajralib chiqqan elektronlar fotoefektda vujudga keltiradi.
Agar atom yoki molekulaning elektronlari moddaning ichida erkin elektronlar sifatida qolsa, bunday hodisaga ichki fotoeffekt deyiladi. Ichki fotoeffekt asosan yarim o’tkazgichlarda kuzatilib, 1908 – yilda rus fizigi A.Ioffe tomonidan o’rganilgan.
Stoletov o’tkazgan tajribasini vakuumda davom ettiradi.
Shisha nay ichidan havosi so’rib olinib uning ichiga katod va anod plastinkalarini joylashtiradi. Katod pastinkasiga yorug’lik nurini tushirish uchun shisha nayga kvarsdan yasalgan derazacha qo’yiladi.
Katod va anodlar potensiometrik yo’l bilan tok manbaiga ulanadi (15.1-rasm).
Bu vaqtda derezachadan har xil to’lqin uzunlikdagi nuralar tushirib katod va anod orasidagi potentsialni o’zgartirgan holda anod toki qiymatini o’lchab boradi va qurilmaning
STOLETOV ALEKSANDR GRIGORYEVICh
Do'stlaringiz bilan baham: |