Sanoat texnologiyasi



Download 2,53 Mb.
bet56/71
Sana24.06.2022
Hajmi2,53 Mb.
#699702
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   71
Bog'liq
03412f50849211e677f7c5c9e94e4975 Optika S. Astanov.pdf

    Bu sahifa navigatsiya:
  • Goyib
2. Ravshanlik pirometri. Bu pirometrning tuzilishi 14.2-rasmda tasvirlangan. Harorati aniqlanishi lozim bo’lgan jismdan kelayotgan nurlanish cho’g’lanuvchi lampa (L) tolasining tekisligiga ob’yektiv “1” yordamida moslanadi. Okulyar “5” yordamida lampa tolasi va nur

chiqarayotgan jism sirtining tasviri kuzatiladi. Okulyar oldiga joylashtirilgan filtr “6” spektrning bir qismini o’tkazadi. Odatda, spektrning = 0,66 mkm ga yaqin bo’lgan qismidagi sohachani ajratadigan filtrdan foydalaniladi. Lampa tolasining ravshanligi “4” reostat yordamida o’zgartirilishi mumkn. Agar lampa tolasining ravshanligi jism sirti tasvirinnng ravshanligidan ortiq bo’lsa, tola tasvir fonida ajralib turadi. Aksincha, tolaning ravshanligi kam bo’lsa, lampaning tolasi qorong’iroq bo’lib ko’rinadi. Agar tola ravshanligi tasvir ravshanligiga tenglashib qolsa, nur chiqarayotgan jism sirt tasvirining fonida tola ko’rinmay qoladi. Sxemadagi milliampermetrni absolyut qora jismning haroratiga moslab darajalab olingan bo’lsa, ixtiyoriy nurlangich jism bilan o’tkazilayotgan tajribada lampa tolasi yo’qolib ketgan paytdagi milliampermetrning ko’rsatishiga qarab nur chiqarayotgan jism haroratini aniqlash mumkin. Agar nur chiqarayotgan jism absolyut qora jism bo’lsa, aniqlangan harorat jismning haqiqiy harorati T1 ni ifodalaydi.
Absolyut qora bo’lmagan jismlar uchun bu usulda aniqlangan haroratni ravshanlik harorati Trav deyiladi. Haqiqiy harorat va ravshanlik harorati o’zaro birinchi tenglamada keltirilganidek munosabat bilan bog’langan.
Biror haroratgacha qizdirilgan qora jism berilgan va uning boshqa fonida pirometr lampasi tolasi joylashtirilgan bo'lsin. Tola va cho'g'langan jism nurlanish spektridan muayyan bir to'lqin uzunligidagi (masalan sariq nur λ=6600 A0) spektrlarni ajratadigan yorug'lik filtri orqali qaraymiz. Ravshanlik harorati hamma vaqt jismning haqiqiy termodinamik haroratidan past bo'ladi. Ravshanlik harorati bilan termodinamik harorat orasidagi farq ancha katta bo'lishi mumkin. Masalan 10000C harorat yaqinida volframning ravshanlik harorati termodinamik haroratdan 440C past bo'ladi, 30000C da esa 3270C past bo'ladi.
Bu ikkala haroratlar orasidagi bog'lanish:



l
c 1 1
, Tterm Travsh
n E T 1 ( )


munosabat orqali aniqlanadi.


(I)

To'lqin uzunligi va haroratga bog'liq kattalik maxsus tajribadan topiladi. Bizga kerak bo'ladigan volfram uchun maxsus Eλ,T ning λ=66000A to'lqin uzunligidagi qiymati 0,4 ga teng. Bu yerda:
h
C 438 sm grad
c

K
Travsh - jismning ravshanlik harorati optik pirometr yordamida o'lchab topiladi. Travsh - qiymati Tterm - qiymatiga yaqinligini hisobga olib

T T 2 ln E ,T
I
C



(2)

ni pirometr vositasida o'lchab, jism termodinamik haroratining qiymati



Tterm Travsh T
tenglik bilan aniqlanadi.


(3)

G'oyib bo'luvchi tolali pirometrning tuzilishi


Pirometrning (I) -ob’yektivi tekshirilyotgan jismning tasvirini pirometrik lampa tolasi (3) joylashgan tekislikka proeksiyalanadi. Kuzatuvchi lampaning cho'g'lanish tolasi (ab) ni va tekshirilayotgan ob'yektivda hosil qilingan tasvirini (5) okulyar orqali ko'radi. Jismning haroratini o'lchash uchun pirometrning uchta harorat diapazoni mavjud (6). Birinchi diapazon 9000 dan - 14000C gacha, ikkinchi diapazon 1200- 20000 gacha va uchinchi diapazon 1800-50000C gacha haroratni o'lchash imkonini beradi.





14.2-rasm. G’oyib bo’luvchi tolali pirometrning ulanish chizmasi, tuzilishi, va ko’rinishi


Pirometr okulyarining o'zida (6) qizil va susaytiruvchi yorug'lik filtrlari mavjud bo'lib, jismning harorati 9000C - 14000C bo'lganda susaytiruvchi yorug'lik filtrini ishlatsa ham bo'ladi. Qizil yorug'lik filtrini tekshirilayotgan jismning harorati 1400 C dan yuqori bo'lganda uning haroratini oldindan susaytirish uchun kiritiladi.
Pirometrik lampaning tolasini bundan yuqori haroratgada qizdirish maqsadga muvofiq emas. Qizdirilgan jismning ravshanligi susaytiruvchi ikkinchi yorug'lik filtrli pirometrga harorati 2000 C dan yuqori haroratlarni o'lchash imkonini beradi.
Harorati o'lchanadigan ob’yekt sifatida avtomobilning cho'g'lanma lampa spirali olinadi. Bu lampa spiralining haroratini undan o'tayotgan tokning turli qiymatlarida o'lchanadi. Lampa pasaytiruvchi to'g'rilagich
(vipryamitel) va reostat orqali tok bilan ta'minlanadi. Zanjirga
milliampermetr va to'lig'icha parallel qilib voltmetr ulangan,
ular yordamida lampa oladigan elektr quvvatini o'lchash mumkin.

14.3-rasmda animatsiyadan lavha keltirilgan. Ushbu animatsiya yordami bilan metan, propan, etan gazlarining yonishi vaqtida vujudga keladigan haroratni o’lchash imkoniyati mavjud.

14.3-rasm. “Optik pirometr yordamida gazlarning yonish alangasini aniqlash” animatsion tajriba ishidan fragment



Download 2,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish