12
Neytrallagich vertikal kо‘rinishdagi idish bо‘lib, yuqori bosim ostida ishlashga
mо‘ljallangan, jixozning ichida tik qiyalikda quvur joylashtirilgan, u orqali eritma
bug‘latish jixoziga konsentrlash uchun yuboriladi.
Neytrallagich quvvati unga beriladigan ammiak miqdori bilan aniqlanadi,
ammiak miqdori esa kiritiladigan kislota miqdoriga muvofiq kelishi kerak.
Kislotaning ozgina miqdori reaktorning pastki qismidan olinadigan eritma oqimiga
Eritmaning rN qiymatini belgilangan darajada ushlab turilishi uchun qо‘shiladi.
Nitrat kislota konsentratsiyasi о‘zgargandagi neytrallash jarayonini tо‘g‘ri
boshqarilishi kislota berish yо‘nalishda joylashtirilgan, sezgir element biriktirilgan
maxsus xisoblash qurilmasi yordamida amalga oshiriladi.
55% konsentratsiyali nitrat kislota qizdirgich 1 ga va sо‘ngra Neytrallagich 2 ga
tushadi, unga bug‘latgich 4 da bug‘lanadigan gaz xolatdagi ammiak ham beriladi.
Sxemada atmosfera bosimida ishlaydigan neytrallagich kо‘rsatilgan, undan
ammoniy nitrat eritmasi vakuum ostida ishlaydigan bug‘latgich 5 ga uzatiladi.
Bug‘latgichdagi vakuum kondensator 7 da texnologik bug‘ni suv bilan
kondensatlanishi natijasida hosil kilinadi. Bug‘latgichdan chiqadigan ammoniy
nitratning bir qismi bug‘latgich va reaktor о‘rtasida sirkulyatsiyalanadi. Bug‘latgich 5
dan chiqadigan texnologik bug‘ separator 6 dan sо‘ng nitrat kislotani qizdirish uchun
qizdirgich 1 da va suyuq ammiakni bug‘latish uchun bug‘latgich 4 da qisman
ishlatiladi. Bug‘latgichda hosil qilingan ammoniy nitrat eritmasi qayta neytrallagich 8
ga tushadi, u yerda ammiak gazi bilan -88% konsentratsiyagacha qayta neytrallanadi
va bug‘latuvchi jixoz 9 ga uzatiladi, u yerda 95% li konsentratsiyagacha bug‘latiladi.
Bug‘latilgan eritma qayta bug‘latish jixoziga beriladi. Hosil qilingan 99,5% li
suyuqlanma donadorlash minorasida statik donadorlagichlar yordamida tomchilatiladi
(rasmda kо‘rsatilmagan). Elash va sovutish bosqichlaridan о‘tgan mahsulot tarkibida
34,5% azot va 0,4% namlik bо‘ladi. Donachalarning о‘lchami 1-4 mm orasida bо‘ladi.
Stabillovchi qо‘shimchalar qо‘shish nazarda tutilgan.
Lozim topilganda 95% li eritmani (qо‘shimcha bug‘latishsiz) donadorlash
minorasiga tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri uzatish orqali g‘ovak selitra olinadi. G‘ovak donachali
mahsulotni maxsus qurilmalarda quritish natijasida undagi qolgan namlik yо‘qotilishi
mumkin.
Yuqorida keltirilgan donadorlangan ammiakli selitra
ishlab chiqarishning
texnologik sxemasi kо‘p jixatdan ishlab chiqarishda qо‘llanilayotgan
boshqa
sxemalarga о‘xshab ketadi. «Nuago» («Norsk-Gidro») firmasi
tomonidan yaratilgan
yirik donachalar (7-11 mm li) olish bilan tarelkali (likopchali) donadorlagich ishlatish
13
orqali 99,5% li suyuqlanmadan changlanmaydigan donador ammiakli (yoki
oxakli-
ammiakli) selitralar olishning original yuqori xaroratli usuli ham mavjuddir.
Jarayonning texnologik sxemasi 12-rasmda kо‘rsatilgan.
«
Do'stlaringiz bilan baham: