Sanoat texnologiya


S (Ay-Si-Ay) firmasi usuli buyicha donadorlangan ammiakli selitra olish



Download 1,2 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/16
Sana10.02.2022
Hajmi1,2 Mb.
#442011
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
ammoniy nitrat ishlab chiqarishda akkustik granulyator qurilmasini takomillashtirish q37500 kgs.

S (Ay-Si-Ay) firmasi usuli buyicha donadorlangan ammiakli selitra olish.
 
Bu 
usul Angliyadagi «KS1» firmasida о‘zlashtirilgan. Bu usul bilan olinadigan 
mahsulotga firma tomonidan — «nitram» savdo nomi berilgan. Loyixa quvvati 1000 
t/sutka bо‘lgan birinchi qurilma 1965 yilda Severnsayd (Angliya) da qurilgan. 
Keyinchalik shunday kuvvatdagi qurilma Billingem shaxri (Angliya) da ishga 
tushirilgan. Xozirgi paytda ammiakli selitra ishlab chiqarishning bu usulidan (UDE, 
Germaniya) firmasi ham foydalanmokda. 
1S1 firmasi usuli bо‘yicha donadorlangan ammiakli selitra ishlab chiqarishning 
asosiy jarayonlari quyidagicha amalga oshiriladi (6.8- rasm): Aralashtirgich 
о‘rnatilgan idish 1 ga kondensator 4 dan chiqadigan bug‘ bilan ta’minlanadigan 
isitgich 3 orqali 55-60% li nitrat kislota tushadi. 
Shu idishga eritish uchun (elak 16 da hosil bо‘ladigan va tegirmon 18 orqali 
о‘tadigan) nostandart mahsulot hamda siklondan mahsulotning mayda fraksiyasi ham 
uzatiladi.
Unga yana maxsus qurilmada (sxemada kо‘rsatilmagan) magnezitni 57% li 
nitrat kislota eritmasida eritilishidan va filtrlanishidan hosil qilingan magniy nitrat 
eritmasi ham tushadi.
Hosil qilingan eritmaga magniy nitratning filtrlash jarayonini yengillashtirish 
uchun nitrat kislotada erimaydigan material — yordamchi qо‘shimcha kо‘shiladi. 
Tarkibida magniy nitrat va ammoniy nitrat qо‘shimchalari tutgan nitrat kislota 
eritmasi idish 1 dan neytrallagich 7 ga uzatiladi, u yerda uni suyuq ammiak 
bug‘latgichi 6 dan isitgich 5 orqali 80°S xaroratgacha qizdirilgan gaz xolatdagi 
ammiak bilan rN =3-4 gacha neytrallanadi. Bug‘latgich va isitgichni neytrallagich 7 
dan chiqadigan о‘ta qizigan bug‘ bilan qizdiriladi. 
Neytrallagichda hosil bо‘ladigan 87-89% konsentratsiyali ammoniy nitrat 
eritmasi kо‘shimcha neytrallagich 8 ga beriladi, u yerda gaz xolatdagi ammiak bilan 



rN-6 gacha qо‘shimcha neytrallanadi. Ikki bosqichli neytrallash о‘ta qizigan bug‘ 
bilan ammiak yо‘qotilishini kamaytiradi. 
Neytrallanish jarayonida eritma xaroratining keskin ortib ketishi xavfli 
xisoblanadi, chunki bunda ammoniy nitratning fontanli parchalanishi yuzaga kelishi 
mumkin.
Shuning uchun texnologik sxemada sovutilgan bug‘ kondensata uchun bak 9 
dan kerak bо‘lganda eritma xaroratini tezlik bilan pasaytirish uchun neytrallagich 7 ga 
yoki qо‘shimcha neytrallagich 8 ga sovuk kondensat berilishi nazarda tutilgan. 
rasm. 1S1 firmasi usuli bо‘yicha donadorlangai nmMPakli selitra ishlab 
chiqarish sxemasi 89% li ammoniy nitrat eritmasi yuqori jarayonida ammoniy 
nitratning qisman 10 ga uzatiladi.
Bug‘latish qismidagi bug‘latgich jixozi donadorlash minorasi 14 ning 
parchalanishi xisobiga suyuqlanmaning rN qiymati ozgina pasayadi. Shuning uchun 
bak 11ga oqib tushgan suyuqlanmaning rN qiymatini belgilangan darajaga yetkazish 5 
uchun ammiak beriladi.
Bu idishdan esa suyuqlanma minoraning tomchilatuvchi qurilmasi 13 ga keladi 
va unda ammoniy nitrat suyuqlanmasi donadorlanadi.
1.2.1 –rasm. Ammiakli selitra ishlab chiqarishning ICI firmasi usuli. 
1-qattiq komponentlarni quritish idishi; 2-filtr; 3,5-isitgichlar; 4- kondensator; 
6-suyuq ammiak bug‘latgich; 7-neytrallagich; 8-qо‘shimcha neytrallagich; 9-bak; 10-
bug‘latish jixozi; 11-neytrallagich
bak; 12- distilyatorlar; 13-qurilma tomchilatgich; 
14-donadorlash minorasi; 15-elevator; 16-elak; 17- siklon; 18-tegirmon; 19-sovitgich 
yaxlatgich. 
Alyuminiyli folga (yupqa metall plastinka) bilan futirovkalangan. 
Tomchilarning tushish balandligi 173 m. Xavo oqimi minora ostidan kirib, undan 


10 
ventilyatorlar 12 orqali chiqib ketadi. Minorada donadorlangan mahsulot elevator 15 
orqali elak 16 ga uzatiladi, u yerda tayyor mahsulot fraksiyasi ajratiladi. Nostandart (3 
mm dan yirik va 1 mm dan mayda) fraksiya tegirmon 18 da maydalanadi, siklon 17 da 
tutib qolingan chang bilan aralashtiriladi va idish 1 ga qaytariladi. Tayyor mahsulot 
fraksiyasi sovutgich jidozi 19 da 40°S xaroratgacha sovutiladi va polietilen qoplarga 
joylanadi. 
Tayyor mahsulot tarkibida 34,5% N va 0,5% N
2
O bо‘ladi. Standart (1-3 mm 
о‘lchamli) fraksiya unumi 95,0% ni tashkil etadi. 
Polietilen qoplarga joylangan selitra 40 qopgacha balandlikda taxlab 
qо‘yilganda ham 12 oygacha yopishib qolmaydi. 
1 t tayyor mahsulot olish uchun : 210-212 kg ammiak; 11,2 kg magnezit; 790-
800 kg nitrat kislota (100% xisobida); 300 kg bug‘ (1,3 MBa); 11,5 kVt*s 
elektroenergiya sarf bо‘ladi. 
«KaltenAsh» («Kaltenbax») firmasi usuli bо‘yicha donadorlangan ammiakli 
selitra olish. Bu usul buyicha donadorlangan ammiakli selitra ishlab chiqarish jarayoni 
quyidagi bosqichlardan iborat: nitrat kislotasini ammiak bilan neytrallash; eritmani 
dastlabki bug‘latish; eritmani oxirgi bug‘latish; bug‘latilgan eritmani donadorlash 
minorasida donadorlash; elash va donachali mahsulotni sovutish; tayyor mahsulotni 
qoplash va omborga jо‘natish. 
Neytrallash uchun -56% li nitrat kislota va suyuq ammiakdan olingan -0,8 MPa 
bosimdagi gaz xolatdagi ammiak ishlatiladi. Neytrallash jarayonida 180°S dan past 
xarorat ushlab turiladi. Neytrallagichning ostki qismidan 79% li ammoniy nitrat 
eritmasi bug‘latgichga uzatiladi. Neytrallagichning yuqori qismidan 0,44 MPa 
bosimdagi -882 kg bug‘ ajralib chiqadi. 
Tayyor mahsulot tarkibida: 34,8% gacha N va 0,2-0,3% gacha namlik bо‘ladi. 
Unmng donadorlik tarkibi: 1-3 mm li fraksiya 98% ni va 1 mm dan mayda fraksiya 
<1% ni tashkil etadi. 

Download 1,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish