Sanoat tarmoqlarining 2017-2021 yillardagi rivojlanishining asosiy yo`nalishlari


Sаnоаt kоrхоnаlаri ishlаb chiqаrishidа аylаnmа mаblаg`lаrdаn sаmаrаli fоydаlаnish yo`nаlishlаri



Download 39,93 Kb.
bet7/9
Sana21.02.2023
Hajmi39,93 Kb.
#913379
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Sanoat tarmoqlarining 2017 2021 yillardagi rivojlanishining asosiy

Sаnоаt kоrхоnаlаri ishlаb chiqаrishidа аylаnmа mаblаg`lаrdаn sаmаrаli fоydаlаnish yo`nаlishlаri

Korxonalarning asosiy belgisi ularning o’zlariga tegishli mulkning mavjudligidir. Aynan shu narsa korxonalarning moddiy- texnik imkoniyatlarini belgilab beradi hamda ularning iqtisodiy erkinligi va kelajagini taminlaydi. Muayyan mulkdan foydalanmasdan hech bir korxona o’zining xo’jalik faoliyatini amalga oshira olmaydi.


Korxonalar egalik qiladigan mulk ko’chmas va ko’chirib bo’ladigan mulklarga ajraladi. Ko’chmas mulkka er uchastkalari, er osti boyliklari, maxsus suv ob’ektlari va umuman er bilan bog’liq bo’lgan buzilmas narsalar, shu jumladan o’rmonlar, ko’p yillik daraxtlar, inshootlar, binolar kiradi. Ko’chirib bo’ladigan mulkka ko’chmas mulkka kirmaydigan narsalar hamda pul mablag’lari va qimmatli qog’ozlar kiradi.
Korxona mulkini aylanma aktivlar va uzoq muddatli aktivlarga ham ajratish mumkin. Bunda korxona mulkining nafaqat ijtimoiy ko’rinishi balki ishlab chiqarish jarayonidagi roli, ahamiyati va korxona iqtisodiyotiga tasiri ham hisobga olinadi.
Uzoq muddatli aktivlar yirik va o’rta korxonalar mulkining 65-85% ini tashkil qiladi. Uning tuzilishi 3.1-chizmada keltirilgan.
Uzoq muddatli aktivlar korxona xo’jalik faoliyatida uzoq muddat mobaynida qatnashadi. Bu amortizatsiya jarayonining davomiyligi va aylanma tezligining sekinligi bilan bog’liq. Shuning uchun ular uzoq muddatli yoki sekin aylanadigan aktivlar yoki immobilizatsiya fondlari deb ataladi.
Korxonalarda uzoq muddatli aktivlarning tuzilishi va tarkibi bir-biridan jiddiy farq qiladi. Biroq, barcha korxonalar uzoq muddatli aktivlari tarkibida asosiy fondlar salmoqli hissani tashkil etadi.
Asosiy fondlar - bu moddiy (ashyoviy) boylik bo’lib, o’zining tabiiy ko’rinishi, uzoq vaqt mobaynida o’zgartirmaydi hamda qiymatini ishlab chiqarilayotgan mahsulot qiymatiga qismlab o’tkazadi.
Asosiy ishlab chiqarish fondlari umumiy ishlab chiqarishning moddiy-texnika bazasi hisoblanadi. Korxonaning ishlab chiqarish quvvati, mehnatning qurollanganlik darajasi asosiy ishlab chiqarish fondlarining hajmiga bog’liq. Asosiy fondlarning va mehnatning qurollanganlik darajasining oshishi mehnatga ijodiy xarakter bag’ishlaydi va jamoaning madaniy – texnik darajasini oshiradi.
Iqtisodiyotning erkinlashtirilishi sharoitida asosiy fondlar ishlab chiqarish samaradorligini oshiruvchi, iqtisodiy o’sishni taminlovchi barcha omillar ichida asosiy o’rinni egalaydi.
Asosiy fondlar jamiyat moddiy resurslarining asosiy qismini tashkil etadi. Ularning 65% dan ko’prog’i asosiy ishlab chiqarish fondlariga to’g’ri keladi.
Asosiy fondlar kengaytirilgan takror ishlab chiqarishdagi ishtirokiga ko’ra ishlab chiqarish va noishlab chiqarish asosiy fondlariga bo’linadi.
Ishlab chiqarish asosiy fondlari moddiy ishlab chiqarish sohasida qatnashadi. U o’zining amal qilish tsikli davomida ishlab chiqarish jarayonida bir necha marta ishlatiladi. Ishlab chiqarish asosiy fondlari bosqichma – bosqich eskirib, o’z qiymatini ishlab chiqarilayotgan mahsulotga qismlab o’tkazib boradi. Ular amortizatsiya ajratmalari hisobiga qoplanadi.
Noishlab chiqarish asosiy fondlariga korxona balansida turgan, xodimlarga xizmat qiladigan turar joylar, bog’cha, sport muassasalari va boshqa madaniy-maishiy xizmat ko’rsatuvchi ob’ektlar kiradi.



Download 39,93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish