Sanoat sohalari texnologiyasi


-rasm. Bo’ylama trikotaj ishlab chiqarish mashinasi



Download 12,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/160
Sana21.07.2022
Hajmi12,37 Mb.
#833707
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   160
Bog'liq
Menejment-CCТ-мажмуа 2022

 
12.3-rasm. Bo’ylama trikotaj ishlab chiqarish mashinasi 
 
Trikotaj mashinalaridagi ishchi organlari 
Trikotaj mashinalari o’rtasida umumiy o’xshashliklar bor, hamma mashinalarda quyidagi 
ishchi organlari bo’ladi: 1) ish mexanizmlari, 2) mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish 
mexanizmlari va 3) gul-naqsh soluvchi mexanizmlar. 
Ish mexanizmlariga halqa qilib bog’lovchi, ta`minlovchi va tayyor tovarni o’rovchi 
mexanizmlar kiradi. 
Mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish mexanizmlariga quyidagi moslamalar kiradi: 
a) mashinani yurgizuvchi, to’xtatuvchi, naychadagi ip uzilganda yoki tugaganda, 
mashinani to’xtatuvchi avtomatik moslamalar


138 
b) donalab ishlab chiqariluvchi buyumlar tayyorlashda bajariladigan operatsiyalarni 
(xotin-qizlar paypoqlari ishlash va bortovka qilish, to’qimaning zichligini o’zgartirish, 
to’qilayotgan matoni kengaytirish yoki toraytirish, qo’shimcha kuchaytiruvchi ip va boshqalarni) 
avtomatlashtiruvchi mexanizm va moslamalar
v) donalab 
ishlab 
chiqarilayotgan 
buyumlarni 
hisoblovchi 
mexanizmlar 
va 
avtomatlarning ishini boshqaruvchi mexanizmlar. 
Gul (naqsh) soluvchi mexanizmlarga quyidagi jarayonlarni bajaruvchi moslamalar kiradi: 
a) ip yurgizgichni almashtiruvchi yoki bitta ipni ikkinchi ipga ulovchi; 
b) halqalarni bitta ignadan ikkinchi ignaga o’tkazuvchi yoki protyajkalarni ignalarga 
kiydiruvchi; 
v) ignalar, platinalar, presslar va qulf ponalarini ishga soluvchi va to’xtatuvchi; 
g) ignadanlarni siljituvchi va h.k. 
Halqa hosil qilish a`zolari 
Trikotaj to’qimasini hosilsh qilish uchun mashinaning ishchi a`zolarida halqa hosil qilish 
zarur. Mashinada halqa hosil qilish uchun zarur bo’lgan a`zolar halqa hosil qilish a`zolari deb 
ataladi. 
Mashinaning ishchi a`zolariga quyidagilar kiradi: 
1. Ignalar (ilgakli, tilchali, o’yiqli (pazovo’e), naysimon, teshikli (ushkovo’e) va h.k. 
2. Platinalar; 
3. Ip yurgizgichlar; 
4. Siquvchi moslama (press); 
5. Halqa hosil qiluvchi zamoklar, ya`ni qulflar. 
12.4-rasm. To‘qish ignalarining tuzilishi. 
Ilgakli ignalar. Ilgakli ignalar maxsus zavodlarda po’lat simlardan tayyorlanadi. Har bir 
igna (12.2-rasm) bir butun simdan yasalgan bo’lib, uning “S” qismi ignaning o’zagi (sterjen ) 
deb ataladi. Ignaning bir qismiga halqa hosil qiladigan ip qo’yiladi. 
Ip yurgizgich (nitevod) ipni ignaga qo’yish yoki yo’naltirish uchun xizmat qiladi. 
Platina – frantsuzcha, ma`nosi “yassicha” yoki “yapaloqcha”. Ignaga qo’yilgan ipni halqa 
qilib egish va bu halqalarni igna o’zagi bo’ylab surish uchun kerak bo’ladi. Shu maqsad uchun 
yupqa po’latdan turli shaklda yasalgan platinalar xizmat qiladi. 
Siquvchi moslama – siqgich (press). Siquvchi moslama plastinali yoki diskli prizmadan 
iborat bo’lib, uning yordamida ignalarning ilgaklarini bosib turib, eski halqaga ignalarning 
ilgaklari tagiga kirish yo’li yopiladi. 


139 
12.3-rasm. To‘qima hosil qilish qismlari. 

Download 12,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish