-davr xarajatlari:
Mahsulotni sotish bilan bogliq bolgan xarajatlar:
tovarlarni tashish xarajatlari;
savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarining muomala xarajatlari;
Mamuriy xarajatlar:
boshqaruv xodimlarining mehnat tolovlari;
ularga sugurta ajratmalari;
xizmat avtomobillarini asrash;
boshqaruvning texnik vositalari, aloqa, signalizasiya, hisoblash markazi va h.k.
boshqaruvdagi asosiy fondlar amortizasiyasi;
xizmat safari xarajatlari.
Boshqa operasion xarajatlar:
kadrlar tayyorlash;
qurilishdagi kamchiliklarni yoqotish;
maslahatlar berish va axborotlar xizmati tolovlari, auditlar xizmati tolovlari va h.k.
-moliyaviy faoliyat xarajatlari:
banklarning uzoq va qisqa muddatli kreditlari uchun tolovlar;
uzoq muddatli ijara uchun tolovlar;
valyuta kursining ozgarishi sababli foyda va zararlar;
korxonaning oz qimmatbaho qogozlarini chiqarish va tarqatish xarajatlari.
-favqulodda zararlar:
bularga kutilmagan holda yuz beradigan zararlar kiradi.
Yuqoridagilardan korinib turibdiki, yangicha sharoitda mahsulot tannarxiga tijorat, mamuriy, umumxojalik va moliyaviy xarajatlar kiritilmaydi. Balki ular har davrning ozida korxona foyda summasi hisobidan qoplanadi va bu holat milliy hisoblar tizimiga mos keladi.
Davr xarajatlari korxonalar faoliyatida yangi korsatkich hisoblanadi. Bu xarajatlar bevosita ishlab chiqarish jarayoni bilan bogliq emas.
Bularga ishlab chiqarishni boshqarish, tijorat xarajatlari, umumxojalik xarajatlari shu jumladan ilmiy-tekshirish va tajriba-konstruktorlik xarajatlari kiradi. Ular umumxojalik xarajatlari bolib, ularning hajmi ishlab chiqarish mahsulot hajmi bilan bogliq emas, balki davr, vaqt bilan bogliq.
Mahsulot tannarxi korxona mahsulotini ishlab chiqarish va sotish bilan bogliq bolgan, pul bilan ifodalangan xarajatlarning yigindisidir. Mahsulot tannarxining malum darajasi juda kop ishlab chiqarish omillarining ozaro tasir natijasidir. Masalan, tannarxning pasayishiga mehnat unumdorligining oshishi, xom ashyo, elektroenergiya, yoqilggi materiallarning tejab tergab sarf qilinishi, asbob uskunalardan foydalanish darajasining oshirilishi, brak, bekor turishlarning kamaytirilishi va h.k. tasir korsatadi.
Tannarxning pasaytirilishi bilan korxonalarning pul jamgarmalari oshadi, ishlab chiqarishni yanada kengaytirish va takomillashtirish uchun qoshimcha mablag beradi, mahsulotlar chakana narxini pasaytirib bu bilan aholining turmush darajasini yuksaltirishga imkon yaratadi.
Mahsulot tannarxi xarajat elementlari boyicha klassifikasiyalanadi.
Xarajatlarning iqtisodiy elementlari quyidagilardan iborat:
Xom ashyo va asosiy materiallar (chiqindilar kirmaydi);
Yordamchi va boshqa materiallar;
Yoqilgi;
Energiya;
Asosiy va qoshimcha ish haqi;
Ijtimoiy sugurta ajratmalari;
Asosiy fondlar amortizasiyasi;
Boshqa pul xarajatlari.
Bundagi 1-4 elementlar mehnat predmetlari uchun, 5 va 6 elementlar kishi mehnati uchun, 7 element mehnat vositalari uchun sarflangan pul xarajatlarini ifodalaydi. 8 element esa ishlab chiqarishni normal amalga oshirish uchun zarur pul xarajatlaridir (yollangan transport, xodimlarni xizmat safariga yuborish, pochta, telegraf, oqishga yuborilganlarga tolanadigan stipendiya va boshqa shu kabi xarajatlar).
Ishlab chiqarish xarajatlarini mazkur iqtisodiy elementlari boyicha klassifikasiya qilish tannarxning tuzilishini organish imkonini beradi. Birlik mahsulot uchun xarajat kalkulyasiya moddalari boyicha mahsulot tannarxidagi xarajatlar klassifikasiyalanadi.
Ishlab chiqarish xarajatlari ishlab chiqarish jarayonida tutgan orniga qarab asosiy va qoshimcha xarajatlarga ajratiladi. Asosiy xarajatlar bevosita mahsulot ishlab chiqarish bilan bogliq boladi. Qoshimcha xarajatlar korxonani xojalik jihatdan boshqarish bilan bogliq bolib unga ortiqcha xarajat va nobudgarchiliklar ham (jarima, kamomad, brak, bekor turishlar) qoshiladi.
Mahsulot hajmi bilan bogliqligiga qarab xarajatlar ozgaruvchan va shartli doimiy xarajatlarga ajratiladi. Ozgaruvchan xarajatlar mahsulot hajmi ozgarishiga qarab ozgaradi (xom ashyo, asosiy va yordamchi materiallar, energiya, asosiy ishchilarning ish haqi va h.k). SHartli doimiy xarajatlar mahsulot hajmi ozgarishiga qarab ozgarmaydi (boshqaruv xarajatlari). Mahsulot hajmining ortishi shu xarajatlar hisobiga uning bir donasi tannarxining pasayishiga olib keladi.
Mahsulotlarning ayrim turlari orasida taqsimlanishiga qarab xarajatlar bevosita va bilvosita xarajatlarga ajratiladi. Bevosita xarajatlar ayrim mahsulotlar tannarxiga togridan-togri qoshiladi (xom ashyo yoki asosiy materiallar).
Bilvosita xarajatlar ayrim mahsulotlar turlari boyicha shartli ravishda qandaydir togri xarajat (masalan, ish haqi)ga nisbatan proporsional ravishda taqsimlanadi. Xarajatlarni bunday guruhlarga ajratish bir necha xil mahsulot ishlab chiqaradigan korxonalarga xos bolib, bir xil mahsulot ishlab chiqaradigan korxonalarga hamma xarajatlar ham osha mahsulot tannarxiga kiradi.
Mahsulot tannarxining dinamikasini organishning muhim shartlaridan biri organilayotgan mahsulotning albatta solishtirma tovar mahsulot bolishidir. Solishtirma tovar mahsulotga solishtirilayotgan ikki davr (bazis va joriy)da ishlab chiqarilgan va shu bilan birga texnologiyasi, konstruksiyasi bir oz ozgarsa ham lekin istemol xususiyati ozgarmagan mahsulotlar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |