Sanoat korxonalarning ishlab chiqarish xarajatlari tahlili.
Reja:
Kirish
I.Bob.Sanoat korxonalarning ishlab chiqarish xarajatlari tushunchasi
1.1.Ishlab chiqarish xarajatlari tushunchasi mohiyati va mazmuni.
1.2.Korxonaning iqtisodiy ko`rsatkichlari taxlili.
II.Bob.Sanoat korxonalarning ishlab chiqarish xarajatlari ustida ishlash.
2.1.Korxonani ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish yo`li.
2.2.Sanoat korxonalarning korxona xarajatlarini tuzilishi tahlili
Xulosa
Adabiyotlar
KIRISH
KURS ISHINING DOLZARBLIGI: Bugungi kunda mamlakatimizdagi islohotlar, eng avvalo, dunyoda, shu jumladan, jahon iqtisodiyoti konyunkturasida yuz berayotgan turli ozgarishlarga mos holda amalga oshirilmoqda. Tanlab olgan yolimiz global inqirozdan keyin jahon iqtisodiyoti rivojlanish suratlari pasaygan bir sharoitda ozining barqarorligi va hayotiyligini korsatayotir.
Ekspertlarning tasdiqlashicha, Ozbekistonda kuzatilayotgan makroiqtisodiy barqarorlik tashqi salbiy tasirlarga samarali qarshi turish imkonini berayapti.
Ayni vaqtda mamlakatimizda 2017 2021 yillarda Ozbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yonalishi boyicha Harakatlar strategiyasida belgilab berilgan vazifalar izchil royobga chiqarilmoqda. Ushbu dasturiy hujjat mamlakatimizning mutlaqo yangi taraqqiyot bosqichiga otishi uchun yol ochib berdi. Ekspertlar fikricha, Harakatlar strategiyasining qabul qilinishi Ozbekiston uchun katta qadam bolib, mamlakat bu borada izchil va ishonchli harakat qilib, zarur mustahkam asosni yaratgan edi.
Jamiyatning iqtisodiy asosini, inson hayotiy faoliyatining manbaini tushunish uchun ishlab chiqarish jarayonining mazmunini korib chiqish zarur.
Ishlab chiqarish jarayoni bu kishilik jamiyatining amal qilishi va rivojlanishi uchun zarur bolgan moddiy va manaviy nematlarni yaratishga qaratilgan maqsadga muvofiq faoliyatdir. Moddiy va manaviy nematlar yaratish, turli xizmatlar korsatish jarayoni kishilar iqtisodiy faoliyatining asosiy tomonidir.
Ishlab chiqarish harajatlari korxonaning mahsulot Ishlab chiqarish maqsadlarida, iqtisodiy resurslar sotib olish uchun qilgan pul sarflari. Firma oʻz faoliyatini bozordan moddiy resurslar, yaʼni asbob-uskuna, dastgohlar, transport va aloqa vositalari, xom ashyo, yoqilgʻi, har xil materiallarni, mehnat bozoridan ish kuchini sotib olishdan boshlaydi. Shunga muvofiq holda Ishlab chiqarish harajatlari tarkibiga xom ashyo, asosiy va yordamchi materiallar, yonil-gʻi va energiya harajatlari, asosiy kapital amortizatsiyasi, ish haqi va ijtimoiy sugʻurtaga ajratmalar, foiz toʻlovlari va b. harajatlar kiradi. Islam Chiaris harajatlari. ga qilingan barcha harajatlarning puldagi ifodasi mahsulot tannarxinn tashkil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |