3.1 Sanoat korxonalari tuzilmasini belgilovchi omillar va boshqarishning asosiy tamoyillari va usullari.
Tuzilma (struktura) tushunchasini korxonaning tarkibi, tuzilishi sifatida ko‘rib chiqish mumkin. Korxona qanchalik yirik bo‘lsa, uning ishlab chiqarish tuzilmasi shunchalik murakkab bo‘ladi.
4.10-rasm. Zamonaviy menejment tamoyillari1
F. Teylor ta’limotining asosiy mazmuni - yollanma mehnat unumdorligini oshirishda g‘oyatda samarador va maqbul usullarni izlashdir.
4.11-rasm. F. Teylor tamoyillari1
Teylorning zamondoshi va ishining davomchisi amerikalik iqtisodchi
G. Emerson mehnatni ilmiy tashkil qilish bo‘yicha yirik mutaxassislardan bo‘lib, u boshqarish va mehnatni tashkil qilishning kompleks, sistemali tizimini ishlab chiqqan. Uning «Mehnat unumdorligining 12 tamoyili» nomli asarida yoritilgan.
Sanoat ishlab chiqarishini boshqarishda ham bir qator umumfalsafiy usullarni qo‘llash mumkin. Sanoatni boshqarishning sir-asrorlarini ilmiy asosda o‘rganish, tahlil qilish maqsadida quyidagi usullardan ham keng foydalaniladi:
3.2 Sanoat korxonalarida boshqaruv tuzilmalari shakllari va ularning xususiyatlari.
Ularning barchasi ko‘rsatilgan qismlarning namoyon bo‘lish darajasi asosida ikkita guruhga bo‘linadi: mexanik va organik tuzilmaga.
Korxona personali mehnat faoliyati muddatiga binoan doimiy, vaktincha, mavsumiy xodimlarga ajratiladi. Korxona personali murakkab, o’zaro bog’liq tuzilmaga ega
Tashkiliy tuzilma — boshqaruv bo’g’inlarining o’zaro bog’liq, o’zaro bo’ysunuvchi tarkibidir.
Funktsional tuzilma — boshqaruv funktsiyalarining rahbariyat va alohida bo’linmalar o’rtasida taqsimlanishini aks ettiradi.
Rol tuzilmasi — xodimlarning ishlab chiqarish jarayonidagi ijodiy ishtiroki, jamoadagi o’zaro munosabatlar xususiyatlaridir.
Ijtimoiy tuzilma — mehnat jamoasining ijtimoiy xususiyatlari (jinsi, yoshi, millati, kasbi, malakasi, ma’lumoti va hokazolar)ni ifola etadi.
Shtatlar tuzilmasida bo’linmalar tarkibi, lavozim va xizmat vazifalari ro’yxati.
mansab maoshlari va ish haqi miqdori aks etadi.
Personal tuzilmasida, shuningdek. quyidagi tushunchalar ham mavjuddir:
Boshqaruv bo’g’ini — muayyan bosqich (daraja)dagi tashkiliy tuzilmaning mustaqil qismi hisoblanib, boshqaruv apparati va ishlab chiqarish bo’linmalaridan iboratdir.
Boshqaruv bosqichi (darajasi) — korxona tashkiliy tuzilmasi yuqori bo’g’iplari (bosqich, darajalari).
Boshqaruv apparati — boshqaruv tizimining tegishli bo’linma, xizmatlarga rahbarlik qilish, faoliyatlarini muvofiqlashtirish huquqiga ega xodimlar jamoasidir.
Tarkibiy bo’linma — tashkiliy bo’linma to’g’risidagi nizom asosida boshqaruv bo’g’inining mustaqil qismidir. U funktsional va ishlab chiqarish tarkibiy bo’linmalarga bo’linali.
Funktsional tarkibiy bo’linma — boshqaruvning muayyan funktsiyalari (masalan, ishlab chiqarishni tayyorlash, buxgalteriya hisobi. iqtisodiy rsjalashtirish), vazifalarini amalga oshiruvchi boshqaruv apparatining mustaqil qismi hisoblanadi. Uning faoliyatida pirovard natija — boshqaruv qarorlari taysrlashdir. Ishlab chiqarishning tarkibiy bo’linmasi — ishlab chiqarishii tezkor boshqarish vazifalarini bajaruvchi hamda moddiy mahsulot ishlab chiqarishni (uy-joylar, tayyor mahsulotlar, yuk tashish va boshqalar) ta’minlovchi boshqaruvning mustaqil bo’ginidir.
Korxona faoliyatiga ta’sir etuvchi omillar
Personalni boshqarish fanida korxona deyilganda, birinchidan, u xo’jalik yurituvchi sub’ekt (aksiyadorlik jamiyati, firma, birlashma, bank, kompaniya va boshqa yuridik shaxslar)ni anglatadi. Ikkinchidan, korxona muayyan ijtimomy birlik (jamoa)dir. O’z maqsadlariga erishish uchun korxona mehnat resurslari, xom ashyo, axborot va hokazolar uchun sarf-xarajatlar qiladi. Korxona personali o’z korxonasi maqsadlariga erishishga ko’maklashadi. Bundan tashqari, korxonada ishtirok etuvchi sheriklar, aksiyadorlar, ijtimoiy guruhlar va boshqalar mavjuddir.
Korxona o’z faoliyatidan eng yuqori samara — foyda olish uchun tashkil etiladi. Korxonaga birlashgan alohida xodpmlar yakka holla mehnatfaoliyati yuritganga
qaraganda yaxshiroq natijalarga erisha oladilar.
Korxonaning “ichki muhiti”ni aks ettiradigan quyidagi xususiyatlarini ko’rsatish mumkin: -birorta korxona tashkil etilishidan maqsadi aniqbo’lmasa, shakllana va muvaffaqiyatli faoliyat ko’rsata olmaydi; -birorta korxonani uning ayrim bo’linmalari, ular o’zaro munosabatlarini belgilovchi tarkibisiz tasavvur etib bo’lmaydi.
Korxona uchun: Texnologiya — xom ashyoni mo’ljallangan mahsulot yoki xizmatga aylantirish vositasi. mehnatni pirovard natijaga aylantiradigan mexanizmdir.
Moliya — korxona o’z faoliyatini boshqarish uchun ega bo’lgan yoki jalb eta olaligan pul va boshqa mablag’lardir.
Boshqaruv — faoliyatturlari belgilangan maqsad, bu maqsadni bajarish bosqichlarini hisobga olgan holda muvofiqlashtirish jaraenidir.
Bu ichki muhit bilan birga korxona ishlab chiqarish faoliyatila ro’y bsradigan tashqi omillar yoki shartlarni ham hisobga olish lozim (2.8- rasm).
Xususiy korxonada personal mehnatini tashkil etish va boshqarish
Menejmentda “mehnat" va “ish" tushunchalarining o’z ta’riflari mavjuddir. Mehnat — iqtisodiy maqsadga muvofiq faoliyatdir. Ish – shartnoma asosida, ya’ni mehnatga haq to’lash va boshqalarga bo’ysunish asosida bajariladigan mehnat faoliyati turidir. Mehnatni tashkil etish tizimiga ta’sir ko’rsatadigan quyidagi omillar mavjud: Mehnat ta’siri (bozorda tovar va ishchi kuchiga talab, geografik, demografik va madaniy omillar).
Texnologiya ta’siri (XX asrning birinchi yarmida industrial ishlab chiqarishda konveyer usulining, so’nggi yillarda axborot texnologiyalarining qo’llanishi mehnatni tashkil etishda tub o’zgarishlarga olib keldi). Strategik ta’sir. Ushbu masalada qarorni kompaniya bosh-qaruvchilari qabul qilishlariga qaramasDan, ana shunday qarorlarga kelishga yuqorida qayd etilgan ikki ta’sirni hisobga olmaslikning iloji yo’q. Mehnatni tashkil etishga o’ziga xos yondashuv Tavisto inson munosabatlari instituti tadqiqotlarida o’z ifodasini topdi. Ushbu yondashuv “ijtimoiy-texnik tizimlar” (“sotsiotexnik") nomini oldi. Institut tadqiqotchilari mazkur tizimning ikki jihati: ijtimoiy omillar (xususan, xodimlar o’rtasidagi munosabatlar, ularning shaxsiy va jamoa munosabatlari); texnik omillar (xususan, mashina-uskunalar, texnologik jarayon, muhit)ni uyg’unlashtirish muvaffaqiyat garovi ekanligini ta’kidlaydilar. Mehnatni ijtimoiy-texnik. tamoyillar asosida tashkil etish ikkita asosiy xususiyatga ega. Birinchidan, bu ishchi guruhlarining mustaqilligini kengaytirishni ko’zdatutadi. Bu tizim boshqaruvda guruhlarga ishlab chiqarish topshirig’ini bajarishda muayyan erkinliklar berishga asoslangan.
Masalan, ushbu tamoyilga amal qilingan „Volvo" kompaniyasida ishchilar ishlab chiqarish jarayoni butun bir bosqichini nazorat qilish vakolatiga egalar. Ular o’zlariga berilgan mustaqillikdan foydalangan holda, mazkur bosqich doirasida ish topshiriqlarini o’zlari taqsimlaydilar. Ikkinchidan, ijtimoiy-texnik tizimda asosiy diqqat-e’tibor konveyer liniyalaridan “katak” tamoyili asosida tashkil etilgan ishlab chiqarishga qaratiladi. Bu usulda ishchi zarur butlovchi va ehtiyot qismlar, asboblar bilan ta’minlangan bo’lib, yig’uv birligi (buyum)ni boshidan oxirigacha o’zi tayyorlaydi. Mazkur holda mehnat operatsiyalari xilma-xilligi pirovard natijaga yo’naltirilishi yuksak malakaning zarurligi, mehnatda katta qoniqish hosil qilishni ta’minlaydi. Xususiy korxonada ish beruvchi (mulkdor) bilan xodim o’rtasidagi o’zaro mehnat munosabatlari mehnat shartnomasi (kontrakt) bilan tartibga solinadi. Xususiy korxona rahbari o’z xodimlariga mehnat haqi, mukofotlar va kompensatsiyalar berishning shakllari, tizimi hamda miqdorini mustaqil belgilaydi. Lekin xodimlarga to’lanadigan ish haqi amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan eng kam ish haqidan kam bo’lmasligi shart.
Mulkdor xususiy korxona xodimlariga xavfsiz mehnat sharoitlari, ijtimoiy himoya choralarini ta’minlashi shart. U o’z xodimlari uchun amaldagi qonunchilikda ko’zda tutilganidan imtiyozliroq mehnat va ijtimoiy-iqtisodyy shartnomalarni belgilashga haqlidir
Xulosa:
Yirik miqyosda amalga oshiriladigan, har qanday to‘g‘ridan-to‘g‘ri mehnat, amaldagi ishlab chiqarish u yoki bu darajada boshqaruvga muhtojdir. Shu sababli boshqaruv ob’ektiv zaruriyat va maqsadga yo‘naltirilgan jarayon sifatida namoyon bo‘ladi. Respublika sanoatiga rahbarlik qilish O‘zbekiston davlatining iqtisodiy strategiyasiga asoslanadi va unga muvofiq amalga oshiriladi.
Boshqaruvning asosiy tamoyillari va usullari mavjud bo‘lib, ular jamiyat taraqqiyotining turli ob’ektlarida turlicha bo‘lishi mumkin. Ularning oqilona va izchil hamda bosqichma-bosqich amalga oshirish sanoat ishlab chiqarishi taraqiyotini jadallashtirishga olib keladi. Sanoat juda ko‘p tarmoqlardan iborat bo‘lib, ularning har biri korxonalarnyig‘indisidan tashkil topadi. Tarmoq hosil bo‘lishi uchun korxonalar bir necha umumiy xususiyatlarga ega bo‘ladilar.
Sanoat tarmoqlari o‘rtasidagi ishlab chiqarishning o‘zaro aloqadorligi va ularning takror ishlab chiqarish jarayonida yuzaga keladigan miqdoriy nisbatlari tarmoq tuzilmasini tashkil etadi. U sanoat taraqqiyotida ro‘y beradigan texnika va texnologiya hamda innovatsiya rivojining darajasi, ijtimoiy-tarixiy shart-sharoitlar bilan bog‘liq ravishda o‘zgaradi. Turli sanoat tarmoqlari o‘rtasidagi ishlab chiqarish aloqalari o‘zaro mahsulot almashish, tajribalarni o‘rganish bilan tavsiflanadi. Ishlab chiqarish tarqqiyotining istiqbolini aniqlash, hisob-kitob ishlarini amalga oshirish, uning ahvolini tahlil etish maqsadida sanoat tarmoqlari guruhlarga ajratiladi. Guruhlarga ajratishning eng muhim tamoyili tayyorlanadigan mahsulot iqtisodiy mazmunining bir xilligidir. Sanoat tarmoq tuzilmasining o‘zgarishiga bir qator omillar ta’sir ko‘rsatadi: fantexnika tarqqiyoti va innovatsion faoliyat; ijtimoiy ishlab chiqarishni tashkil etish shakllari-konsentratsiyalash, ixtisoslashtirish, mahalliylashtirish, kooperativlashtirish, diversifikatsiyalash va hududiy joylashtirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |