Xulosalar
Ta‘mirlash xo‘jaligining vazifalari: jihozlarni ekspluatatsiya qilish va
ta‘mirlashning ratsional tizimlarini tashkil etish, jihozlarni ishlatish muddatini
oshirish maqsadida jihozlardan foydalanish madaniyatini oshirish,ta‘mirlash
ishlarining mehnat sig‘imi hamda tannarxini kamaytirish va sifatini oshirish,
jihozlarni modernizatsiya qilish.
Ta‘mirlash ishlarini tashkil etish tizimlari: talab bo‘yicha ta‘mirlash, defekt
vedomosti bo‘yicha ta‘mirlash, ROT va texnik xizmat ko‘rsatish tizimi.
Ta‘mirlash ishlarini tashkil etish quyidagi shakllarda amalga oshirilishi
mumkin: markazlashgan, markazlashmagan, aralash.
ROT tizimi – jihozlarni doimiy ravishda ishga tayyor turishlarini
ta‘minlashga qaratilgan ta‘mirlash va xizmat ko‘rsatish tadbirlarining yig‘indisi.
Nazorat savollari.
1.
Ta‘mirlash xo‘jaligining vazifasi nimalardan iborat?
2.
Ta‘mirlash xo‘jaligining tarkibi qanday?
3.
Ta‘mirlash ishlari qanday usullarda amalga oshiriladi?
4.
ROT tizimining mohiyati nimada?
5.
Ta‘mirlashning qanday turlari mavjud?
6.
ROT tizimi qanday normativlarga asoslanadi?
7.
Ta‘mirlash murakkablik kategoriyasi nima uchun belgilanadi?
8.
Ta‘mirlash ishlari qanday rejalashtiriladi?
9.
Ta‘mirlovchi ishchilar soni qanday aniqlanadi?
10.
Ta‘mirlash mehnat sig‘imi qanday aniqlanadi?
Testlar:
1. Joriy ta'mirlash moxiyati nimada?
a) joriy ta'mirlash xajmi bo'yicha kichik ta'mirlash turi bo'lib, unda tez yeyiluvchi
detal va bo'g'inlarni almashtirish va qayta tiklash hamda mexanizmlarni sozlashdir;
b) joriy ta'mirlash — kichik ta'mirlash turi bo'lib, unda barcha detallarni
almashtirish amalga oshiriladi;
c) joriy ta'mirlash — mexanizmlarni sozlash operatsiyalaridir;
d) joriy ta'mirlash — tez yeyiluvchi detallarni almashtirish v asozlash aniqligini
tekshirishdir;
3. Ta'mirlash ishlarini tashkil etish qanday shakllarda amalga oshiriladi?
a) markazlashtirlgan, aralash;
b) markazlashtirilgan, markazlashtirilmagan, aralash;
c) yakka tartibli, aralash, markazlashtirilgan;
d) markazlashtirilmagan, markazlashtirilgan;
4. Ta'mirlash murakkablik kategoriyasi deganda nimani tushunasiz?
a) mashinaning konstruktiv xususiyatlarini ifodalaydi;
b) ta'mirlashning xususiyatlarini xarakterlaydigan ko'rsatkichdir;
c) jihozning konstruktiv va ta'mirlash xususiyatlarini sifat xarakteristikasidan
iborat;
d) texnologik va ta'mirlash xususiyatlarining sifat xarakteristikasidir;
5. ROT tizimida qanday ta'mirlash turlarini bilasiz?
a) kichik, o'rta;
b) kichik, joriy, zudlik remont;
c) o'rta, kapital, yakuniy;
d) kichik, o'rta, capital;
6. Ta'mirlashlar aro davr qanday aniqlanadi?
a)Tr = Ts / (Ro‘ * Rm * 1) Bu yerda : Ts- ta'mirlash sikli davomiyligi.
b)Tr = Ts / (Ro‘ + Rm * 1) Ro‘ -o'rta ta'mirlashlar soni.
c)Tr = Ts / (Ro‘ * Rm + 1) Rm – kichik ta'mirlashlar soni.
d)Tr = Ts / (Ro‘ + Rm + 1)
7.Korxonaning rejali ogaxlantiruvchi ta'mirlash (ROT) tizimi tarkibiga nimalar
kiradi ?
a) jihozlarni to'liq nazorat qilish, ta'mirlash ishlarining mehnat sig'imi
normativlari;
b) ta‘mirlashlararo xizmat ko'rsatish davriy ta‘mir operatsiyalari, rejali
ta‘mirlashlar;
c) kapital ta‘mirlash, xizmat ko'rsatish;
d) ta‘mirlash sikli, ta‘mirlash sikli tizimi, jihozni ta‘mirlashda turib qolish
davomiyligi;
8. ROT tizimida ta‘mirlasharo davr nima?
a) kapital ta‘mirlash va tekshiruv o'rtasida jihozning ishlash davri;
b) ikki tekshiruv orasida jihozning ishlash davri;
c) o'rta ta‘mirlash va tekshiruv o'rtasida jihozning ishlash davri;
d) ikki ketma - ket ta‘mirlash o'rtasida jihozning ishlash davri;
9. 2 kapital ta‘mirlash orasidagi davr nima deb yuritiladi?
a) ta‘mirlashlararo davr;
b) kuzatishlararo davr;
c) ta‘mirlash sikli;
d) ta‘mirlash sikli tizimi.
10. Kuzatishlar aro davr nima?
a) 2 ketma - ket kuzatish yoki kuzatish va keyingi ta‘mirlash orasidagi davrdir;
b) 2 ketma - ket ta‘mirlash orasidagi davr;
c) 2 kapital ta‘mirlash orasidagi muddatdir;
d) kapital ta‘mirlash va kuzatish orasidagi vaqtdir;
Do'stlaringiz bilan baham: |