To’lov topshirig’i – korxona, firma, tashkilotning unga xizmat qiladigan o’z schetidan mablag’ o’tkazish zarurligi haqidagi topshirig’i.
Faktoring – moliya-tijorat xizmatining turi bo’lib, bunda bank yoki boshqa moliya tashkilotlari xarid qiluvchi korxona qarzlarini, majburiyatlarni o’ziga oladi.
Fermer xo’jaligi – bu o’ziga uzoq muddatli ijaraga berilgan yer uchastkalaridan foydalangan holda qishloq xo’jaligi mahsulotlari-ni ishlab chiqarishni amalga oshiruvchi fermer xo’jaligi a’zolarining birgalikdagi faoliyatiga asoslangan, yuridik shaxs huquqiga ega mustaqil xo’jalik yurituvchi sub’ekt.
Firma – ishlab chiqarish, xizmat ko’rsatish, tijorat yoki tadbirkorlik faoliyatiga qaratilgan, yuridik shaxs hisoblangan korxona.
Do'stlaringiz bilan baham: |