Tashqi savdo balansi – ma’lum davr (oy, chorak, yil) davomida mamlakatga keltiriladigan va undan chiqariladigan tovarlar qiymati o’rtasidagi nisbat.
Tender – birjada savdo o’tkazishda tushadigan taklif. Taklif berish tartibi savdoni o’tkazadigan tashkilotchilar tomonidan belgilanadi.
To’lov valyutasi – tomonlarning kelishuvi bilan tovarlarning tashqi savdo aloqalarida haqini to’lashda yoki halqaro kreditni qaytarishda ishlatiladigan valyuta.
To’lovga qodirlik – yuridik yoki jismoniy shaxsning moliyaviy majburiyatlarini o’z vaqtida bajara olish imkoniyati.
Do'stlaringiz bilan baham: |