Internet ma’lumotlari:
http://www.dit.perm.ru
http://www.refportal.ru
http://www.allbest.ru
3-mavzu. Boshqarishni hujjatlar bilan
ta’minlash
Reja:
Boshqarishni hujjatlar bilan ta’minlashning umumiy strukturasi.
Ish yuritishning me’yoriy bazasi.
Hujjatlar tizimi va ularni rasmiylashtirishga qo’yiladigan talablar.
Boshqarishni hujjatlar bilan ta’minlashning umumiy strukturasi.
Har qanday tashkilot faoliyatini axborot – hujjatlar bilan ta’minlash maxsus strukturaviy bo’linma tomonidan bajarilishi kerak va bu eng muxim xizmat ko’rsatish funktsiyalaridan biri hisoblanadi. Bunday xizmatlarni ko’rsatuvchi bo’linma turlicha nomlanishi mumkin: ishlarni boshqarish bo’limi, umumiy bo’lim, devonxona, kotibiyat va xakozolar.
Boshqarishni hujjatlar bilan ta’minlash xizmati o’z faoliyatida O’zbeksiton Respublikasining qonunlari, farmonlar va rahbariyat buyruqlariga asoslanadi. Ushbu xizmat bo’limining asosiy funktsiyalariga quyidagilar kiradi:
Boshqarish sub’ektiga to’liq axborot xizmatini ko’rsatish, jumladan, korrespondentsiyalarni qabul qilish, hisobga olish, dastlabki qayta ishlov berish va jo’natish, hujjatlarni taqsimlash, yetkazish, nashr qilish va ko’paytirish, bajarilishini nazorat qilish, joriy(qisqa muddatli) saqlash va ishlarni arxivga topshirishga tayyorlash;
Barcha bo’linmalarda ish yuritishni tashkil qilish va yuritishining tashkiliy – uslubiy asosini tayyorlash va olib borilishini nazorat qilish;
Kompyuter va bokaruv mehnatini avtomatlashtirish vositaarini kiritish yo’li bilan axborot – hujjatlashtirish xizmatini ko’rsatishni sistemali ravishda takomillashtirish;
Ushbu soxa xodimlari malakasini oshirishni tashkil qilish.
Yuqoridagilardan ko’rinib turibdiki, boshqarishini hujjatlar bilan ta’minlashni 2 qismga: bevosita - operativ ish yuritish xizmatiga va u yerdagi mavjud axborot va hujjatlar bilan ishlashni EXM asosida doimo takomillashtirib borish hamda tashkiliy – uslubiy asoslarini yaratishga. Boshqarishga EXM vositalarini jadal kirib borilayotganligi, hujjatlarni unifikatsiya va standartlashtirish ushbu bo’linma xodimlarining malakasini doimo oshirib borishni talab qiladi.
Har qanday korxonani boshqarish – bu axborotlarni qabul qilish, qayta ishlash, qaror ishlab chiqish, qarorni ijrochilarga yetkazish va ularning harakatlarni nazorat qilish jarayonidir. Boshqaruv qarorlarining samaradorligi ularni ijrochilarga o’z vaqtida yetib borishiga va bajarilishiga bevosita bog’liqdir. SHuning uchun ham qarorlar o’z vaqtida va vakolatli mansabdor shaxslar tomonidan qabul qilinishi talab klinadi, aks holda ular yuridik kuchga ega bo’lmaydi. Bajarilishini nazoratini to’g’ri tashkil qilish ham qaror samaradorligin ta’minloshchi asosiy omillardan biri hisoblanadi. Ushbu jarayonni quyidagi sxema ko’rinishida ifodalash mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |