Venchur korxonalari – davlat, yirik firmalar bilan kontrakt asosida ilmiy izlanishlar olib boruvchi, muhandislik ishlarini yaratuvchi, yangiliklarni tatbiq yetuvchi korxona.
Garantiya – kafillik, ishontirish, gardaniga olish, biror-bir narsani ta’minlaydigan sharoit. Kontrakt tuzuvchi tomonlar, masalan, kontraktning bajarilishiga, agar bajarilmasa, zararlarni qoplashga kafillik beradi.
Giperinflyatsiya – pul qadrsizlanishining juda yuqori sur’atini ifodalaydi. Bunda pulning qadrsizlanishi yiligi 1000 foizdan ortadi.
Daromadlar – korxona, tashkilot, firmalar faoliyatining muhim ko’rsatkichi bo’lib, faoliyatning barcha tomonlaridan kelishi mumkin. Savdo firmasi, do’konning daromadi molning xarid narxi bilan sotilish narxi o’rtasidagi tafovutdan kelib chiqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |