Aholining harid qobiliyati – aholining bozordagi vujudga kelgan narx asosida mollarni, xizmatni xarid qilish imkoniyati. Aholining harid qobiliyati bozor sig’imini belgilashda yetakchi o’rin egallaydi.
Aholining minimal iste’mol byudjeti – har bir oila a’zosining ish kuchini qayta tiklashi uchun zarur mablag’ miqdori. Bunda zarur iste’mol mollarining, xizmatning miqdori va sifati e’tiborga olinadi va oilaning har bir a’zosiga pul birligida hisoblanadi.
Baza – asos, tayanch, quyi qism, ombor va boshqalar. Tijorat ishlarida band bazalar; mol qabul qiluvchi, qayta ishlovchi, navlarga, turlarga ajratuvchi va saqlovchi bazalardan iborat.
Bank – pul mablag’larini mujassamlashtiradigan, qarz beruvchi, pul, qimmatbaho qog’ozlarni, hisoblarni olib boruvchi muassasa.
Do'stlaringiz bilan baham: |