Sanoat ishlab chiqarishni tashkil etish



Download 4,75 Mb.
bet92/204
Sana05.07.2022
Hajmi4,75 Mb.
#743005
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   204
Bog'liq
Sanoat ishlab chiqarishni tashkil etish

Xodimlar

Ish jarayoni
























Mehnat yo’riqnomalarining mavjudligi
























Jalb qilish
























Muammolarni hal qilish
























O’z-o’zini namoyon qilish
























Yakuniy xulosalar va takliflar yozish
























O’qitish va qayta tayyorlash
























Kompyuter bilimlari
























Mehnat majburiyatlari

Hatto juda kichik korxona xam o’z ishchilari uchun mehnat qilishdagi vazifalarini belgilab berishi lozim.


Bu vazifalarda har bir harakat qay tarzda amalga oshirilishi detal ravishda yozilgan bo’lmasligi ham mumkin. Bu narsa o’z ichiga ma’lum ish faoliyatining qisqacha maqsadlarini, ishchilar nimalarga majburligi, asosiy vazifalari va majburiyatlarini o’z ichiga olgan bo’lishi shart.



Ish majburiyatlari

Mansabi: Boshqaruvchining yordamchisi

Maosh to’lashdagi darajasi:

4

Ma’lumotlarni topshiradi:

Korxona rahbariga

Qisaqa mehnat faoliyati:

Mehmonlar bilan uchrashuvlarni rejalashtirish, qo’ng’iroq qilganlarga ma’lumotlar berish, ish jarayonini bajarish, tahlillar tayyorlash …




Vazifalar va majburiyatlari

●xatlarni ochish, muddat shtamplarini qo’yish, saralash va xatlarni joylarga
etkazish;

●telefon qo’ng’iroqlariga javob berish va qo’ng’iroq qilganlarga maslaxatlar bilan yordam berish;

●mehmonlarni korxonada ko’tib olish;

●kopxona rahbari tomonidan buyurilgan vazifalar uchun yakuniy natijalarni yozish;

●MS tizimidan foydalanib statistik natijalarni kiritish va tayyorlash
talab darajasida nusha ko’chirish materiallarni yig’ish va tikishni amalga
oshirish;

●kopxona uchun zarur bo’lgan material va mahsulotlarga buyurtma berish;

●boshqalar;




Bilish, tajriba va malaka

●zamonaviy ofis ishlari ofis tizimi bo’yicha bilimlari;

●zamonaviy biznes muloqot usullari bo’yicha bilimi va tajribasi;

●kompyutert va MS tizimidan foydalanish bilimlari;

●minutiga 50 ta so’z yozish qobiliyati;

●boshqalar.




Ta’lim darajasi va tajribasi

●oliy o’quv yurtini tamomlagan;

●2 yil ish tajribasiga ega;




Maxsus talablar

●qo’shimcha vaqt ishlash, bayram va dam olish kunlarida ishlash qobiliyati.

Mehnat faoliyatlari bo’yicha majburiyatlar to’g’ri taqsimlangan va muhim majburiyatlar har bir yetakchi xodimga yetkazilgan bo’lishi shart. Quyidagi jadvaldan foydalanib, kompaniyaning bosh direktori sifatida o’zingiz uchun mehnat majburiyatlaringizni ishlab chiqing.



Ish majburiyatlari

Mansabi:

Maosh to’lashdagi darajasi:

Ma’lumotlarni topshirdi:

Qisqacha mehnat faoliyati

Vazifalar va majburiyatlari

Bilim, tajriba va malaka

Ta’lim darajasi va tajribasi

Maxsus talablar

Yangi ishchilarni ishga olish

Qo’shimcha yangi ishchilarni ishga qabul qilishdan avval biznesingiz qo’shimcha xarajatlarni ko’tara olishiga ishonch hosil qilishingiz zarur. Agar ish o’rinlari to’la bo’lsa ba’zi ishchilarni yuqoriroq lavozimga o’tkazing va bo’shagan joylarga yangi ishchilarni qabul qiling.


Ishga olish jarayonini puxta rejalashtirishda quyidagilarni inobatga oling
●har bir ish jarayoni uchun yo’riqnoma tadbiq eting;
●ishga taklif qilish bo’yicha e’lon qiling;
●reklama berish joyini aniqlang;
●anketalarni qabul qilib oling;
●anketalarni tuzing, ko’zdan kechiring va eng yaxshilarini suhbatga
chaqiring;
●suhbat o’tkazing;
●tanlab oling;
●tavsiyanomalarini tekshiring;
●ishga qabul qiling;
●maosh to’lang;
●mehnatga yo’naltiring;
●sinov muddati;
●shartnoma;





Marko Sakich “Grand SM” kompaniyasining bosh direktori

O’z biznesingiz uchun malakali mutaxassislar topishda qanday tajribaga egasiz, boshlanishida va hozir?
Uzoq muddat davomida qurilish biznesida faoliyat yuritganim uchun hozirda qurilishga oid har bir kasb bo’yicha tushunchaga egaman va ularda qutilayotgan natijalarni oldindan aniqlay olaman.

SHuningdek, menda tanlab olingan odam talab etilayotgan ishlarni bajara olishi to’g’risida ishonch hosil qilish qobiliyati mavjud. Qurilish biznesida malakali ishchini topish boshqa sohalardagi kabi juda qiyin. Urush ish kuchini juda katta siljishga olib keldi. Masalan, agarda biz urishdan avval yaxshi gilam tuquvchilarga ega bo’lgan bo’lsak, urishdan so’ng ular boshqa yerlarga ko’chib ketishdi va bu yerda ko’plab soha mutaxassislariga, masalan, kimyo bo’yicha texnologiyalariga, ega bo’ldik, shuning uchun bizning kuchli tomonimiz ish kuchidir. Biz boshida bizga mos kelmaydigan ishchilarni ishga jalb qilamiz, so’ngra birinchi kundan boshlab ularni faoliyat yuritayotgan joylariga moslab o’qitamiz. Men o’z tashkilotimda ishchilarni ishga qabul qilishda ba’zi belgilangan tadbirlarni amalga oshirmayman. Ishchilarimning ko’pchiligi tavsiyanomalar asosida ishga qabul qilinadi. Ishga qabul qilish jarayonida shuningdek sinov muddati ham mavjud. Sinov davridan so’ng men ishlab chiqarish boshqaruvchisi bilan kelishilgan holda ishchi korxonada qolishi yoki qolmasligi to’g’risida qaror qabul qilaman. Men uchun eng muhimi, ishchilarning ish jarayoniga ta’sir qilishidir.




Download 4,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish